Кимёда компьютер моделлаштириш нима?


HISOBLASH NATIJALARINI BAHOLASH USULLARI. XATOLIK TURLARI VA KORRELYATSIYA KOEFFITSIYENTI


Download 320.51 Kb.
bet15/33
Sana05.01.2022
Hajmi320.51 Kb.
#234064
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
1-50 gacha

HISOBLASH NATIJALARINI BAHOLASH USULLARI. XATOLIK TURLARI VA KORRELYATSIYA KOEFFITSIYENTI.


Hisoblash programmalarida dastlabki birikmalarning va reaksiya maxsulotlarining geometriyalarini kiritish orqali mazkur reaksiyaning o’tish

holatini topish mumkin. Ammo, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, nazariy izlanishlar kamida 3 marta avval boshidan takrorlanishi kerak va uchta holatda ham olingan natijalar bir xil bo’lsa va tajribada olingan ma’lumotlarni inkor qilmasa hisoblashlar qoniqarli bajarilgan bo’ladi. Reaksiyalarda hosil bo’lishi mumkin

bo’lgan birikmalarni oldindan o’rganish jarayonida, yani reaksiya mahsulotlarini bashorat qilishda, ma’lum bo’lgan birikmalar uchun olingan natijalarga suyangan holda nazariy izlanishlar o’tqaziladi va natijalar taqqoslanadi. Umuman olganda, tajribada olingan ma’lumotlar hisoblash usullarini baholash uchun mezon

vazifasini o’taydi. Yana shuningdek, hisoblashlarni bir nechta yarim empirik (AM1, PM3, RM1, PM6 va PM7) yoki noempirik usullarda (o’rta va katta basis to’plamlarida) olib borish maqsadga muvofiqdir.

Ayrim hollarda, hisoblashlar faqat reaksiya mahsulotlarining energetik xarakteristikalari bilan chegaralanishi mumkin. Masalan, termodinamik nazorat bilan boradigan reaksiyalarda oxirgi hosil bo’lgan birikmalarning umumiy

energiyasi yoki hosil bo’lish issiqligi kattaliklari asosida, yana shuningdek

entalpiya o’zgarishini (ΔHr) aniqlash yordamida barqaror reaksiya mahsulotlarini aniqlash mumkin. Reaksiyada entalpiya o’zgarishi quyidagicha topiladi:

ΔHr (kkal/mol)=ΣΔHf (Reaksiya mahsuloti) - ΣΔHf (Dastlabki birikmalar) Birikmalarning hosil bo’lish issiqligi (Heat of formation - Hf, kkal/mol)

yarim empiric hisoblash usullarida to’g’ridan tog’ri hisoblash jarayonidaNazariy hisoblashlar amaliyot bilan mos kelgandagina o’z

ahamiyatiga ega. Kimyoviy birikmalarning fizik-kimyoviy parametrlarini – ionlanish potensiali, elektronga moyillik, xosil bo’lish issiqligi va boshqa



kattaliklarni kvant-kimyoviy usullar bilan aniqlashda modda geometriyasining

to’g’ri kiritilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O’rtacha (absolyut) xatolik (MAE-Mean Absolute Error) quyidagicha aniqlanadi:
fi-nazariy hisoblangan geometrik parametrlar, yi-RTT usulida aniqlangan geometrik parametrlar

Siklik tuzilishli to’yingan uglevodorodlarning bog’ uzunligi, valent va torsion burchaklarini aniqlashda eng kam xatolik RHF/6-31G(d,p) usuli bilan muqobillash yordamida aniqlandi. Ammo, nazariy hisoblangan va tajribada aniqlangan geometrik parametrlar orasidagi farqning (Δ = fi yi) katta manfiy va musbat



qiymatlari o’rtacha xatolik qiymatini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun, hisoblashlarda eng katta xatolik (Lagest error) ham muhim ahamiyat kasb qiladi. Statistikada va ilmiy izlanishlarda keng qo’llaniladigan xatoliklarnihisoblash usullaridan yana biri – RMSE (RMSD). Root mean square error(deviation)- o’rtacha kvadratik xato yoki chetlashishni (cреднеквадратическое отклонение) xarakterlaydi. Nazariy va eksperimental xarakteristikalarning bir-biriga bog’likligini

hamda bironta usulning qanchalik darajada tajribada olingan natijalarni aks ettirishini baholashda R2 miqdoriy bog’liklik koeffisienti qo’llaniladi. U quyidagicha aniqlanadi:



  1. Download 320.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling