Кимёнинг асосий тушунчалари ва қонунлари. Кимё фанига кириш Reja: Kimyoning tarixi


Download 165.9 Kb.
bet14/20
Sana05.01.2022
Hajmi165.9 Kb.
#229603
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
maruzalar matni

Galvanik elementlar. Metallarning standart elektrod potensiali. Kimyoviy reaksiyalar energiyasi bevosita elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan qurilmalar galvanik elementlar yoki elektr tokining kimyoviy manbalari deb ataladi.

Galvanik elementda hosil bo'ladigan kuchlanish elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) deb ataladi. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi oksidlanish va qaytarilish yarim reaksiyalarining yig'indisidir. Galvanik elementda yoki elektrolizda sodir bo'ladigan har bir yarim reaksiya ayrim elektrodlarda boradi. Shu sababli yarim reaksiyalarni elektrod jarayonlari deb ham ataladi.

Elektr yurituvchi kuchni ham har bir yarim reaksiya uchun to'g'ri keladigan ikki kattalikni ayirmasi deb ham qarash mumkin. Bu kattaliklar elektrod potensiallar deb ataladi.

Elektrod jarayonlarining potensiallari metallning tabiati (aktiv yoki passivligi)ga, eritmadagi ionlarning konsentrasiyasiga hamda sistemaning haroratiga bog'liqligi aniqlanadi. Bu bog'lanish Nernst tenglamasi bilan ifodalanadi:



Bu tenglamadagi: E - ayni elektrod potensiali; E0-ayni elektrodning standart (normal) potensiali; R-universal gaz doimiysi; T-absolyut Harorat; n-reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar soni; F-Faradey soni (96500 Klmol); C-metall ionlarining eritmadagi konsentrasiyasi (moll).

Metall ionlari konsentrasiyasi 1 moll ga teng bo'lgandagi elektrod potensiyali metallning standart (normal) elektrod potensiali deb ataladi.


Download 165.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling