Кимёнинг асосий тушунчалари ва қонунлари. Кимё фанига кириш Reja: Kimyoning tarixi


Download 165.9 Kb.
bet1/20
Sana05.01.2022
Hajmi165.9 Kb.
#229603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
maruzalar matni




Кимёнинг асосий тушунчалари ва қонунлари.Кимё фанига

кириш
Reja:
1. Kimyoning tarixi.

                    2.Moddalar massasining saqlanish qonuni. 3.Tarkibning doimiylik qonuni.

                    4.Karrali nisbatlar qonuni.

                    5.Ekvivalent tushunchasi. Ekvivalentlar qonuni



KIMYONING TARIXI

Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o’zgarishlarni hamda o’zgarishlarni yuzaga keltiradigan jarayonlar to’g’risidagi fandir. Kimyoning mustaqil fan sifatida o’rganilayotganligiga 200 yildan ortdi.Chymeia- so’zi quyish ,tindirish ma’nosini beradi. Bu so’z qadimgi sharq tabiblari –farmasevtlarini o’simliklar asosida dori moddalari tayyorlash jarayonlarida alkimyogarlar tomonidan tilga olingan. Boshqacha fikrlarga ko’ra , alkimyo so’zini ildizi “khem” yoki “chemi” balki “chima”- “qora tuproq” yoki “qora yurt” ma’nosini anglatgan.Qadimgi Misrda kimyogarlar oltin oladigan ustlar deb yuritilgan.Ularni rudalardan turli metallar oladigan sehrgarlar deb ataganlar.Qadimda kimyogarlar o’z faoliyatlarini yer boyliklarini o’rganishga (lotincha humus-er) bag’ishlaganlar. Shuning uchun ham kimyo yer to’g’risidagi san’at deb qaralgan. Kimyogar esa yerdan turli metallar oladigan san’atkor deb hisoblangan. Insonlar juda qadimdan oltin,kumush,mis, temir va metallarni ajratib olishni bilganlar.Musallas, sirka, dori-darmon,teri oshlash,matolarni bo’yash,bo’yoqlar tayyorlash,kulolchilik asosida kimyo elementlari yotadi.Ammo nazariy kimyo avval grek filosoflari asarlarida,keyinchalik arablar asarlarida paydo bo’la boshladi. Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni ancha boyitdilar.Jabr ibn Xayon, arRaziy,o’zbek olimlari Forobiy.Beruniy,al-Xorazmiy,ibn Sino butun dunyoga tanilgan olimlar hisoblanadi. 1V asrdan XVI asrni o’rtalarigacha kimyo alkimyo davriga kiritiladi. Bu davr turli metallardan oltin va kumush olish asosiy maqsad qilib olingan.Simob va oltingugurt har qanday metallni olishga asos bo’ladi deb hisoblangan. XVI asrdan boshlab yatrokimyo – davolash kimyosi paydo bo’ldi. Yatrokimoning asoschisi nemis olimi Parasels(1493-1541) edi.Barcha hayotiy jarayonlar kimyo nuqtai nazaridan tushuntirila boshlandi. Temir,mis,simob, mishyak,qo’rg’shin,surma va boshqalarni birikmalarini dori sifatidagi ta’siri o’rganila boshlandi. XV11 asrdan boshlab kimyoda Flogiston(flogiston grekcha yonuvchanlik) nazariyasi hukm surgan.Nemis olimi G.Shtal yonish,oksidlanish,qaytarilish jarayonlarini tushuntirish uchun bu nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra metall yonsa flogiston ajraladi,shu tufayli yengillashadi.Ko’mirda flogiston ko’p bo’ladi va u zang bilan qizdirilsa uni metallga aylantiradi.Ammo keyinchalik bu nazariya noto’g’ri bo’lib chiqdi. XV111 boshlarida rus olimi M.V.Lomonosov moddalar massasining kimyoviy jarayonda o’zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasi noto’g’riligini ko’rsatdi.Keyinchalik fransuz olimi A.Lavuaze metall qizdirilganda havodagi kislorod bilan ta’sirlanishini isbotladi. U yonish,oksidlanish jarayonlarini to’g’ri ifodaladi.Dj.Dalton o’z tajribalariga asoslanib atomistik nazariyani yaratdi va birikmalarda kimyoviy elementlar qanday nisbatda bo’lishini to’g’ri ko’rsatdi. 1869 y. D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasini yaratganligi kimyoning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik O’rta Osiyoda kimyoni rivojlanishida akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov,M.N.Nabiyev, H.U,Usmanov, K.S.Ahmedov, M.A.Askarov va boshqalarning xizmati katta bo’ldi. Toshkent farmasevtika institutida ham uzoq yillar koordinatsion birikmalar kimyosi boyicha ilmiy izlanishlar olib borildi (prof. M.A.Azizov). Tibbiyotga feramid, kupfur,ferrozink kabi dori moddalari joriy etildi.


Download 165.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling