Кимёвий мувозанат


O`quv mashg`ulotining maqsadi


Download 427.5 Kb.
bet5/9
Sana09.02.2023
Hajmi427.5 Kb.
#1179595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-4-5 марузаKimyoviy muvozanat (1)

O`quv mashg`ulotining maqsadi Talabalarga gеtеrogеn sistеmada fazoviy muvozanat tushunchalarini hosil qilish. Uni bir komponеntli sistеmalarga tatbiq qilish.

Adabiyotlar:

  1. Евстратова К.И. ва б. Физическая и коллоидная химия. М., Высшая школа, 1990.

  2. Ершов Ю.А. ва б. Общая химия. Биофизическая химия. Химия биогенных элементов. М., Высшая школа, 1993.

  3. Florence A.T., Attwood D. Physicochemical Principles of Pharmacy. - Macmillan, 1988. - 485 p.

  4. Basic Physical Chemistry. Walter J. Moore. -London.1982.-711p.

  5. Raximov X.R. Fizik kimyo. Tashkеnt, 1984, с. 5-8, с. 63-84.



FAZALAR MUVOZANATI TERMODINAMIKASI.
Faza, komponent va sistemaning erkinlik darajasi.
Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlar bilan ajraladigan va termodinamik xossalari bilan farq qiladigan qismi faza deb ataladi. Masalan, toza suyuqlik va chin eritmalar xam faqat bitta fazani tashkil qiladi. To’yingan eritmaning o’zi xam birgina fazadan iborat, lekin uning ustidagi to’yingan bug’ xam nazarga olinsa, eritma va uning ustidagi bug’, albatta ikki fazadir. Agar eritma tagida qattiq tuz xam bo’lsa, bu sistema uch fazali bo’ladi.
Xar bir sistema bir yoki bir necha moddadan iborat bo’lib, bu moddalar sistemasining tarkibiy qismlari deb ataladi. Sistemaning tarkibiy qismlari ximiyaviy jixatdan bir jinsli moddalar bo’lib, uzoq vaqt davomida aloxida tura oladi.
Sistemadagi xar qaysi fazaning ximiyaviy tarkibini xarakterlash uchun etarli bo’lgan modda xillarining eng kichik soni sistemaning mustaqil tarkibiy qismlari yoki komponentlar soni deb ataladi.
Masalan, kaltsiy karbonat (SaSO3) ning ajralishida, muvozanat vaqtida sistemada uchta tarkibiy qism (SaO, SaSO3, SO2) bo’lishiga qaramay, komponentlar soni ikkiga teng, chunki biz ikki moddaning miqdorini bilsak, uchinchisining miqdorini ular orasidagi bog’lanishdan xisoblab topa olamiz.
Ma’lum bir sistemaning termodinamik xolatini to’la xarakterlash uchun etarli bo’lgan mustaqil o’zgaruvchilar soni sistemaning erkinlik darajasi deyiladi. Boshqacha aytganda, fazalar soniga xalal bermay turib, ma’lum chegarada ixtiyoriy o’zgartirish mumkin bo’lgan parametrlar soni sistemaning erkinlik darajasi sonidir. Masalan, sistemani bosim, harorat va komponentlar kontsentratsiyalari orqali xarakterlash mumkin. SHular ichida mustaqil o’zgara oladigan kattaliklar sstemaning erkinlik darajasini tashkil qiladi.


FAZALAR QOIDASI.
Fazalar qoidasi komponentlar, faza, sistemaning erkinlik darajasi kabi tushunchalar orasidagi munosabatni ko’rsatadi.
K komponentdan iborat sistemadagi fazalar soni (F) bilan sistemaning erkinli darajasi (E) yig’indisi sistemaning komponentlar soni K + 2 ga teng . ya’ni F+E=K + 2
Bu erda E-sistemaning erkinlik darajasi. Bu tenglamadagi 2-bosim va haroratni ko’rsatadi. Bundan
F = K - E + 2
Bosim kam ta’sir etadigan kontsensatlangan, ya’ni qattiq va suyuq fazalardan iborat sistemalar uchun fazalar qoidasi
F = K - E + 1
shaklida ifodalanadi.
Erkinlik darajasi 1 ga teng bo’lsa monovariantli sistema deyiladi. F=2 bo’lsa bivariantli deb, F=3 bo’lsa, tri variantli sistema deb, F=0 bo’lsa, invariantli sistema deb ataladi.

Download 427.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling