Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Uzluksiz ishlaydigan, markazdan qochma kuch ta’sirida cho`kmani to`kadigan stentrifuga


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana12.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1700870
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
7-Maruza (1)

Uzluksiz ishlaydigan, markazdan qochma kuch ta’sirida cho`kmani to`kadigan stentrifuga ko-
nussimon teshikli baraban va uning ichida aylanuvchi shneklardan tarkib topgan. Shnekning aylanish tezligi 
barabannikidan ozgina kam bo`ladi. Shnek aylanishi davrida uning o`ramlari barabanda o`tirib qolgan 
cho`kmani pastga olib tushadi. Cho`kmani to`kish markazdan qochma kuch ta’sirida amalga oshiriladi. Shuni 
alohida ta’kidlash kerakki, markazdan qochma kuch ta’sirida to`kish paytida cho`kma maydalanmaydi va uning 
tuzilishi buzilmaydi. 

3.13. Filtrlash jarayonini intensivlash 
 
Xalq xo`jaligida kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlar tayyor mahsulotining salmog`i ortib borishi 
va yuqori gidravlik qarshilikga ega cho`kmalarning turi, miqdorining ko`payib borishi, filtrlar ish unumdorligini 
oshirishni taqozo etadi. Bu muammoni hal etish uchun filtrlarning filtrlash yuzasi va jarayon tezligini oshirish 
yo`llari bilan erishish maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi kunda barabanli vakuum - filtrlarning yuzasi 140 m
2
, disklilarniki 300 m
2
, lentali filtrlarniki 25 
m
2
gacha etkazilgan. 
Suspenziyalar ajratishda optimal sharoitlarni yaratish uchun konstruktiv, texnologik va fizik - 
kimyoviy usullardan foydalaniladi. 
Konstruktiv guruh usullariga quyidagilar kiradi: filtrlash jarayonini avtomatlashtirish; reversiv (cho`kma 
qalinligi kam bo`lganda), dinamik (cho`kma uzluksiz yuvilib turiladigan hollarda), turli tarkibli (stilindrik yu-
zalarda egrilik radiusi kichik cho`kma qatlamlari hosil bo`lganda) va tebranma filtrlash. 
Texnologik guruh usullariga quyidagilar kiradi: cho`kma qatlami, bosimlar farqi, suspenziya konsten-
trastiyalarining optimal qiymatlarini, hamda uning tarkibidagi qattiq zarrachalarni oldingan mayin va dag`al 
dispers frakstiyalarga dastlabki klassifikastiyalash. 
Fizik - kimyoviy guruh usullariga ega quyidagilar kiradi: cho`kma solishtirma qarshiligini kamaytirish 
maqsadida suspenziyaga fizik - kimyoviy tasir etish. 
Ushbu tadbirlarni suspenziya olish jarayonida yoki undan keyin ham o`tkazish mumkin. 
Birinchi holatda suspenziya hosil qilishda tegishli sharoitlarni (temperatura, konstentrastiya va 
boshqalar) amalga oshirish maqsadida qattiq zarrachalar o`lchamini kattalashtirish, kristallik zarrachalar (amorf 
zarrachalar o`rniga) olish imkoniyati va kolloid, yopishqoq aralashma hosil bo`lish oldini olish mumkin. 
Natijada ayrim suspenziya cho`kmalarining solishtirma qarshiligi 10 va undan ortiq marta pasaytirilishi 
mumkin. 
Ikkinchi holatda, ya’ni suspenziyaga agregirlovchi yoki qo`shimcha moddalar qo`shish, suspenziya 
solishtirma qarshiligini keskin ravishda kamayishga olib keladi. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling