Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари
-rasm. Qattiq zarrachalar qatlami orqali gaz (suyuqlik)
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Maruza (1)
3.37-rasm. Qattiq zarrachalar qatlami orqali gaz (suyuqlik)
harakati. a-qo`zg`almas qatlam; b-mavhum qaynash qatlami; c - qattiq zarrachalarning oqim bilan chiqib kеtishi. 111 boradi. Shu vaqtda qatlam zarrachalari siljib boshlaydi va qatlam oquvchanlikka ega bo`lib boshlaydi. Agar gaz oqimi tezligi yanada oshirilsa, qatlam kengayadi, zarrachalar harakati faollashadi, lekin gidrodinamik muvozanat hali ham buzilmaydi. Bu hol qatlamning mavhum qaynash jarayoniga o`tganligini ko`rsatadi, ya’ni butun qatlam xuddi qaynayotgandek bo`lib ko`rinadi (3.37b-rasm). Qatlamning bunday holatida qattiq zarrachalar intensiv, tartibsiz, turli yo`nalishlarda harakat qiladi. Agar gaz oqimining tezligi yanada oshirilsa, qatlam g`ovakliligi va balandligi keskin ko`payib boradi. Gaz tezligi ma’lum bir kritik qiymatga etganda mavhum qaynash qatlami buziladi. Bunda gidrodinamik bosim kuchlari qatlam zarrachalari og`irlik kuchidan oshib ketadi va qattiq zarrachalar gaz oqimi bilan birga uchib chiqa boshlaydi (3.37v-rasm). Gaz oqimi bilan qattiq zarrachalarning yoppasiga uchib chiqa boshlash hodisasi pnevmotransport deb nomlanadi va sanoatda sochiluvchan materiallarini uzatish uchun ishlatiladi. 3.38-rasmda donador qatlam balandligi va gidravlik qarshiligining oqim sohta (qurilma ko`ndalang kesim yuzasiga nisbatan hisoblangan tezlik) tezligidan bog`liqlik grafiklari keltirilgan. Qatlam qo`zg`almasligi buzilib, mavhum qaynash hola- tiga o`tish paytidagi tezlik mavhum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb nomlanadi va w mk harfi bilan belgilanadi. Agar, gaz oqimi tezligini w mk gacha oshirib borilsa donador qatlam gidravlik qarshiligi ortib boradi (3.38b-rasm). Lekin, w 0 qiymati oshishi bilan qatlamning balandligi umuman o`zgarmaydi (3.38a-rasm AVS chiziq). Oqimning gidrodinamik bosim kuchi qattiq zarrachalar qatlami og`irlik kuchiga teng bo`lganda mavhum qaynash ja- rayoni boshlanadi. Lekin, amalda V nuqtadagi tegishli bosim- lar farqi bevosita mavhum qaynash boshlanishiga (S nuqta) oid R dan, ya’ni qatlamni mavhum qaynash holatida ushlab turish uchun zarur gidrodinamik bosim kuchidan ko`proq bo`ladi. Bunga sabab, qo`zg`almas qatlam holatidagi zarrachalar orasidagi tortishish kuchidir. Gaz oqimi tezligi w Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling