Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana12.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1700870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
7-Maruza (1)

3.10. Filtrlash turlari 
Turli jinsli sistemalarni ajratish paytida filtr to`siq turi va suspenziya xossalariga qarab, filtr to`siq yu-
zasida cho`kma hosil qilish, filtr kovaklarini to`ldirish va ham birinchi, ham ikkinchi hodisalar birgalikda kel-
gan (oraliq) holatlarda filtrlash jarayoni sodir bo`lishi mumkin. 
Filtr to`siq yuzasida cho`kma hosil qilib filtrlash jarayoni qattiq jism zarrachalarining diametri d
e

kovak diametri d dan katta bo`lganda ro`y beradi (3.14a-rasm). 
Bu usul suspenziya tarkibidagi qattiq faza konstentrastiyasi 1% (mass) dan ortiq bo`lganda 
qo`llaniladi, chunki bunda filtr to`siq kovagiga kirish joyida gumbazchalar hosil bo`lishi uchun qulay sha-
roitlar yaratiladi. Gumbazchalar hosil bo`lishi, cho`kish tezligi va suspenziya konstentrastiyasining ortishiga 
imkoniyat tug`diradi. 
Filtr to`siq va cho`kma qatlami orqali 
suyuqlikning o`ish sxеmasi. 
 


98 
Kovaklarni to`ldirish usulida filtrlash (3.14b-rasm) filtr to`siq kovaklariga qattiq zarrachalar kirib 
to`ldirganda ro`y beradi. Shuni alo-
hida ta’kidlash kerakki, filtrlash ja-
rayonining boshlang`ich davridayoq
qattiq zarrachalar to`siq kovaklarini 
to`ldirib boshlaydi. Bu hodisa, albat-
ta filtr qurilmalar ish unumdorligini 
pasaytiradi. Jarayonni kerakli dara-
jada ushlab turish uchun filtr 
to`siqni birinchi holatini tiklash, 
ya’ni filtrlashga yaroqli qilish kerak. 
Buning uchun to`siqlar suyuqlik 
oqimi bilan yuviladi yoki to`siq 
metalldan yasalgan bo`lsa, qizdirib 
kuydiriladi. 
Oraliq filtrlash usuli bir vaqtning o`zida ham filtr to`siq yuzasida cho`kma hosil qilish, ham kovaklarni 
to`ldirib, filtrlash usullari ro`y berganda amalga oshadi. 
Ushbu usulda kichik konstentrastiyali suspenziyalarni filtrlash jarayoni tezligini oshirish uchun 
qo`shimcha moddalar ishtirokida olib boriladi. Jarayondan avval filtr to`siq yuzasi qo`shimcha modda bilan
qoplanadi. Qo`shimcha moddalardan qilingan qoplama to`siq kovaklarini to`lib qolishdan saqlaydi. 
Qo`shimcha moddalar sifatida o`ta mayin ko`mir, perlit, asbest, kizelgur, fibroflo, askanit va boshqa materiallar 
qo`llanilishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, filtrlash jarayoni intensivligi va filtr qurilmaning ish unumdorligi filtrlash tezli-
giga bog`liqdir. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling