Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Filtrlovchi stentrifugalar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana12.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1700870
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
7-Maruza (1)

Filtrlovchi stentrifugalar davriy va uzluksiz ishlaydigan bo`lib, o`qining joylashiga qarab vertikal va 
gorizontal bo`ladi. Jarayon mobaynida hosil bo`ladigan cho`kmani to`kishiga qarab - qo`lda to`kadigan, gravi-
tastion, markazdan qochma va uzilib - uzilib to`kadigan stentrifugalarga bo`linadi. 
Davriy ishlaydigan filtrlovchi stentrifugada suspenziya baraban tepasidan yuklanadi (3.25-rasm). 
Suspenziya yuklangandan so`ng baraban harakatga keltiriladi, ya’ni aylantirib boshlanadi. Markazdan qochma 
kuch ta’sirida suspenziya baraban devoriga uloqtiriladi. Suyuq dispersion faza filtr to`siq orqali o`tadi, cho`kma 
esa unda ushlanib qoladi. Filtrlash stikli tugaganda so`ng, cho`kma qopqoq 3 orqali qo`l yordamida olib tash-
lanadi. 
 
 
3.25-rasm. Davriy ishlaydigan 
filtrlovchi sentrifuga. 
1 - stanina; 2 - teshikli baraban; 3 - qopqoq; 4 -qobiq; 5 
- gupchak; 6 - podshipnik; 7 - elektr yuritkich; 8 - kamar 
uzatmali shkiv; 9 - drenaj turi; 10 - filtr to’qima. 
 
3.26-rasm. Cho’kmani gravitatsion 
kuch 
ta'sirida to’kadigan sentrifuga. 
1 – o’q; 2 - baraban; 3 -taqsimlovchi disk; 4 - 
tayanch vtulka. 
 
Cho`kmani o`zi to`kadigan stentrifugada cho`kma gravitastion kuch ta’sirida qurilmadan chiqarib 
yuboriladi (3.26-rasm). 
Odatda bunday stentrifugalar teshikli baraban o`rnatilgan vertikal o`qli qilib yasaladi. Baraban kichik 


105 
chastota bilan aylanganda suspenziya yuklovchi diskka beriladi. Barabanning pastki qismi konussimon shaklda 
bo`lib, konuslik burchagi cho`kmaning tabiiy qiyalik burchagidan ortiq qilinadi. Filtrlash stikli tamom 
bo`lganda va baraban to`liq to`xtaganidan so`ng og`irlik kuchi ta’sirida cho`kma baraban devoridan sirpanib 
tushadi va qurilma tubidagi shtuster orqali chiqariladi. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling