Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO`ZFALMAS VA MAVHUM QAYNASH QATLAMLARI GIDRODINAMIKASI 3.22. Umumiy tushunchalar
- 3.23. Qo`zg`almas donador va g`ovak qatlamlar orqali suyuqlik harakati
yu
ni topamiz. 5. Baraban sekstiyalari umumiy soni n dan: a - suvsizlantirish zonasida 1 c n ta sekstiya; b - suvsizlantirish zonasida 2 c n ta sekstiya, cho`kmani to`kish va filtr to`qimani tiklash zonasida n tt ta sekstiya band deb qabul qilamiz. 6. Har bir bosqichning davomiyligi ushbu tenglamalardan aniqlanadi: a - suvsizlantirish: фю c ю c n n 1 1 (3.59) bu erda n fyu = ТТ c c n n n n 2 1 - filtrlash va yuvish zonalaridagi baraban sekstiyalarining soni: b - suvsizlantirish: фю c ю c n n 2 2 (3.60) cho`kmani to`kish va filtr to`qimani tiklash: фю ТТ ю ТТ n n (3.61) 7. Ushbu tenglikdan stiklning umumiy davomiyligi st (s) hisoblanadi: ТТ ю с с ц 2 1 (3.62) 8. Barabanning aylanish tezligi w (ayl/min) esa, quyidagi nisbatdan topiladi: ц w 60 (3.63) 9. Filtrlash zonasining markaziy burchagi quyidagiga teng bo`ladi: ц 360 (3.64) 10. Filtrning ish unumdorligi Q (m 3 /sutka): ц V Q 24 3600 (3.65) 11. Agar, filtrat bo`yicha umumiy ish unumdorlik Q um ma’lum bo`lsa, zarur barbanli vakuum - filtrlar soni ushbu nisbatdan aniqlanadi: Q Q N ум ф (3.66) 107 QO`ZFALMAS VA MAVHUM QAYNASH QATLAMLARI GIDRODINAMIKASI 3.22. Umumiy tushunchalar Kimyo va oziq - ovqat texnologiyasi jarayonlarida ayrim elementlardan tarkib topgan qo`zg`almas qatlam materiallari orqali tomchili suyuqlik yoki gazlar oqib o`tadi. Donador qatlam elementlarining shakli va o`lchami turli-tuman ko`rinishga ega: masalan, filtrlar cho`kma qatlamining mayda zarrachalari; granula; tabletka, katalizator yoki adsorbent bo`laklari; absorbstion va rektifi- kastion kolonnalardagi yirik nasadkalar. Biror qatlam zarrachalarining o`lchami bir xil yoki turlicha bo`lishiga qarab, donador qatlamlar mono- dispers yoki polidispers bo`lishi mumkin. Donador qatlam orqali suyuqlik harakati davrida qatlam zarrachalari orasidagi bo`shliqlar suyuqlik bilan to`lib turadi. Bunda, suyuqlik qatlamning zarrachalarini, elementlarini yuvib va noto`g`ri shaklli kanallar orqali oqib o`tadi. Bunday harakat gidrodinamikaning aralash masalasini tashkil etadi. 3.23. Qo`zg`almas donador va g`ovak qatlamlar orqali suyuqlik harakati Gaz energiyasi hisobiga qattiq zarrachalarning bir - biriga nisbatan tartibsiz harakatiga, ya’ni qatlam xuddi qaynayotgandek bo`lib ko`rinishiga «qattiq jism – gaz» ikki fazali sistemaning mavhum qaynashi deb ataladi. Ishchi eltkich ta’sirida hosil bo`lgan mavhum qaynash sistemasining mavhum qaynash yoki qaynash qatlami deb nomlanishining kelib chiqish sabablaridan biri, ushbu qatlamga tomchili suyuqliklar ko`p xossalarining mosligidir. Agar, qattiq material qatlamining mavhum qaynash holatini ta’minlovchi tezlik bilan yuqoriga qarab ishchi elt- kich harakat qilsa, mavhum qaynash qatlami hosil bo`ladi. Oxirgi vaqtda kimyo va oziq - ovqat sanoatlarining barcha korxonalarida mavhum qaynash jarayonlari keng ko`lamda qo`llanilmoqda. Ushbu jarayon aralashtirish, uzatish, sochiluvchan materiallarni klassifikastiyalash, issiqlik almashinish, quritish, adsorbstiya, absorbstiya, granullash, kristallanish va boshqa jarayonlarda yuqori natijalar bermoqda. Bunday ijobiy natijalar mavhum qaynash jarayonining quyidagi afzalliklari bilan belgila- nadi: 1. Qattiq zarrachalar intensiv aralashishi, qurilmaning butun hajmi bo`ylab material temperaturasi va konstentrastiyalarining tekislanishiga olib keladi. Bu hol o`z navbatida jarayonni optimal tashkil etishga halaqit beruvchi qattiq zarrachalarni lokal o`ta qizib ketish oldini oladi; 2. Mavhum qaynash qatlamining yuqori oquvchanligi materialni beto`xtov uzatuvchi va tayyor mahsulot- ni to`kuvchi, ya’ni uzluksiz ravishda ishlaydigan qurilmalarni yaratish imkonini beradi; 3. Kichik o`lchamli, katta solishtirma yuzali zarrachalar qayta ishlanganda issiqlik va massa almashinish yuzalari keskin ortadi, hamda diffuzion qarshilik kamayadi. Bu hol o`z navbatida qurilmaning ish unumdorligini oshirishga olib keladi; 4. Issiqlik almashinish jarayonlari intensivlashadi, bu esa issiqlik almashinish qurilmalari ishchi hajmla- rini kamaytirish imkonini yaratadi; 5. Mavhum qaynash qatlamli qurilmalar gidravlik qarshiligi kichik bo`ladi va gaz oqimining tezligiga bog`liq emas; 6. Qattiq zarrachalar va ishchi eltkichlar xossalari juda keng oralikda o`zgaradigan, hamda suspenziya va pastasimon materiallar ham mavhum qaynash jarayonida qayta ishlanishi mumkin; 7. Mavhum qaynash qatlamli qurilmalar tuzilishi sodda, ixcham va oson avtomatlashtiriladi. Yuqorida qayd etilgan afzalliklar bilan birga, mavhum qaynash jarayonining quyidagi kamchiliklari bor: - bir sekstiyada zarracha va ishchi eltkichlarning bo`lish vaqti bir xil emas; - mavhum qaynash qatlamida zarrachalar bir - biriga urilishi natijasida ediriladi; - zarrachalarni edirilishi natijasida hosil bo`lgan chang qurilmadan uchib ketadi. Bu hol, albatta qo`shimcha chang ushlagichlar o`rnatilishini taqozo etadi; - dielektrik material zarrachalari mavhum qaynash qatlamli qurilmalarda ishlov berilganda, statik elektr zaryadlar hosil qiladi. Bu esa, portlash havfini tug`diradi. Qayd etilgan mavhum qaynash jarayonining kamchiliklari salmoqli emas va ular qisman yoki butunlay bartaraf qilinishi mumkin. Sochiluvchan, donador materiallar qatlami gidravlik qarshilik, zarrachalar o`lchami, solishtirma yuza va bo`sh hajm ulushi bilan xarakterlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling