Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари
Boshlang`ich va chegaraviy shartlar o`xshashligi
Download 0.52 Mb.
|
Умумий қисм
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`xshashlik invariantlari va kriteriylari
Boshlang`ich va chegaraviy shartlar o`xshashligiga binoan boshlang`ich holat va sistemalar (natura va model) chegarasidagi holatlar o`xshashdir, ya’ni boshlang`ich va sistema chegaralaridagi asosiy parametrlar nisbati o`zgarmasdir.
Bu holat o`xshash fazodagi sistemaning geometrik, fizik va vaqt bo`yicha o`xshash bo`lishi uchun ularning boshlang`ich va chegaraviy shartlari bir xil bo`lishi zarur. O`xshashlik invariantlari va kriteriylari. Agar, natura va unga o`xshash modellarning holatini aniqlovchi hamma mos keladigan kattaliklar nisbiy birliklarda o`lchansa, ya’ni har bir sistema uchun mos keladigan nisbatlar olinsa, unda u ham o`zgarmas va o`lchamsiz kattalik bo`ladi. Masalan: ; (1.4) i1, ir va hokazo kattaliklar natura va model o`lchamlari nisbatiga bog`liq emas. Shuning uchun o`xshash sistemalarda ikkita bir xil kattaliklar nisbatini ifodalovchi o`lchamsiz birlik i invariant o`xshashlik deyiladi. Bir xil kattaliklar nisbatini ifodalovchi invariant o`xshashlik simpleks yoki parametrik kriteriy deb ataladi. Turli xil kattaliklar nisbatini ifodalovchi invariant o`xshashlik kriterial o`xshashlik deyiladi. Odatda kriteriylar shu soha nazariyasiga katta xissa qo`shgan olimlarning ismining birinchi ikki harfi bilan belgilanadi (masalan, Re – Reynolds soni yoki kriteriysi). Istalgan fizik hodisa uchun kriteriy keltirib chiqarish mumkin. Buning uchun tekshirilayotgan hodisaning o`zgaruvchan kattaliklari orasidagi analitik bog`liqlikni bilish kifoya. O`xshashlik kriteriylari o`lchamsiz bo`ladi. Shunday qilib, o`zaro o`xshash hodisalar, son jihatdan teng o`xshashlik kriteriylar bilan xarakterlanadi. O`xshashlik kriteriylarining tengligi jarayonlar o`xshashligining birdan-bir miqdoriy sharti. Bir sistema kriteriylarining boshqa unga o`xshash sistema kriteriylariga nisbati har doim 1 ga teng. Masalan, natura va model uchun Re1 = Re2 . Unda O`xshashlik invariantlari turli xil kattaliklar nisbatlari bilan ham ifodalanishi mumkin, ya’ni shu kattaliklarning o`lchamsiz simplekslarini ifodalaydi. Masalan, (1.5) Agar jarayonni tavsiflovchi, differentsial tenglamalarni o`zgartirish yo`li bilan olingan o`xshashlik invariant kattalik komplekslari bilan ifodalansa, ular o`xshashlik kriteriylari deb nomlanadi. Demak, o`xshashlik kriteriylari har doim fizik ma’noga ega bo`lib, tekshirilayotgan jarayon uchun katta ahamiyatli, istalgan ikkita effektlar (kuchlar va h.) o`rtasidagi nisbat o`lchovidir. O`xshashlik kriteriylari istalgan jarayon uchun keltirilib chiqarilishi mumkin. O`lchovsiz simpleks yoki kattaliklar kompleksi, xususan o`xshashlik kriteriylari, umumlashtirilgan o`zgaruvchi deb nomlanadi. O`xshashlik nazariyasi asosan 3 ta teoremaga tayanadi va asoslanadi. Birinchi teoremani I.Nyuton kashf etgan. Unga binoan, o`xshash hodisalar son jihatdan teng o`xshashlik kriteriylari bilan xarakterlanadi: yoki =l/w ekanligini inobatga olsak, (1.6) bu erda f – kuch; m – zarracha massasi. Ushbu kompleks Nyuton kriteriysi deb nomlanadi. Ushbu kriteriy zarrachaga ta’sir etuvchi kuchning inerstiya kuchiga nisbatini xarakterlaydi. Bir qator gidrodinamik kriteriylar oqimdagi kuchlarning o`zaro ta’sir nisbatlarini ifodalaydi, ya’ni og`irlik, bosim, ishqalanish va inerstiya kuchlari orasidagi o`zaro ta’sirni. Shunday qilib, ko`pchilik gidrodinamik kriteriylar Nyuton kriteriysining xususiy holidir. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling