Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари
O`lchov birliklar tahlil usuli
Download 0.52 Mb.
|
Умумий қисм
- Bu sahifa navigatsiya:
- p=f(d,l, , ,w) .
O`lchov birliklar tahlil usuli
Murrakab jarayonlarni o`rganish paytida, masalan, harakatdagi suyuqlikda issiqlik almashinish davrida har doim ham jarayonni to`liq ifodalovchi differentsial tenglama tuzib bo`lmaydi va bir xillik shartlarini ifodalash qiyin. Shuning uchun, bunday hollarga o`xshashlik nazariyasini ham qo`llab bo`lmaydi. Lekin, kriterial tenglamalar keltirib chiqarish uchun jarayonga ta’sir etuvchi asosiy fizik kattaliklar tajriba natijasida aniqlangan bo`lsa, o`lchov birliklar tahlili usulini qo`llash mumkin. Darsi – Veysbax tenglamasi misolida kriterial tenglamalar keltirib chiqarishda o`lchov birliklar tahlili usulini ko`rib chiqamiz. Trubalar ichida suyuqlik harakati jarayonini tajribaviy o`rganish natijasida, bosimlar yo`qotilishi truba diametri va uzunligi, zichlik, qovushoqlik va suyuqlik tezligiga bog`liqligi aniqlanadi. Umumiy ko`rinishda funkstional bog`liqlik quyidagicha yoziladi: p=f(d,l,,,w). Hamma parametrlarning o`lchov birliklari bitta sistemada ifodalanishi shart. Yuqorida funkstional bog`liqlikka 6 ta kattalik (n=6) kiradi. Ular SI sistemasida quyidagi o`lchov birliklarga ega: Ushbu o`lchov birliklarni tuzishda 3 ta birlamchi o`lchov birligi ishlatilgan (m=3): m, s, kg. Demak, Bekingem teoremasiga binoan, funkstional bog`liqlikni kriterial tenglama ko`rinishiga keltirish mumkin. Unda, n - m =6-3=3 ta o`xshashlik kriteriysi bo`ladi. Umumiy funkstional bog`liqlikni darajali funkstiya ko`rinishida yozamiz: (1.12) Ushbu kattaliklarni o`lchov birliklar formulalari bilan almashtiramiz: Qavslarni ochsak, quyidagi ko`rinishni olamiz: O`lchov birligi bir xil simvollarning daraja ko`rsatkichlarini tenglashtirib 5 ta noma’lumli 3 ta tenglama hosil qilamiz: (1.13) (1.13)ning 2 – tenglamasidan s=1-e, uchinchisidan- k=2-e larni topamiz. Olingan c va k larning qiymatini (1.13) tenglamaga qo`ysak, a = -v - e ekanligini aniqlaymiz. Olingan a, s va k larni dastlabki (1.11) tenglamaga qo`yib, quyidagi ko`rinishga ega bo`lamiz: Daraja ko`rsatkichlarini guruhlaymiz va quyidagi ko`rinishdagi kriterial tenglamani olamiz: (1.14) (1.14) tenglamadagi o`zgarmas A, b va c lar tajriba asosida topiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling