Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Download 0.52 Mb.
bet13/15
Sana09.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1760417
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Умумий қисм

b=1 ekanligi ma’lum, A va e lar esa truba ichidagi suyuqlik harakat rejimiga bog`liq.
1.3. Jarayon va qurilmalarni hisoblash va tahlilining asosiy prinstiplari

Qayta ishlanayotgan materiallarning massaviy oqimlarini aniqlashdan maqsad mashina va qurilmalarni hisoblash, hamda zarur energiya miqdorini, issiqlik va massa almashinish qurilmalarining optimal yuzalarini yoki jarayonning davomiyligini aniqlashdir.


Kinetik qonuniyatlarning tahlili, mashina va qurilmaning minimal o`lchamlariga oid jarayonning shartlarini baholash va optimal rejimlarni topish imkoniyatini beradi.
Jarayonlar tahlili, mashina va qurilmalar hisobi quyidagi ketma-ketlikda o`tkaziladi:
- jarayonning moddiy va energetik balanslari tuziladi;
- statika qonuniyatlariga tayanib jarayonning harakat yo`nalishi va muvozanat shartlari aniqlanadi;
- harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi;
- kinetika qonuniyatlariga tayanib jarayon tezligi topiladi.
Aniqlangan optimal rejim uchun jarayon tezligi va harakatga keltiruvchi kuch kattaliklari asosida qurilmaning asosiy o`lchamlari: ishchi hajm yoki ishchi maydon yuzasi aniqlanadi. Asosiy o`lcham yordamida qurilmaning qolgan o`lchamlari hisoblab topiladi.
Moddiy balans massaning saqlanish qonuniga tayanib tuziladi, ya’ni jarayon o`tkazilish paytida qurilmaga kiritilayotgan material miqdori Gbosh , undan chiqayotgan mahsulot miqdori Gox ga teng bo`lishi zarur:
(1.15)
Moddiy balans asosida chiqayotgan mahsulot miqdori topiladi, ya’ni maksimal mahsulot chiqish imkoniyatiga nisbatan prostent hisobida chiqqan tayyor mahsulot miqdori. Odatda, olingan tayyor mahsulot miqdori sarflangan xom-ashyo birligiga hisoblanadi.
Lekin, sanoatda qurilmani ishlatish va jarayon borishi davrida qaytarib bo`lmaydigan moddiy yo`qotilishlar albatta bo`ladi. Unda (1.15) tenglama quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:


(1.16)
bu erda Gyo`q - yo`qotilgan modda miqdori.

Odatda, moddiy balans butun jarayon yoki alohida bosqichlari uchun tuziladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling