Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Download 0.53 Mb.
bet63/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

Darsning боришиi:
3.1. Hayvon populyasiyasining jins va yosh tuzilmasi haqida nazariy ma’lumotlar
Hayvonlarda ko’payish xususiyatlariga qarab individlar bitta yoki turli avlodlarga tegishli bo’lishi mumkin. Agar populyasiyadagi individlar bir avlodga tegishli bo’lsa, ular yosh jihatdan bir biriga yaqin va deyarli bir vaqtda hayot bosqichlarini o’taydi. Bunday populyasiyalarda turli hayot bosqichlari va ko’payishi muddatlari yilning ma’lum mavsumlariga to’g’ri keladi.
Bir vaqtning o’zida turli avlodlari mavjud bo’ladigan turlarda populyasiya yosh tuzilmasi murakkabroq bo’ladi. Masalan, may qo’ng’izi lichinkalari populyasiyasida 4 ta avlod individlari majvud bo’ladi.
Yuksak hayvonlarda ko’p marta ko’payish va yetuk individlarning uzoq vaqt yashashi natijasida populyasiyaning yosh tuzilmasi yanada murakkabroq bo’ladi. Bunday populyasiyalar nisbatan doimiy bo’ladi. Ekspluatasiya qilinadigan tabiiy populyasiyalarning yosh tuzilmasini aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Tiklanish imkoniyatlari keng bo’lgan populyasiyalardan soniga zarar yetkazmasdan ko’proq foydalanish mumkin.
Populyasiyalar yosh tuzilmasini taxlil kilish natijasida uning kelgusidagi sonini bashorat qilishi mumkin. Bunday tahlil, ayniqsa baliqchilikda keng qo’llaniladi.
Populyasiyaning jins tuzilmasi deganda populyasiyadagi turli jinsga mansub organizmlarning, ya’ni erkak va urg’ochi individlar nisbati tushuniladi. Ko’pchilik turlarda individlar jinsi urug’lanish jarayonida jinsiy xromosomalar kombinasiyasi bilan aniqlanadi. Bu jarayon zigotalar jinsining teng nisbatini ta’minlaydi. Lekin bunday nisbat umuman populyasiya uchun xos deyish to’g’ri emas. Erkak va urg’ochi individlar fiziologiyasi, ekologiyasi va xulq-atvori bilan bir-biridan farq qiladi. Natijada turli jinsdagi individlarning yashab qolish imkoniyatlari turlicha bo’ladi, binobarin, jinslar nisbati ham o’zgarishi mumkin.
Ba’zi organizmlarda urg’ochi va erkak jinslar o’rtasidagi ekologik va xulq atvori jihatidan farq kuchli ifodalangan bo’ladi. Masalan, chivinlarning urg’ochisi qon so’rib oziqlansa, erkagi yetuk davrida oziqlanmaydi, yoki ba’zi turlari nektar bilan oziqlanadi. Urg’ochi va erkak organizmlar bir-biridan ko’pchilik fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, o’sish tezligi, jinsiy yetilish vaqti, ochlikka va harorat o’zgarishiga chidamliligi va hokazo. Albatta, populyasiyaning jins strukturasi populyasiyada turli jinslar mavjud bo’lganda mavjud bo’ladi. Germofrodit va partonegenetik formalar haqida gapirganda jins strukturasi mavjud emasday tuyuladi. Lekin germofrodit organizmlarda ham o’ziga xos jinsiy jarayon kuzatiladi. Partenogenetik formalarning kupchilik populyasiyalarida erkak organizmlar uchrab turadi. Shuning uchun populyasiyaning jins strukturasi ko’pchilik turlar uchun universal xususiyat bo’lib xizmat qiladi.
Hayvon populyasiyasi yosh tuzilmasini hasharotlarda o’rganish ancha qulay. Hasharotlar to’liqsiz va to’liq o’zgarish orqali rivojlanadi. To’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar uch rivojlanish davrini (tuxum, lichinka va yetuk) o’tkazadi. Bunday hasharotlarning lichinkalari tashqi ko’rinishi bilan yetuk davriga o’xshaydi, ammo ular kichikligi va qanotlarining taraqqiy etmaganligi, tana bo’g’imlari miqdorining kamligi va boshqa bir qator belgilari bilan farqlanadi. Lichinka katta bo’lgan sari qanot paydo bo’lib, tanasi yiriklashadi, bo’g’imlarining miqdori ortib, umumiy gavda ko’rinishi borgan sari yetuk individga o’xshab boradi. To’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga chigirtkalar, qandalalar, suvaraklar va shira bitlari misol bo’ladi.
3.2. Jins va yosh tuzilmani o’rganish
Hasharotlardan yig’ilgan kolleksiya asosida to’liqsiz va to’liq o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar populyasiyasining yosh tuzilmasini aniqlash. Buning uchun chigirtkalar kolleksiyasini o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chigirtkalarning urg’ochisi yozda tuxum qoyib, nobud bo’ladi. Bahorda tuxumdan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar rivojlanish davomida 4-5 marta tullaydi, ya’ni 4-5 yoshni o’taydi. Tullash jarayonida lichinkalar o’sib, yetuk hasharotga o’xshab boradi.
Lichinkalarni diqqat bilan kuzatib, har bir tullash davri aniqlanadi, turli yosh lichinkalarning tana o’lchamlari, qanotlarining rivojlanish darajasi va tana bo’g’imlarining soni aniqlanadi. Olingan natijalar asosida 1-jadval to’ldiriladi.
Populyasiyadagi jinslar o’rtasidagi morfologik farqni o’rganish uchun erkak va urg’ochi quyonlarning og’irligi o’lchanadi. Bunda ularning tanasi, dumi va quloqlarining uzunligi, miya qutisi, yuz va ko’z tuzilishidagi farqlar aniqlanib, olingan natijalar 2-jadvalda qayd qilinadi.

1-jadval



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling