7 - mavzu: Populyasiyada individlar sonining o’sish tezligini aniqlash.
Reja:
1. Populyasiya sonining o’sish tezligi haqida nazariy ma’lumotlar
2. Populyasiya sonining o’sish tezligini aniqlash
3. Mustaqil ish topshiriqlari
4. Testlar
Darsning maqsadi: Talabalarga populyasiyada real kuzatiladigan o’sish tezligini haqida nazariy ma’lumotlar berish hamda o’sish tezligi va avlod umrini aniqlash ko’nikmalarini hosil qilish.
Dars o’tish vositalari: sinf doskasi, o’sish tezligiga oid plakatlar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, mikrokalkulyator, ish daftari.
Dars o’tish usullari: dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu boyicha savollar beriladi, talabalar yakka tartibda amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi, xulosalar ish daftarida qayd qilinadi.
Darsning borishi:
7.1. Populyasiya sonining o’sish tezligi haqida nazariy ma’lumotlar.
Umr uzoqligi turlicha bo’lgan turlarni taqqoslaganda R0 (avlod yaratishning sof tezligi) kattalikdan foydalanish noqulayroqdir. Shuning uchun bunday holatlarda r kattalik, ya’ni populyasiya o’sishining tezligi ishlatiladi.
Bu ikki kattalik orasidagi bog’liqlikni quyidagicha topamiz. Faraz qilaylik, bir avlod umriga teng T vaqt oralig’ida populyasiya eksponensial o’sadi. Bu holda T vaqt oralig’ining oxirida populyasiya soni Nt=N0ert bo’ladi. Bundan bo’ladi. (7.1)
- ikki ketma ket keladigan avlodlarning nisbatidir yoki, boshqacha aytganda R0 kattalikning xuddi o’zidir.
Shunday ekan bu formulani R0= erT ko’rinishda yozib, undan r ni topib olamiz.
r = (7.2)
T- ya’ni bitta avlod umri qanchalik aniq bo’lsa, r- populyasiya usish tezligini hisoblashning yuqoridagi usuli shuncha aniq bo’ladi. Ba’zi hollarda bir avlod umrining uzoqligi oson aniqlanadi. Masalan, ba’zi losossimon baliqlar, ko’pchilik hasharotlar va ba’zi o’simliklar umrining oxirida bir marta ko’payadi. Bular uchun bir avlod umri tuxum qoyilgan vaqtdan to ko’paygungacha bo’lgan vaqtdir. Lekin ko’pgina hayvonlar va o’simliklarda ko’payish davri ancha cho’ziladi, hamda ko’payish mumkin bo’lgan yoshlarda tug’ilgan individlarning o’rtacha soni o’zgarib turadi. Bunday holatlarda avlod umri uzoqligi quyidagicha topiladi.
T = = (7.3)
Populyasiya sonining o’sishi avlod umri uzoqligiga teskari proporsional ekan (r = ), organizmlar qanchalik tez ko’payishiga kirishsa, populyasiyaning o’sish tezligi shuncha yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |