Bunday erituvchilarni kislota kuchini tenglashtiruvchi erituvchilar deyiladi. Shu sababdan, kuchsiz kislotalar o‘rganilganda suvga nisbatan asosliroq erituvchi, maslan, suyuq ammiak yoki aminlar qo‘llaniladi. Kuchsiz asoslar tadqiq qilinganda esa suvga nisbatan kislotaliroq erituvchi, masalan, suvsiz sirka kislota, kons. sulfat kislotalardan foydalaniladi. Kuchli kislotalar o‘rganilganda kuchsiz kislta, masalan, suvsiz sirka kislota ishlatiladi. Moddaning yuqori kislotaliligi kerak bo‘lsa kislota kuchini farqlaydigan, kislota kuchini tenglashtirish darajasi kam bo‘lgan erituvchi olinadi. Maslan, vodorod xlorid asosli xossaga ega bo‘lgan moddani suvga nisbatan benzolda kuchliroq protonlaydi. Shunday qilib benzol suvga qaraganda kislota kuchini kam tenglashtiruvchi erituvchidir. Kislotalilikning yoki asoslilikning son qiymatlardagi farqqa qaramasdan birikmalarning suvsiz-erituvchilardagi kislotalik yoki asoslik bo‘icha joylash tartibi o‘zgarmaydi 2.Spirtlar, fenollar va karbon kislotalarining kislotali xususiyatlari. 2.Spirtlar, fenollar va karbon kislotalarining kislotali xususiyatlari. Kislotalar kuchining xarakteristikasi siftadia ularning suvdagi dissotsialanish konstantasi (Ка) qo‘llaniladi, bunda suv deyarli o‘zgarmas miqdorda – 55 mol/l olinadi:
bu yerda, G0 – erkin entalpiyaning o‘zgarishi.
pКа ning qiymati qancha kichik bo‘lsa, kislotaning kuchi shunchalik katta bo‘ladi. Asoslarning protonlanishi uchun рКа ga o‘xshash рКв kattaligi qo‘llaniladi. рКв =14 – рКа, yoki рКа = 14 – рКв. Odatda asoslilik ham рКа qiymatlari orqali ifodalaniladi, ya’ni tegishli protonlangan asosning dissotsialanishi ko‘rsatiladi. rK potensiometriya va spektrofotometriya metodlari bilan aniqlanadi.
pКа ning qiymati qancha kichik bo‘lsa, kislotaning kuchi shunchalik katta bo‘ladi. pКа ning qiymati qancha kichik bo‘lsa, kislotaning kuchi shunchalik katta bo‘ladi. Asoslarning protonlanishi uchun рКа ga o‘xshash рКв kattaligi qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |