Kimyo fаkul’teti kimyo yo’nalishi 4-kurs talabasi achilova sayyora abdumannonovnaning


Lyuis nazariyasiga muvofiq kislotalar elektronga taxchil bo‘lgan, asoslar elektronga boy bo‘lgan, bo‘linmagan elektron juftli, qo‘sh bog‘li va aromatik yadrosi bo‘lgan moddalardir


Download 87.16 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi87.16 Kb.
#1111359
1   2   3   4   5
Bog'liq
organik birikmalar

Lyuis nazariyasiga muvofiq kislotalar elektronga taxchil bo‘lgan, asoslar elektronga boy bo‘lgan, bo‘linmagan elektron juftli, qo‘sh bog‘li va aromatik yadrosi bo‘lgan moddalardir.

Masalan, Lyuis kislotalari: H+, BF3, AlCl3, ZnCl2, FeCl3, +CR3

Lyuis asoslari:


BF3, AlCl3, ZnCl2, FeCl3, AlBr3 kabi elektroneytral birikmalarning markaziy atomlari (B, Al, Zn, Fe) dagi elektronga taxchillik shundan iboratki, bu atomlar atrofidagi sakkizta barqaror (oktet) elektron qobiq o‘rniga oltita (sekstet) elektron qobiq mavjuddir. Shuning uchun bu moddalar elektroneytral bo‘lsa ham o‘ziga yana ikkita elektron (asos) biriktirib olishga va elektronlarni sakkistaga yetkazishga harakat qiladi va shuning uchun ular kislotali xususiyat namoyon qiladi. Bu tuzlar Lyuis kislotalari deyiladi.

Organik moddalarning kislotali yoki asosli xususiyatlariga Lyuis nazariyasi ko‘proq mos tushadi va shuning uchun bu nazariyadan keng foydalaniladi.

Organik moddalarning kislotali yoki asosli xususiyatlariga Lyuis nazariyasi ko‘proq mos tushadi va shuning uchun bu nazariyadan keng foydalaniladi.

Kislotalilik yoki asoslilik tushunchalari nisbiy tushunchalardir.

Moddaning kislotali xossasi asos ishtirokida, asosli xossasi esa – kislota ishtirokida namoyon bo‘ladi. Masalan, gaz holdagi HСl kislota emas, lekin u asos ishtirokida (suv) kislotaga aylanadi.

Demak, moddaning kislota yoki asos bo‘lishi uni o‘rab turuvchi moddalar xarakteriga bog‘liqdir.

Suvga o‘xshagan amfoter xossaga ega bo‘lgan moddalar o‘z protonini o‘zi biriktirib oluvchi akseptoga ham ega:


Bu jarayon avtoprotoliz deyiladi.

Birikmaning kislotali yoki asosliligi erituvchining asosligiga (mos ravishda kislotaliligiga) bog‘liqdir.

Birikmaning kislotali yoki asosliligi erituvchining asosligiga (mos ravishda kislotaliligiga) bog‘liqdir.

Shuning uchun moddalarning tegishli konstantalari solishtirilganda hamma vaqt erituvchi ko‘rsatiladi.

Asosliligi katta bo‘lgan erituvchida kuchli kislotalar ham, kuchsiz kislotalar ham chuqur va farqi kam dissotsiyalanishga uchraydi.


Download 87.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling