Elektronga moyillik energiyasi(E). Elektronga moyillik energiyasi deb, atomga bitta elektron biriktirganda ajraladigan energiyaga aytiladi (birligi eV). Elektronga moyillik energiyasining qiymati ionlanish energiyasiga o‘xshash o‘zgaradi. Odatda atom elektron biriktirsa anion holatiga o‘tadi. Bunday xossa metallmaslarga tegishli. Metallmaslarda eng yuqori elektronga moyillik energiyasi qiymati nodir gazlarda kuzatiladi. Ularning orasida bo‘lsa geliyning elektronga moyillik energiyasi eng yuqoridir.Elektromanfiylik(X=I+E). L.Poling taklifiga ko’ra atomning o’ziga elektron tortish xususiyatiga elektromanfiylik deyiladi. Li ning elektromanfiyligi 1 deb qabul qilingan. Ftorning nisbiy elektromanfiyligi 4,1 ga teng. Bu nisbiy elektromanfiylikni ko’rsatadi. Diamagnetizm birinchi marta qachon kashf etilgan Anton Brugmans 1778 yilda vismut magnit maydonlari tomonidan qaytarilishini kuzatgan.
Diamagnetizm-bu moddalarning (diamagnetiklarning) unga ta'sir etuvchi tashqi magnit maydonning kuch chiziqlari tomon magnitlanish xususiyati. Elektron nazariya nuqtai nazaridan diamagnetizm elektromagnit induksiya qonuni va Lenz qoidasi bilan izohlanadi. Diamagnitlar zaif magnit moddalardir. Diamagnetizm barcha moddalarning universal xususiyatidir, ammo ba'zi hollarda u kuchli bug ' va ferromagnetizm bilan qoplanadi. Paramagnetizm“ terminini fanga M. Faradey kiritgan (1845). U ferromagnitdan boshqa barcha moddalarni magnit xossalari boʻyicha diamagnit va paramagnit moddalarga ajratgan. Paramagnetizm zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega boʻlgan jismlar uchungina xos boʻlib, bu momentlar tashqi maydon boʻlmaganda tartibsiz, yaʼni j=0 boʻladi. Tashqi maydon boʻlganda maydon yoʻnalishida moslanadi.
25 Atom tuzilishi.
Atom — kimyoviy elementning barcha xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki „boʻlinmas“ nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat zaryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Atom markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida oʻlchovlari (~ 10~8 sm) atom oʻlchovlarini ifodalaydigan elektron qobiqlarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. Atom yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan.
Atomning yadroviy tuzilishi
Birinchi atom tuzilishi to’g’risidagi nazariya 1903 y. ingliz olimi Tomson tomonidan yaratildi.Bu nazariya ion-elektron yoki statik nazariya deyiladi.
Tomson nazariyasiga ko’ra atom musbat zaryadlangan doira bo’lib, bu zaryadni ichida doimo elektronlar tebranib turadi.Ana shu atomning musbat zaryadlangan qismi atomning butun qismini egallab turadi.
Lekin 1911 yilda ingliz fizigi Ernest Rezerford dinamik yoki atom tuzilishini yadroviy nazariyasini yaratdi.Rezerford yupqa metall plastinkadan a- zarrachalarni o’tishini o’rgandi, bunda a-zarrachalarni bir qismini o’z-o’zidan ma’lum burchakka og’ishini topdi.Bu hodisa a- zarrachalarni tarqalishi hodisasi sifatida dunyoga mashhur.Bunday jarayonni Tomson nazariyasi yordamioda tushuntirib bo’lmaydi.Chunki o’rtada musbat zaryadni toplanishi musbat zarrachalarni yo’nalishini o’zgartirishga qodir emas.Shu tufayli Tomson nazariyasidan voz kechishga to’g’ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |