Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvant raqamlari
- Orbital kvant soni (l)
- Spin kvant soni (s)
- valent bog’lanish nazariyasi
Kvant sonlar — atom yadrosi, atom, molekulalar va boshqa kvant sistemalar, shuningdek, elementar zarralar, gipotetik zarralar, kvarklar va glyuonlarning energetik holatlari va fizik xossalarini ifodalovchi butun yoki yarim butun sonlar. Kvant sonlar tushunchasi fizikaga dastlab atom spektrini oʻrganishda kiritilgan. Atomdagi bogʻlangan elektronlarning holatlari 4 kvant sonlar bilan ifodalanadi; elektronning yadrodan oʻrtacha uzoqligini ifodalaydigan bosh
Kvant raqamlari - atomlardagi elektronlarning xususiyatlarini tavsiflovchi raqamlar. To'rtta kvant soni mavjud: Asosiy kvant soni (n): Bu kvant soni elektronning energiya darajasini tavsiflaydi. n qiymati qanchalik katta bo'lsa, energiya darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. n ning mumkin bo'lgan qiymatlari 1, 2, 3, 4..... Orbital kvant soni (l): Bu kvant soni elektron orbitalning shaklini tavsiflaydi. l ning qiymatlari 0 dan n-1 gacha. ning mumkin bo'lgan qiymatlari 0,1,2...... n-1 Magnit kvant soni (m): Bu kvant soni kosmosdagi elektron orbitalning yo'nalishini tavsiflaydi. m ning qiymatlari -l dan l gacha, shu jumladan 0. Spin kvant soni (s): Bu kvant soni elektronning spinini tavsiflaydi. s qiymati +1/2 yoki -1/2 bo'lishi mumkin. To'rtta kvant soni birgalikda atomdagi elektronni aniq belgilaydi. Bosh kvant soni n elektronning energiya darajasini belgilaydi. Orbital kvant soni l elektron orbitalning shaklini aniqlaydi. Magnit kvant soni m elektron orbitalning fazodagi yo'nalishini aniqlaydi. Spin kvant soni s elektronning spinini aniqlaydi. Kvant raqamlari muhim ahamiyatga ega, chunki ular atomning elektron konfiguratsiyasini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. Elektron konfiguratsiyasi atomdagi elektronlarning joylashishini tavsiflash usulidir..Kvant raqamlari atomlardagi elektronlarning harakatini tushunishda ham muhimdir. Misol uchun, kvant raqamlari nima uchun elektronlar faqat ma'lum energiya darajalarida mavjud bo'lishi mumkinligini va nima uchun elektronlar yadro atrofida faqat ma'lum usullar bilan aylanishi mumkinligini tushuntirish uchun ishlatilishi mumkin. Kvant raqamlari atomlarning faolligi va ionlanish energiyasi kabi xususiyatlarini tushuntirish uchun ham ishlatiladi. Har qaysi orbitalda ko‘pi bilan ikkita elektron bo‘lishi mumkin (Pauli prinsipi). Agar orbitalda bitta elektron bo‘lsa, u juftlashm gan elektron, agar ikkita bolsa — juftlashgan elektron deyiladi. Pauli prinsipi N=2n2 formulani tushuntirib beradi. Haqiqataham, agar masalan, uchinchi pog‘onada (n=3) 32=9 orbital, harqaysi orbitalda esa 2 tadan elektron boisa, u holda elektronlarning maksimal soni 2-32=18 bo‘ladi. 29 Kimyoviy bog‘lanish nazariyasi. Kimyoviy bog‘lanishning asosiy tavsifi. Kimyo fanining hozirgi rivojlanish bosqichida kimyoviy elementlar atomlari orasidagi bog‘lanish tabiatini talqin etishda ikkita nazariya hukm surib keladi. Ularning birini valent bog’lanish nazariyasi deb ataladi. XX asming o‘rtalarida paydo bo‘lib, molekulalardagi kimyoviy bog‘ hosil bo’lishini tushuntiruvchi ikkinchi nazariya — molekular orbitallar nazariyasidan ustun turadi. Kimyoviy bog’lanish nazariyasi hozirgi zamon Kimyosining markaziy muammolaridan biridir. Modda tarkibidagi atomlarning ta‘sir etish tabiatini bilmasdan turib, kimyoviy birikmpalarning xilma-xilligini sababini, ularning hosil bo’lish mexanizmini, tarkibini, tuzilishi va reaktsiyaga kirish qobiliyatlarini tushinish mumkin emas. Hozirgi zamon tekshirish usullari tajribada moddalardagi atom yadrolarining fazoviy joylanishini aniqlash imkonini beradi. Atom adrolarining fazoviy joylanishi elektronlarning ma‘lum ziyaligiga to’g’ri keladi. Atomlardan molekulalar hosil bo’lishida elektron ziyalik o’zgaradi. Moddadagi elektron ziyalikning taqsimlanish xarakteriga qarab kimyoviy bog’lanish 3 ta asosiy tipga bo’linadi: Ion bog’lanish, kovalent bog’lanish va metall bog’lanish. Kimyoviy bog’lanishning ikkinchi darajali ko’rinishlari qatoriga: molekulalararo bog’lanish (Van-der Vals kuchlari bilan xarakterlangan bog’lanish) hamda vodorod bog’lanish kiradi. Kimyoviy bog’lanish valentlik bilan xarakterlanadi. Valentlik termini (atamasi) kimyoga 1853 yilda ingliz kimyogar olimi Franklend tomonidan kimyoviy birikmalardagi element atomlarining miqdoriy nisbatlarini asoslash uchun kiritilgan. kimyoviy bog'lanish elektron tabiatga ega, ya'ni valentlik elektronlarining o'zaro ta'siri tufayli amalga oshiriladi. Valentlik elektronlarning molekulada taqsimlanishiga qarab quyidagi turdagi bog`lanishlar ajratiladi: ionli, kovalent, metall va boshqalar.. Ion bog`lanishni tabiatan keskin farq qiluvchi atomlar orasidagi kovalent bog`lanishning cheklovchi holati sifatida ko`rish mumkin. 30 Kimyoviy bog‘lanish va uning turlari: kovalent va ion bog‘lanish. Kimyoviy birikmаlаr mоlеkulаsi hоsil bo`lishdа аtоmlаrаrо tа`sir etuvchi vа ulаrni birgаlikdа ushlаb turuvchi kuchgа kimyoviy bоg’lаnish dеyilаdi2. Kimyoviy bog‘lanish mоlеkulа yoki kristаll hosil bo‘lishidа ishtirоk etuvchi elеktrоnlаr vа аtоm yadrоlаrining elеktr mаydоnlаrining o‘zaro tа‘siri nаtijаsidа vujudgа kеlаdi. Bu o‘zaro tа‘sirning xarаktеri аtоm tuzilishi vа elеktrоnning kоrpuskulyar – to‘lqin хоssаlаri аsоsidа aniqlаndi. Аtоm tuzilishining аsоsiy mоmеntlаri mа‘lum bo‘lgandаn kеyinginа kimyoviy bog‘lanish nаzаriyasini yarаtish imkоni tug‘ildi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling