Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida kimyoviy moddalarni qoʻllash; kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va agrokimyo fani yutuklaridan foydalangan holda kam mehnat va mablagʻ sarflab olinadigan mahsulot hajmini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlardan biri. Qishloq xoʻjaligini "kimyolashtirish" atamasi 20-asrning 30-yillarda turli zonalarda oʻgʻitlar tizimini qoʻllash tufayli rus olimi D.N.Pryanishnikov (1865—1948) tomonidan taklif qilingan.
Oʻgʻitlardannnn foydalanish, tuproqni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash), oʻsimliklarni begona oʻtlardan, zararkunandalar va kasalliklardan muhofaza qilish; defoliatsiya va desikatsiya; oʻsimliklarning oʻsishi hamda hosil berishini boshqarish; chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar ishlatish, qishloq xoʻjaligi mahsu-lotlarini konservalash, melioratsiya, qishloq xoʻjaligi qurilishi va boshqalarda sintetik materiallardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |