Kimyo fanining sanoat va xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Download 31.02 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi31.02 Kb.
#1389261
Bog'liq
Kimyo fanining sanoat va xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Kimyo fanining sanoat va xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Kimyo - moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va bu o’zgarishlarni boshqarish usullarini o’rganadigan fandir Kimyoning asosiy vazifаlari: 1.Oldindan belgilangan xossali moddalar olish va sanoat ishlab chiqarishini jadallashtirishdan, chiqindisiz texnologiya yaratishdan iborat. 2. Kimyoviy o’zgarishlar energiyasidan foydalanishdir. Matеriyaning ma'lum sharoitda o’zgarmas fizik xossalarga ega bo’lgan ayrim bo’lagi modda dеb ataladi. Suv, qand, tеmir, ammiak va boshqalar ana shunday moddalardandir. Moddalarda ham turli o’zgarishlar bo’ladi. Ba'zan, moddada shunday o’zgarish bo’ladiki, buning oqibatida u boshqa moddaga aylanadi. Bunday o’zgarish kimyoviy jarayon dеyiladi. Kimyo bir necha fanlardan iborat: . Umumiy kimyo . Radiokimyo . Anorganik kimyo . Astrokimyo . Organik kimyo . Kosmokimyo Analitik kimyo . Ekologik kimyo . Kvant kimyo . Neft kimyosi . Kimyo texnologiyasi .Termokimyo . Polimerlar fizikasi va kimyosi . Fotokimyo . Kristallokimyo . Bo’yoqlar kimyosi . Bioneorganik kimyo . Agrokimyo . Bioorganikkimyo . Formateftik kimyo . Biokimyo . Biofaol kimyo . Fizik kimyo . Koordinasion birikmalar kimyosi . Kolloid kimyo ..Gistokimyo . Moddalar tuzilishi . Kompozision materiallar kimyosi . Geokimyo . Kimyo tarixi . Elektrokimyo . Kimyo o’qitiah uslubiyati.O’zbekistonda kimyo sanoatiga ham yaxshi rivoji topdi .Bunda Kimyo sanoati og’ir sanoatning asosiy tarmog’i bo’lib, xalq xo’jaligida ahamiyati kattadir. O’zbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, sun'iy tola va sintеtik kauchuk, lak-buyoqlar, kislota va ishqorlar, dori-darmonlar, shuningdеk ko’plab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmog’ini rivojantirishga juda katta e'tibor bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbеkistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, elеktr quvvati, ko’mir, sanoati va qishloq xo’jaligi chiqindilari, minеral xom ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda ko’pdir.O’zbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati O’zbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir. Hozirgi kunda O’zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xomashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud bo’lgan bo’lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo’ldi. O’zbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik –kichik sopol buyumlari ishlab chiqarishni hisobga olmaganda) 1906-yil Farg’onada qurilgan Neftni qayta ishlash zavoddir. Ikkinchi shunday zavod Farg’onada (Melnikov nomli) 1915-yilda qurildi. Ularda asosan kerosin olinar edi va yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). Keyinchalik Toshkentda lak-bo’yoq va soda zavodlari (1920 yil), Bekobod sement va ohak zavodlari (1926 yil) qurilib ishga tushirilgan. O’zbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxta yetkazib beruvchi xo’jalik bo’lgani uchun, unda kimyo sanoatining vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur bo’lgan mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarining qurilishidan boshlandi. 1940-yilda Respublikamiz kimyo sanoatining gigant Chirchiq elektrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. Kombinat o’sha yilning o’zidayoq qishloq xo’jaligimiz uchun 1 ming 600 tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi. 1942-yilda Qo’qon superfosfat , 1965-yilda Navoiy kimyo kombinati, 1975-yilda Olmaliq ammofos zavodlari, 2001-yilda Qizilqum fosforit zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilga kelib Respublikamizda to’yimli moddalarni 100% ga aylantirib hisoblaganda 1 mln. 592 ming tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi va o’g’it ishlab chiqarish bo’yicha Bolgariya, Vengriya, Polsha, Yugoslaviya, Chexoslovakiyadan ham o’zib ketdi. Hozirgi paytda O’zbekiston Yaponiya bilan taxminan teng miqdorda o’g’it ishlab chiqarmoqda. Respublikamizda qurilish materiallarining asosi bo’lgan sement ishlab chiqarishning to’ng’ich korxonasi Bekobod sement zavodidir (1926-yil), keyingi yillarda Quvasoy (1932-yil) va Angren (1949-yil) sement zavodlari, 1968-yilda Ohangaron, 1978-yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. Natijada Respublikamizning sementga bo’lgan ehtiyoji to’la qondirildi. Bu esa O’zbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ikkinchi jahon urishidan keyingi tinch qurilish yillarida, chinni sanoati barpo etildi. Eng avval Toshkent chinni zavodi (1954-yil), keyinchalik Samarqand chinni zavodi (1975-yil), Angren chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish kombinati (1976-yil), Quvasoy chinni va shisha buyumlari zavodlari (1979-yil), Olmaliq (1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari, ko’pgina boshqa anorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalari: Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati, Angren kimyometallurgiya zavodi, Qo’ytosh ruda kombinati, Muruntov tog’ metallurgiya kompleksi, Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib ishga tushirildi. O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi. O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi. Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi. 1969-yilda Farg’ona sun’iy tola –atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 70-80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi. 1982-yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik sex ishga tushirildi. Shuningdek, 1979-81-yillarda ishga tushgan Olmaliq kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari, shampunlar, mashina matolari, naftalin, loklar, bo’yoqlar, bolalar o’yinchoqlari va boshqa o’nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Namangan kimyo zavodida polietilen plyonkalari, Jizzax va Ohangaron plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Bulardan tashqari respublikamizda Farg’ona furan birikmalari kimyo zavodi (1942-y), Yangiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi (1953-y), Toshkent va Farg’onada polivinilxlor asosida sun’iy charm zavodi, Toshkent va Guliston margarin zavodlari, Toshkent farmatsevtika, Farg’ona sun’iy qorako’l zavodlari va boshqa o’nlab qorxonalar organik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavszlik , barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi". Hozirgi kunda 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’lum bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan, kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tahkil etadi. Eng muhim anorganik birikmalar anorganik kislotalar, tuzlar, ishqorlar va sodalar, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va hokazolardir. Kimyo sanoatida anorganik mahsulotlarning olinishi 1932 yildan boshlab oltingugurt qazib olina boshlangan. Sho’rsuv oltingugurt koni (Farg’ona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Ittifoqning oltingugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Sulfat kislota Kimyo sanoatining tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan. 1958-65 yillarda Olmaliq konmetallurgiya kombinati qoshida sulfat kislotasi zavodi 20-asrning 90-yillari boshiga kelib O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim o’rinni egallagan 2859 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqara boshladi. O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo’ngitsidlar) Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965-yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960-yildan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xo’jalidida o’simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda qo’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho’rtan gaz komplekslarida ishlab chiqariladi. Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi. Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmoqda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish soahsini ham kengaytirdi shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqitsiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Oxirgi 7 yilda О‘zR FA ilmiy mahsulotlari eksport hajmi 2,1 martaga ko’paydi. Jumladan, О‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqarilgan sakkiz xil turdagi dorivor moddalar biopreparatlari va substansiyalari 7,6 mln AQSH dollaridan ortiqroq miqdorda eksport qilindi. О‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi chiqaradigan ikkita ilmiy jurnal – “Geliotexnika” va “Tabiiy birikmalar kimyosi” ingliz tiliga tarjima qilinadi va xorijda nashr etilib, obuna bо‘yicha tarqatiladi, shuning hisobiga valyuta kirimi (tushumi) ta’minlanadi. Umumiy va noorganik kimyo institutida o’g’itlarning yangi turlari va defoliantlar olishni original texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ular import o’rnini bosuvchi mahsulotlar bo’lib, aksariyat qismi Afg’oniston, Turkmaniston va Qozog’iston respublikalariga eksport qilinadi. O’simlik moddalari kimyosi va Bioorganika kimyosi institutlarida 15 ta yangi original import o’rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarini olish texnologiyalari yaratildi va ularni ishlab chiqish yo’lga qo’yildi (Ekdisten, Ayustan, Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan va h.k.); Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida beshta innovatsion ishlanmalar amaliyotga joriy etilmoqda, jumladan, suyuq oltingugurt kislotasi chiqindilarini tozalash va “Kauldi” koni suvini tozalash uchun filtratsion tizim, yangi turdagi changtutgichlar, misni bakteriyalar yordamida ajratish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarida osmiy-187 va boshqa moddalarni aniqlash metodikasi. Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi. Bizga ma’lumki, yerdan uzoq foydalanish natijasida undagi ozuqa elementlari miqdori kamayib boradi. Yerning ozuqa elementlari miqdorini oshirish uchun unga o’g’itlar ko’rinishida moddalar kiritish fikri XVIII asrda paydo bo’lib, bu boradagi dastlabki izlanish va yechimlar 1840 yilda Yu.Libox tomonidan boshlangan. Hozirgi vaqtda o’g’itlar, ularni ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish kimyo fani va sanoatning eng asosiy vazifalaridan biriga aylangan. Xususan, “Maksam-Chirchiq” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash hisobidan karbamid ishlab chiqarish yiliga 270 ming tonnaga yetkazildi. “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi” unitar korxonasining mavjud ishlab chiqarish quvvatlari 20 ming tonnaga ko‘paytirildi. “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida respublikamiz elektrtexnika sanoatini rivojlantirish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnik kremniy ishlab chiqaruvchi yangi “Uz-kor silikon” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Kompaniya korxonalarida mineral o‘g‘itlar, sun’iy tola, polimer materiallar, energetika, kimyo, tog‘-kon sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy rentenglar , o‘simliklarni himoya qilish vositalari, defoliantlar, paxta ekishda qo‘llaniladigan plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Bunda jahon bozorida mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, mamlakatimizdagi mavjud xomashyo resurslariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Fermer xo‘jaliklariga agrokimyo xizmatlarini ko‘rsatadigan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Xususan, mineral va organik o‘g‘itlar ishlab chiqarilib, fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi. 2013-yilda “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda 11 innovatsiya loyihasini amalga oshirish, jumladan, import o‘rnini bosadigan vositalar va preparatlar ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda. O‘tgan davr mobaynida kimyo sanoatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 2012-yilda kompaniya korxonalari tomonidan 1,2 ming tonnadan ziyod azot, fosfor va kaliy mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarildi. Bu 2011-yilning shu davri bilan taqqoslaganda ancha ko‘pdir. Yer shari yuzasining 10% ga yaqin qismiga qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi. Ekin maydonlarining bundan kengaytirishning iloji yo’q. Ammo sayyoramiz aholisi to’xtovsiz o’sib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun hosildorlikni yanada oshirish zarur. Buning eng muhim yo’llaridan biri mineral o’g’itlardan foydalanishdir. O’g’it bu o’simliklar oziqlanishini yashilashga va tuproq unumdorligini oshirishga mo’ljallangan modda. Mineral o’g’it deb, tarkibida o’simlikni rivojllanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlarga aytiladi. O’simlik to’qimalarining hosil bo’lishi, uning o’sishi va rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib, o’simlik quruq massasining 90% ni tashkil etadi; ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib ‘simlik ko’rik massasining 90% ni tashkil etadi; 8-9% ni o’simlik massasini esa azot fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o’nta element makroelementlar deyiladi. Qolgan 1-2% I bor, temir, mis,marganes , rux, molibden, kobalt va boshqalardan iboratdir. Bular o’simliklarga juda kam miqdorda kerak bo’ladi. Shuning uchun ularni mikroelementlar deyiladi.O’simliklar bu elementlardan uglerod, kislorod va vodorodning ko’p qismini havo va suvdan olsa, qolganlarini tuproqdan oladi. O’simlik olgan elementlarining ko’pgina qismi tuproqqa qaytmaydi, hosil bilan olib chiqib ketiladi. Masalan, 1 tonna makkajo’xori 14 kg azot, 2,5 kg fosfor, 3,5 kg kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o’zi bilan birga olib ketadi. Tuproq elementlarining ancha qismi suv bilan yuvilib ketadi va tuproq komponentlari bilan o’zaro ta’sirlashib o’simlik o’zlashtira olmaydigan holatga keladi. Natijada ekiladigan yerlarda o’simlik ozuqasi taqchilligi paydo bo’ladi, tuproq unumdorligi kamayib ketadi. Agar ana shu yo’qotilgan elementlar o’rni tuproqqa o’g’it solish bilan to’dirib turilmasa, hosildorlik keskin kamayib ketadi. Agar O’zbekistonda bu sanoat turlarining keng rivojlanganligini e’tiborga olsak, bu sohalar bo’yicha ishlab chiqarishni hozirgi zamon darajasida tashkil etish va amalga oshirish uchun kimyoviy bilimga ega bo’lgan ko’p sonli yosh mutaxassislar kerak bo’lib, ulardan kimyo va kimyoviy texnologiya asoslarini chuqur egallash talab etiladi. Respublikamizning qator viloyatlaridagi xom ashyo imkoniyatlari kimyo sanoatini rivojlantirish, xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligi sohasida katta talab va ehtiyojga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Respublikamizda azotli o’g’itlar: azotli o'g'itlar tarkibidagi azot turli birikmalar: erkin ammiak, NH4+, NO ionlari va aminoguruh -NH2 shakllarida bo'lishi, qattiq azotli o'g'itlar sifatida ammoniy nitrat, ammoniy sulfat va ammoniy fosfatlari, kalsiy nitrat, natriy nitratlar holida ular asosida olinadigan aralash va murakkab o'g'itlarni shuningdek, suyuq azotli o'g'itlar sifatida suyuq ammiak, aminlar, tuzlarning suvdagi eritmalari, karbamid, ammoniy fosfatlarini ishlab chiqaradi. Azot elementi o’simlik va hayvonot olamining asosi bo’lgan oqsil va hayot uchun zarur xlorofill moddalari tarkibiga kiradi. Azotning tuproqdagi tabiiy birikmalarini o’simlikning azotga bo’lgan ehtiyojini to’la ta’minlay olmaydi. Shu sabab , tuproqni azotli o’g’itlar bilan muntazam ravishda o’g’itlab turish kerak. Azotli o’g’itlardan natriy nitrit NaNO3, kaliy nitrat, kalsiy nitrat Ca(NO3)2, ammoniy nitrat NH4NO3, ammoniy sulfat va mochevina azotning o’zimliklar o’zlashtira oladigan va suvda yaxshi eriydigan birikmalardir. Bular qattiq o’g’itlardir. Azotli suyuq o’g’itlarda azot ko’p bo’ladi. Masalan, suyuq ammiakda 82% azot bor, ammiaklarda (ammoniy tuzlarining ammoniy nitrat, kalsiy nitrat va boshqalarning ammiakdagi eritmalarida 35-45% azot bo’ladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan suyuq o’g’itlar suyuq ammiak, ammiakli suv, ammiakatlar va murakkab suyuq o’g’itlardir. O’g’it ishlab chiqarishda hozirgi kunda: anchagina tonna o’g’itlar tashish jarayonida isrof bo’ladi, shu maqsadda o’g’it tashish bilan bog’liq transportlarni, o’g’itlarni qadoqlash turlarini mukammalashtirish va suyuq o’g’itlarni quvurlar orqali yetkazish usullarini ishlab chiqish; o’g’itlarning sifatini oshirish, ulardagi ozuqa elementlari miqdorini ko’paytirish, oddiy o’g’itlar o’rniga kompleks o’g’itlardan foydalanishni kengaytirish, tarkibida mikroelementlar bilan birgalikda, biostimulyatorlar tutgan turlarini ishlab chiqarish; sekinlik bilan o’zlashtiriladigan va konsentrlangan suyuq fosfatli o’g’itlar ishlab chiqarish bilan ishchi kuchi va iqtisodiy tejamkorlik masalalarini hal qilish. Prolongirlangan (karbamiddiformaldegid) va sirti polimer moddalar bilan kopsuslangan o’g’itlar turini ishlab chiqarish va ko’paytirish; tuproq va o’g’it tarkibidagi azot elementining yo’qolishi (denitrifikasiya) ni ingibitorlar ta’sirida kamaytirtuvchilarni ishlab chiqarish; Polimikroelement azot, fosfor, kaliy, magniy, bor, rux, molibden, marganes, mis) lar saqlagan kompleks o’g’itlar ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat. Respublikamizda o’g’itlar va ularni ishlab chiqarish muammolari bilan O’zabekiston respublikasi fanlar akademiyasi akademigi M.N.Nabiyev (1913-1992) boshchiligida samarador o’g’itlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi va usullarini yaratgan, o’gitlar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi buyuk o’zbek olimlardan biridir. Nabiyev rahbarligida fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta ishlab, yangi kompleks o’g’itlar olishga muvaffaq bo’lindi. Oddiy va ikkilamchi superfosfatlar sifati ancha yaxshilandi. Uning rahbarligida ammoniylashtirish usuli bilan Qoratog’ fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasi ishlab chiqilib, kam zaharli defoliantlar ishlab chiqildi va qishloq xo’jaligiga joriy qilindi. Ayni vaqtda O’zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida M.N.Nabiyev boshchiligida asos solingan yirik bo’limda uning shogirdlari akademiklar S.A To’xtayev, B.M.Belgov, professor Sh.S.Namozov kimyo fanlari doktori A.Erkayev kabi taniqli olimlar va ularning shogirdlari faol izlanishlar olib borishayapti. Ularning izlanishlari samarali Chirchiq Samarqand, Navoiy, Qo’qon mineral o’g’itlar zavodlarida qo’llanilishi tufayli ko’p tonnali mahsulotlar ishlab chiqarilyapti va respublikamiz iqtisodiga salmoqli hissa qo’shilayapti. Viloyatimizdagi qulay investisiyaviy muhit, tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoit chekka hududlarga sanoatni olib kirishda qo’l kelyapti. Buni Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonada faoliyat boshlayotgan yangi ishlab chiqarishlar misolida ko’rish mumkin. Bizga ma’lumki, mamlakatimiz sanoatida “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati ham yetakchi bo’g’inlardan biri hisoblanadi. Bundan salkam 50 yil muqaddam cho’l bag’rilab bunyod etilgan korxona bugun ishlab chiqarayotgan 130 turdagi kimyo mahsulotlarini Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Eron, Pokiston, Turkmaniston va Baltiqbo’yi mamlakatlariga eksport qilmoqda. Mustaqillik yillarida texnik modernisaziya qilish, mahallashtirish dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinishi natijasida faoliyat turlari yanada kengaydi. Ishlab chiqarish sexlari zamonaviy texnologiyalar asosidagi uskunalar bilan jihozlandi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati ham oshdi. O’tgan yili ammiak ishlab chiqarish sexining 1-, 2-qavatlari qayta rekonstruksiya qilindi. Natijada bir sanoatda qishloq xo’jaligi uchun nihoyatda muhim bo’lgan mineral o’g’itning xomashyosi hisoblangan 39 tonna ammiak ishlab chiqarish quvvatiga erishildi. Molеkulyar holdаgi аzot аsosаn аtmosfеrаdа аzot tuproq gumuslаridа vа tirik orgаnizimlаr tаrkibidа tаrqаlgаn. Bizga ma’lumki, o’simlikning ildiz sistеmаsi аzotni ioni vа - ioni shаklidа o’zlashtirаdi. Ulаr tuproqdаgi аzot umumiy miqdorining 1% gа yaqinini tashkil etаdi. O’simliklаr аzotni tuproqqа аsosаn o’simlik bаrglаri vа boshqa qoldiqlаr shаklidа qaytarаdi, ya’ni organik аzot shаklidа. Tuproq аzoti аsosаn gumus shаklidа bo’ladi. O’simlik gumusni o’zlashtirа olmаydi. Аgаr gumusni o’zlashtirа olgаndа edi, аzot o’simliklаrgа uzoq yillаrgаchа yеtаrli bo’lаr edi. Аmmo organik аzot (gumus аzoti) ning mikroorgаnizimlаr tа’siridа minеrаllаnish jаrаyoni judа sust borаdi, shuning uchun ham tuproq minеrаl аzotgа kаmbаg’аl bo’ladi. Gumusning minеrаllаshish sхеmаsi umumiy holda quydаgichа bo’ladi. Organik аzotning аmmiаkа аylаnishi vа аmmoniy brikmаlаri аmmonifikаsiya jаrаyoni dеyilаdi. Bundа diаminlаnish rеаksiyasi nаtijаsidа аmminogruppа аjrаlib chiqadi. Bu jаrаyon tuproqning аmmonifikаsiyalovchi mikroorgаnizimlаri tа’siridа borаdi. Аmmiаk yoki аmmoniy ionlаrining nitrаtgа аylаnish jаrаyoni nitrifikаsiya dеyilаdi. Bu jаrаyon nitrifikаsiyalovchi bаktеriyalаrning hayot fаoliyati nаtijаsidа borаdi.
Аmmonifikаsiya vа nitrifikаsiya nаtijаsidа аzot tuproq tа’siridа yo’qolmаydi. bаlki organik shаkldаn аnorganik (minеrаl) shаklgа o’tadi xolos. Biroq tuproqdаgi аzot bаribir uch oqim bilаn yo’qolаdi, birinchisi mаdаniy o’simliklаr hosilining biomаssаsi tuproq аzoti yo’qolishining eng аsosiy sаbаbchisidir, ikkinchi oqim bu tuproqdаgi minеrаl shаkldаgi аzotning аtmosfеrа yonginlаri vа grunt suvlаri bilаn yuvilib kеtishidir. Uchinchi oqim bu nitrаt shаklidаgi аzotning mikrobiologik yo’l bilаn vа erkin gаchа qaytarilishidir. Bu jаrаyon dеnitrifitkаsiya dеyilаdi. Dеnitrifikаtsiyani dеnitrifikаtsiyalovchi bаktеriyalаr gruppаsi аmаlgа oshirаdi. Yo’qolgаn tuproq аzotini o’rnini to’ldirib turuvchi mаnbа’lаr bir nеchа bo’lib, ulаrdаn аsosiylаri аvvаlo biomаssа qoldiqlаrining organik birikmаlаri. Аhamiyati jiхаtdаn ikkinchi o’rindа аtmosfеrа аzotining dukkаkli bаktеriyalаri o’zlashtirib olishidir. Dukkаk bаktеriyalаrdаn tashqari tuproqdа erkin yashovchi mikroorgаnizimlаr: аzotobаktеriyalаr bir hujayrali zаmburug’lаr vа suv o’tlаri kаbilаr ham аtmosfеrа аzotini o’zlashtirib tuproqqа to’plаydi. Bu mikroorgаnizmlаrning bаrchаsi nitrogеnаzа fеrmеntlаri vа tеmir sаqlovchi oqsil-fеrrеdoksinlаr ishtirokidа аtmosfеrа аzotini qaytarаdi, ya’ni birikmа shаklgа o’tkаzаdi. Bundan sakkiz yil muqaddam korxonada polipropilen qoplar ishlab chiqarish sexi ochildi. Zamonaviy chet el texnologiyasi asosidagi uskunalar o’rnatildi. 2010-yilda uning ikkinchi navbati ham ishga tushurildi. Chiqindisiz texnologiyada “Sho’rtangaz kimyo” majmuasidan polietilen va chet eldan keltiriladigan polipropilen ishlatiladi. Yiliga yigirma million dona qop chiqarish quvvatiga ega bo’lgan sex nafaqat o’z ehtiyojini balki respublikamizdagi boshqa kimyo korxonalarini ham ta’minlaydi. Ayni paytda “Farg’onaazot”, “Maxsam Chirchiq” korxonasi, Dexqonobod kaliy o’g’itlar zavodi Navoiylik kimyogarlarning bu mahsulotlarini xarid qilishadi. Asosiysi, qariyib yuz foiz mahsulotini eksport qiladigan “Maxsam Chirchiq” ning qoplariga shu yerda yorliq bosiladi. “Navoiyazot” ning mineral o’g’itlari ham shu qoplarga qadoqlanib, Gruziya, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Shaharning qaysi burchagida bo’lmang, janubi-sharqiy tomonda joylashgan sanoat korxonalarining ulkan minoralari, bahaybat temir quvurlari ko’zga tashlanadi. Garchi, shahardan ancha chetda bo’lsada, bu yerda yuzlab odamlar mehnat qilmoqda. “Elektrokimyozavod” qo’shma korxonasi yopiq aksionerlik jamiyatining asosiy ishlab chiqarish o’zagi ham shu yerdan boshlanadi. Bir necha gektar maydonni egallagan korxona ishlab chiqarish salohiyati bilan mamlakatimiz sanoatida yetakchi o’rinda turadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining agrar soha va aholini uzluksiz kimyoviy vositalar bilan ta’minlashga qaratilgan qarorlari korxonani xorijiy hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda bu yerda Shvesiyaning “Dalston”, “Germaniyaning BASV, Yaponiyaning “Sumitoma”, Xitoy Xalq Respublikasining “Juy-zin”, Rossiyaning “Avgust” haqida respublikamizning institutlari va Fanlar Akademiyasining tadqiqotlari hamda ishlanmalari o’zlashtirilgan. Qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l hosil olishda ularni zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bu himoya tadbirlari vaqtida o’tkazilmasa, 30 foizgacha hosil yo’qotiladi. Dunyo ekspertlarining ma’lumotlariga qaraganda , birgina zararkunandalardan 203,7 million tonna boshoqli don, 228,4 tonna qand lavlagi, 23,4 million tonna kartoshka, 11,3 million tonna ho’l meva yo’qotilarkan. Shu jihatdan olib qaraganda, koprxona mahsulotlarining agrar sohada nechog’li muhim ahamiyat kasb etishini his etishi mushkul emas. Katoran sexi ham modernizasiya qilinib, yangi uskunalar keltirib o’rnatildi. Bu yerda o’simliklarni himoya qiluvchi o’n turdan ortiq kukun va suyuq holatdagi kimyoviy preparatlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish Davlat dasturi ijrosini ta’minlashga ham alohida etibor berilmoqda. Shu maqsadda korxonada asosiy say-harakat mahalliy xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Asli fozalon ishlab chiqarishga moslashgan sex modernizasiya qilinib, natriy ishqor ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Kaustik soda Qo’ng’rotdan keltirilib, shu yerda ohak bilan aralashtirilib qayta ishlanadi. Bu mahsulot asosan sanoat korxonalari uchun juda muhim. Shu paytgacha chetdan keltirilgan ishqor bugun mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta daromad keltirmoqda.2004-yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi anorganik moddalar texnologiyasi instituti bilan hamkorlikda Qizilqum fosforit kombinati chiqindisidan oddiy superfosfat o’g’iti ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Hozirgi kunda mahsulotning 70% eksportga chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan chiqindilarni qayta ishlab, murakkab mineral o’g’itga aylantirish va qadoqlab, aholiga sotishni yo’lga qo’yilmoqda. Ayni paytda ham korxonaning deyarli barcha viloyatlarda mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan do’konlari faoliyat ko’rsatib kelayotir. Bugungi kunda korxonada asosan o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, mineral o’g’it va xalq istemoli mollerining 50 turdan ko’proq tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, istemolchilarga yetkazib berilmoqda. 2012-yilda korxonada yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 20 milliard 780 million 834 ming so’mni tashkil etdi. Bugun olis manzilni ko’zlagan korxona kelajakning istiqbolli rejalarini belgilab olgan. Mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasi salmog’i kun sayin oshib bormoqda.
Download 31.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling