Kimyo” kafedrasi mustaqil ish ta’lim yoʻnalishi: Kimyo Guruh: 304 Talabaning F. I. Sh: Toxirov Baxrom Mavzu: Atom Malekulyar talimot Doklad tayorlash


Download 330.45 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi330.45 Kb.
#1331471
  1   2   3

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI

KIMYO” KAFEDRASI





MUSTAQIL ISH


Ta’lim yoʻnalishi:_Kimyo
Guruh: 304
Talabaning F.I.Sh: Toxirov Baxrom
Mavzu: Atom Malekulyar talimot


Doklad tayorlash


ATOM MOLEKULYAR TA'LIMOT
R E J A :
1. Kirish
2. Atom-molekulyar ta'limot
3. Molekulyar ta'limot
4. Kimyoning asosiy qonunlari
Kimyo tabiat xakidagi fan bulib, u boshka tabiiyot fanlari (fizika, biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar tugrisida bizga atroflicha ma'lumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ruy beradigan uzgarishlarni va bu uzgarishlar orasidagi boglanishlarni tekshiradi. Kiska kilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda buladigan uzgarishlar xakidagi fandir.
Kimyoviy uzgarishlarda (reaksiyalarda) dastlabki moddalardan, ya'ni xom-ashyodan boshka tarkibga va boshka xossalarga ega bulgan maxsulotlar olinadi. Kimyoviy prosesslarni borishi reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga boglik. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirisha olish kobilyati orasidagi boglanishni urganish katta axamiyatga ega. Biz kimyoviy prosesslarni ma'lum maksad bilan amalga oshiramiz va ularni uzimiz uchun kerakli tomonga yunaltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va xokazo xosalarga ega bulgan moddalar xosil kilishimiz mumkin.
Insonlar bundan bir necha ming yil avvaldanok rudalardan metallar ajratib olishda, metallarni kotishmalarini tayyorlash, shisha pishirish va shunga uxshashlarda kimyoviy xodisalardan keng foydalanib kelganlar. Rus olimi M.V.Lomonosov uzining 1751 yilda nashr etilgan "Ximiyaning foydasi xakida ikki ogiz suz" asarida "Ximiya uz kullarini inson extiyoji bilan boglik bulgan xamma ishlarga chuzmokda. Kayerga karamaylik, kayerga nazar solmaylik, xamma yerda bizning kuz oldimizda ximiyaning tadbik etilishidan kulga kiritilgan yutuklar gavdalanadi" degan edi. Ximiya xalk xujaligining barcha soxalarida keng kullanilmokda.
M.V.Lomonosov 1741 yilda uzining "Matematik kimyo elementlari" nomli asarida atom -molekulyar nazariyani kuyidagicha ta'rifladi:
1) Barcha moddalar "korpuskula"lardan iborat bulib, ular bir-biridan oralik fazo bilan ajralgandir.(Lomonosovning "korpuskula" termini xozirgi molekula ma'nosiga ega);
2) Korpuskulalar tuxtovsiz xarakatda buladi;
3) Korpuskulalar elementlardan tashkil topgan (Lomonosovning element tushunchasi xozirgi atom ma'nosiga ega.) Elementlar xam tuxtovsiz xarakatlanadi;
4) Elementlar anik massaga va ulchamga ega.
5) Oddiy moddalarning korpuskulalari bir xil elementlardan, murakkab moddalarning korpuskulalari turli elementlardan tuzilgan.
M.V.Lomonosovdan keyin yana kariyb yarim asr keyin, ingliz olimi D.Dalton kimyo va fizika soxasida yigilgan tekshirish natijalarini atomistik ta'limot asosida talkin kildi; u atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar konunini yaratdi. U 1808 yilda uzining "Novaya sistema ximicheskoy filosofii" nomli asarida atomistik ta'limotni kuyidagicha tarifladi:
a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikrok zarrachaga bulina olmaydi;
b) Xar kaysi kimyoviy element fakat uziga xos "oddiy" atomlardan tuzilgan bulib, bu atomlar boshka element atomlaridan fark kiladi, xar bir elementning atomi uziga xos ogirlik va ulchamga ega;
v) Kimyoviy reaksiya vaktida turli elementlarning "oddiy" atomlari uzaro anik va uzgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab atomlarni xosil kiladi;
g) Fakat boshka-boshka xossalarga ega bulgan atomlargina uzaro birika oladi, bir elementning atomlari xech kachon uzaro kimyoviy reaksiyaga kirisha olmaydi.Ular fakat bir-biridan itariladi.
Dalton ximiyaning asosiy konunlarini izoxlab berdi. U kimyoviy element tushunchasiga anik ta'rif berdi: "Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir". Undan tashkari Dalton "atom ogirlik" (ya'ni atomning nisbiy ogirligi) tushunchasini kiritdi, vodorodning atom ogirligini shartli ravishda 1 ga teng deb kabul kildi.
Dalton ta'limotida kamchiliklar borligi usha vaktdayok ma'lum buldi. Dalton ta'limoti oddiy moddalarning molekulalari bulishini inkor kildi. M.V.Lomonosov ta'limoti Dalton ta'limotidan afzal bulib chikdi.
Lomonosov ta'limoti turli xossalari atomlar bilan bir katorda bir xil xossali atomlarning xam uzaro birika olishga yul kuyar edi. Molekula bu berilgan moddaning kimyoviy xossalariga ega bulgan eng kichik zarrachadir. Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi.
Atom bu kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachadir. Elementning kimyoviy xossalari uning atomining tuzilishi bilan aniklanadi.
Atom - bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachadir. Kimyoviy element - bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bulgan atomlarning muayyan turidir. Tekshirishlar shuni kursatadiki, tabiatda bitta elementning massasi turli bulgan atomlari mavjud bulishi mumkin. Masalan, xlorning massasi 35 va 37 bulgan atomlari uchraydi. Bu atomlarning yadrolarida protonlar soni bir xil, lekin neytronlar soni xar xil buladi. Elementning yadro zaryadlari bir xil lekin massa sonlari turlicha bulgan atomlar turlari izotoplar deyiladi.
Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalarini shu izotoplarning tarkalganlik darajasi e'tiborga olingan urtacha kiymatiga ega. Masalan tabiy CL ning 75.4% massa soni 35 bulgan izotopdan va 24.6% massa soni 37 bulgan izotopdan iborat; CL ning urtacha atom massasi 35.453
Oddiy moddalar - bular bitta elementning atomlaridan xosil bulgan moddalardir. C, Fe, Na, K, N2, H2. Murakkab moddalar - boshkacha aytganda kimyoviy birikmalar bular turli xil elementlarning atomlaridan xosil bulgan moddalardir. H2O, CO2, Na2O, NaCL, H2SO4, KOH.
Xozirgi tasavvurlarga kura moddalar gaz va bug xolatida molekulalardan tarkib topgan buladi. Molekulyar strukturaga ega bulgan moddalargina kattik (kristall) xolatida xam molekulalardan tarkib topadi. Bularga, masalan, organik moddalar, metallmaslar ayrim istisnolardan tashkari SO2, N2O kiradi.
Kattik (kristall) anorganik moddalarning kupchiligida molekulyar struktura bulmaydi. Ular molekulalardan emas, balki boshka zarrachalardan (ionlardan, atomlardan) tarkib topgan va makrojismlar xolida mavjud buladi (NaCL kristallari, kvars zarrachalari, temir parchasi va boshkalar).
Agar anorganik makrojismlar bitta kimyoviy elementning bir xil atomlaridan tarkib topgan bulsa, u xolda kimyoviy birikmalar buladi.
Molekulyar strukturali moddalarda molekulalar orasidagi kimyoviy boglanish puxtaligi molekula ichidagi atomlar orasidagi boglanishga karaganda bushrok buladi. Shu sababli ularning suyuklanish va kaynash temperaturasi nisbatan past buladi. Nomolekulyar strukturadagi moddalarda zarrachalar orasidagi kimyoviy boglanish juda puxta buladi. Shu sababli ularnig suyuklanish va kaynash temperaturasi xam yukori buladi.
Barcha moddalar molekulalardan tarkib topgan. Molekulalar atomlardan tarkib topgan.
Zarrachalar – molekula va atomlar tuhtovsiz harakatda buladi. Jismlarning issiklik holati ular zarrachalarining harakatlanishi natijasidir.
Oddiy moddalarning molekulalari bir hil atomlardan murakkab moddalarning molekulalari – turli moddalardan tuzilgan.
Molekula – bu berilgan moddaning kimyoviy hossalariga ega bulgan eng kichik zarrachasidir Molekulaning kimyoviy hossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniklanadi.
Atom - bu musbat zaryadlangan atom yadrosi Bilan manfiy zaryadlangan elektronladan tarkib topgan elektrneytral zarrachasidir.
Kimyoviy element- uziga muayyan hossalarni mujassamlashtirgan va kimyoviy usullar bilan boshka oddiy moddaga aylana olmaydigan atomlar turidir.Demak,oddiy moda elementning erkin holda mavjud bulish shaklidir.

Download 330.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling