Kimyo laboratoriyasi jixozlari va laboratoriyada ishlash qoidalari
Download 17.6 Kb. Pdf ko'rish
|
лаборатория коидалари
KIMYO LABORATORIYASI JIXOZLARI VA LABORATORIYADA ISHLASH QOIDALARI 93 – §. Kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari Testni javob variantlarisiz tasavvur etolmaganimizdek☺, kimyo sohasini ham laboratoriyasiz tasavvur etib bo`lmaydi! Barchamizga ma’lumki, laboratoriyada o`ziga xos, ayni bir maqsadni ko`zda tutgan tajribalar olib boriladi. Ushbu tajribalar bekamiko`st, havfsiz, muvoffaqiyatli o`tishi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishimiz kerak bo`ladi. 1. Ish bajarish tartibini puxta o`zlashtirmasdan va tajriba o`tkazish uchun asboblarning to`g`ri yig`ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak. 2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas. Quruq (kukun, granulyar yoki kristall) moddalarni idishdan olishda maxsus kimyoviy qoshiqchalar, kimyoviy qisgichlar yoki shpatellar yordamida olish kerak. Boshqa usullar taqiqlanadi. Suyuq moddalarni idishdan olishda esa turli hil o`lchamdagi maxsus pipetkalar (tomizgich) yordamida olish maqsadga muvofiqdir. Agar moddaning xavflilik darajasi yuqori bo`lmasa, idishdan to`g`rida-to`g`ri boshqa idishga extiyotkorlik bilan quyib olish ham mumkin. Bunda qo`limizda maxsus qo`lqop, egnimizda esa ximoya kiyimi (laboratoriya xalati) bo`lishi kerak. Timur Rustamovich Suyuq moddalarni shisha naychalar orqali og`iz yordamida so`rib olish man etiladi. Aks xolda kimyoviy moddalar organizmga (og`iz bo`shlig`i, nafas yo`llari orqali) tushib, unga zarar yetkazishi mumkin! (Ko`cha tili bilan aytsak, mazzangni qochiradi, o`ynashma bola! deydi-ku…☺) Moddalarning hidini aniqlash uchun burun teshigini idishning og`ziga to`g`ridan- to`g`ri olib borib hidlash man etiladi. Aksincha idishni burundan uzoqda tutib, qo`l bilan yelpib hidlash kerak. Aks xolda kimyoviy moddaning hidi sizni rasmda ko`rsatilgani kabi “nakaut” qilishi mumkin☺, ya’ni organizmingizni zararlashi mumkin. Timur Rustamovich 3. Tajribalarni iloji boricha mo`rili shkafda o`tkazish kerak. Ko`p hollarda laboratoriya ishlarida gaz moddalar ajralib chiqadi. Gaz moddalarning ko`pchilik qismi zaharli bo`lganligi uchun mo`rili shkaf tajribalar uchun eng ma’qul joydir. 4. Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig`ishtirib olish va simob to`kilgan joyga oltingugurt sepish kerak. 5. Natriy metalini kerosin ichida saqlash va ortib qolgan bo`lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim. Ortgan natriy bo`lakchalarini idishga qaytarib solish mumkin emas. 6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan kamida 3 metr uzoqda saqlash kerak. 7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitkich asboblaridan foydalanish lozim. 8. Yong`in chiqqan taqdirda, avvalo, o`t chiqishiga sabab bo`lgan manba o`chiriladi, so`ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanganing yoyilish xavfi bo`lsa o`t o`chirgichdan foydalanish kerak. 9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og`zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo`lishi kerak. 10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko`zoynak taqib olish zarur. 11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas. Aks holda modda tasodifan toshib chiqib yuzingizga tesishi mumkin. Timur Rustamovich 12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo`ylab yoki shisha tayoqcha orqali suvga quyish (aralashtirib turgan holatda) kerak. Aksincha suyultirish mumkin emas, bu xolatda idishdagi eritma qizib ketishi oqibatida idish yorilib ketishi mumkin. (Ayniqsa sulfat kislotani suyultirishda) 13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni rezina pipetka bilan o`lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o`lchab olish lozim. 14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to`kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak. 15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko`rish lozim. Aks holada o`zingizga ma’lum nima bo`lishi☺. Timur Rustamovich 16. Ehtiyotsizlik natijasida kiyim-kechaklarga, ko`zga, teriga zarar va jarohat yetkazish mumkin. Shuning uchun nojo`ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim. 17. Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish, asboblarni o`chirish kerak. 18. Ish joyining doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim. Timur Rustamovich Download 17.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling