Kimyo o’qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari
O'quvchilarning moddalar ishlatilishiga qarab tematik chiqishlar rejasi
Download 139.5 Kb.
|
ksti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kolledj, hunar texnika bilim yurtlarida kimyo.
- Metodik talablar
O'quvchilarning moddalar ishlatilishiga qarab tematik chiqishlar rejasi
7-8 kechki maktablardagi darsning tashkil etish formalari xuddi kunduzgi maktablardagiday, 9-11 sinflardagisi esa institutlardagiday. 7-8 kechki maktablarda ko'pincha suhbat, kamroq lekziya, hamda o'quvchilarning mustaqil ishlari (laboratoriya tajribalar, kitob bilan ishlash, tarqatiladigan materiallar va boshqa ko'rgazmali qurollardan foydalaniladi) 9-11 sinflarda boshqa metodlar: leksiyalar, seminar va amaliy darslar, sinovlar qo'llaniladi. Bunga sabab material ko'p, vaqt ozligidir. Umumlashtirilgan lekziya, qisqa va sxematik shaklda materialni ko'rsatishi mumkin. Lekziyalarda qo'shimcha-seminar darslarni ham o'tqazish kerak, u bilimni chuqurlashtiradi va mukammallashtiradi. Ayrim vaqtda bu darslarda masala va mashqlarni yechish ham kiritiladi. Seminar dars tarkibida uch xil daqiqalar mavjud: o'quvchilarni mustaqil ish vazifasi bilan tanishtirish, o'quv ishini darsda tashkillash, ishning oxirini xulosallash. Kechki maktabda darsni qaytarish dars davomida o'tqaziladi, uy ishi qisqaroq beriladi va uni bajarishda darslik, qo'shimcha adabiyotlardan, konspektdan foydalanish uslublarini o'rgatilishi kerak. Ko'proq konsultatsiyalar o'tqazish orqali bilimi orqada bo'lgan, darsga kelaolmagan o'quvchilarni bilimini oldinlashtirish mumkin. Guruhli konsultatsiyalar umumiy reja bilan bo'ladi, mavzuni o'qituvchi tushuntiradi, umumiy mashqlarni bajaradilar va hokazo. Individual konsultatsiyalar maqsadi va mazmuni bilan farq qiladi:tushungan o'quvchi ayrim nazariy va amaliy savolni yechishni so'raydi, kuchsiz esa butun mavzuni. 10-11 kechki sinflarda yarim yil davomida 9-10 konsul'tatsiyalar rejalashtirilgan, demak darsdan tashqari 4-5 qo'shimcha sinov qismi boyicha konsul'tatsiya o'qituvchi berishi kerak. Darslar oxirida sinov qabul qilinadi. Sirtqi o'qish asosan o'quvchilarning o'zlarining o'qishiga asoslangandir. Bunda individual va gruppali normalari katta ahamiyatga ega. Bunda mustaqil ishga katta e'tibor beriladi. Konsul'tatsiyalar gruppa o'quvchilar soniga bog'liq. Gruppa konsul'taziyasida o'qituvchi murakkab masalalarni yechadi va nazariy ko'rsatmalar, amaliy ko'rsatmalar berib, umumlashtiradi, va har bir etapda uy vazifalarining hajmi va murakkabligini belgilaydi. Kechki maktabda so'rash faqat kontrol' emas balki o'rgatish hamdir. Kechki maktabda quyidagi tekshirishlar:dastlabki, oxirgi sinovlar va kimyodan imtihon. Tekshirish og'zaki va yozma bo'lishi mumkin. Dastlabki tekshirish o'quv boshida bo'ladi u frontal suhbat orqali va yozma tekshirish ishi orqali tekshiriladi. Har darsda avval uy vazifasi, keyin mavzu mustahkamlanadi. Bunda frontal suhbat va ayrim o'quvchilar javobi shaklida o'tqaziladi. Bunda o'quvchilar yangi material tushunishiga tayyorlanadi, yozma ham tekshirish mumkin. Oxirgi tekshirish mavzu o'tgandan keyin bo'ladi va u asosan yozma kontrol tariqasida o'tqaziladi. Sinov haftaning va har chorak oxirida bo'ladi. Kechki maktabda og'zaki-yozma sinovlar o'tqaziladi. Sinovlar yakka holda bajariladi. Maktab kimyo kursi 15 sinov bo'laklariga bo'lingan va har biri baholanadi. Umumiy sinov baho oldingi baholar va kontrol' ishlar asosida qo'yiladi. Sinovning kiritilishi o'quvchilarning mustaqil ishlarini aniqlashda ahamiyati katta. Oxiri kimyodan imtihon o'tqaziladi. Kechki va sirtqi maktablarda kimyo dasturi kunduzgi bo'lim maktablariga xosdir. Bunda ham anorganik, organik kimyo va umumlashtirish mavjud. Kechki maktabda "Muhim anorganik birikmalar asoslari "mavzusiga oz soat berilib birdan o'rganiladi. Kimyoviy sanoat asoslari "Azot va fosfor" mavzusida mujassamlangan. Kechki maktabda demonstratsya va laboratoriya ishlariga eksperimentga bo'lingan. Sirtqi bo'limda darslar kechki bo'limdagiday dastur bilan o'tiladi, faqat sinfdagi darslar 2 marta kamaytirilgan. Sirtqi bo'limda o'quvchilar yakka tartibda ham ishlashi mumkin. Bunda u 7-sinf 2 soat, 8 sinfda 5 soat, 10-11 sinfda 4 soat o'quv darslariga vaqt sarflashi kerak. sirtqi bo'limda umumiy maktab kuni, sinov sessiyasi, yakka tartibda o'qitish normalari mavjuddir. Sirtqi o'quvchilarda sinov kitobchasi bo'lib unga sinov, umumiy yillik imtihon va oxirgi baholar qo'yilishi kerak.
Hamma kolledj, hunar-texnika bilim yurtlari o'rta bilim olishga moslashgan ularda professional bilim ham beriladi. Bu dargohlarda umum maktabdagi fanlar o'tqaziladi shular orasiga kimyo ham kiradi. Bu yerlarda: - o'quvchilar umumtexnik va maxsus fanlar, hunar ta'limini tushunib egallaydilar; - materialni har xil shakllarini umumlashtirib, hunarni o'rganganda va maxsus fanlarni o'qiganda aniqlaydilar -o'quvchilarda maxsus professional mahoratni keltirib chiqishga qaratilgan. Metodik talablar: bilishga asoslanish, fanlar orasidagi bog'liqlik, fanning professional yo'nalishi, nazariy xulosalar va umumlashmalarning amaliy yo'nalishi. Dars davomida: o'quvchilarda kimyo tushunchalari va qonunlarini professional texnik sikl asosida tushuntirish; texnologik jarayonlarni chuqurroq tushuntirish; hunarga yaqin misollar keltirish; laboratoriya tajriba va amaliy ishlarida hunar olishga yaqinlashgan materiallar kiritish kimyo ko'pincha hunar texnika bilim yurtlarida birinchi kursda o'tqazilgan, bunda avval qaytarish keyin mustahkamlash uslubi asos bo'lgan. Ikkinchi kursda kimyo ko'pincha tugatilgan. Bilim yurti yo'nalishiga qarab kimyoga materiallar ham kiritilgan. Agar metall profilli bo'lsa darsda ko'proq metallar, qotishmalar, ularni ishlash va sanoatda qo'llashga e'tibor berilgan. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling