Kimyo o’qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari


O'ZBEKISTON DAVLAT STANDARTI


Download 139.5 Kb.
bet11/13
Sana08.01.2022
Hajmi139.5 Kb.
#243622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ksti

O'ZBEKISTON DAVLAT STANDARTI.

O'zbekiston uzluksiz ta'lim standartlari davlat tizimi, o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi umumta'lim fanlaridan kimyo quyudagi bilimlarni talabalarga etqazishi kerak.



    • kimyoning asosiy qonunlari, atom molekulyar ta'limot moxiyatini bilish;

    • nisbiyu atom va molekulyar massa tushunchalarni bilgan xolda kimyoviy belgilar va formulalar yordamida tenglamalar tuza olishni bilish;

    • massaning saqlanish qonunini, gaz qonunlarini va Mendeleev davriy qonunini bilish;

    • atom tuzilishining yadro modeli, kimyoviy bog'lanish turlari, tuzilish formulalari va valentlikni bilish;

    • kimyoviy rekziyalarning tezligi, tezlikka ta'sir etuvchi omillar, aktivlanish energiyasi, qayutar va qayutmas jarayonlar, kataliz, kimyoviy muvozanat, Le-Shatel'e tamoyuli tushunchalarini bilish;

    • eritmalar, erish jarayonining moxiyati, dissoziaziya, eritma konzentratsiyalarining turlari, suvli eritmalarda vodorod ko'rsatkichi, suvning ion ko'payutmasini bilish;

    • anorganik moddalarning eng muhim sinflari o'rtasidagi bog'lanishlar xaqidagi ma'lumotlarni bilish;

    • oksidlanish-qayutarilish reaksiyalari, ularning tenglamalarini tuzishni bilish, elektrolizning amaliy ahamiyati, qo’llanishini bilish;

    • metallmaslar, azot va kislorod gruppachasi elementlarini, galogenlar, inert gazlar va ularning umumiy xossalarini bilish;

    • metallar, ularning umumiy xossalari, bosh va yon guruxchalardagi ayurim metallarning birikmalari, lantanoidlar va aktinoidlar xaqidagi muxim ma'lumotlar, metallar korroziyasi, suvning qattiqligi, cho'yan, po'lat, shisha va sement olish jarayonlari xaqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish;

    • kimyoviy texnologiyada reaksiya muvozanati va unga ta'sir etuvchi omillarni bilish;

    • organik moddalar kimyoviy tuzilishi nazariyasining moxiyati, moddalar xossalarining tuzilishga bog'liqligini aniq misollar yordamida ko'rsatib bera olish;

    • kimyoviy izomeriya turlari, organik moddalarning asosiyu sinflari xaqidagi ma'lumotlar, organik moddalar nomenklaturasi, organik reaksiyalarning turlarini bilish;

    • to'yingan uglevodorodlar, ularning umumiy xossalari, metan va uning gomologlari, yopiq xalqalar, uglevodorodlar, to'yinmagan uglevodorodlar, ularningning vakillari, etilen olinishi va ishlatilishi, etilenning polimerlanish reaksiyasiga kirishishi, polietilen olish jarayoni, azetilen, uning xossalari, olinishi, ishlatilishini bilish;

    • dien uglevodorodlar, ularning kimyoviy xossalari, tabiy va sintetik kauchuklar olinishi. Aromatik uglevodorodlar, benzol, ularning xossalari, gomologlar. Neft va neftdan maxsulotlar olish kimyoviy jarayuni. Tabiiy gazlar, ularni qayta ishlash kimyoviy jarayonlar maxsulotlari va ulardan foydalanishni bilish;

    • kislorodli organik birikmalar, tuyingan spirtlar, ularning tuzilishi, izomeriyasi, xossalari. Metanol, etanol, ularning olinishi va ishlatilishi, glizerin xossalarini bilish;

    • fenollar, ularning tuzilishi va kimyoviy xossalarini bilish;

    • al'degidlar, formal'degid, ularning olinishi, xossalari, azetal'dagid, polikondensatlash reaksiyalarini bilish;

    • ketonlar, organik kislotalar, ularning eng muxim vakillari, xossalari, olinishi va ishlatilishini bilish;

    • efirlar, murakkab efirlar, eterifikaziya va sovunlanish reaksiyalarini bilish;

    • yog'lar, sovunlar, sintetik yuvish vositalari va ularning olinishiga xos jarayonlarini bilish;

    • uglevodlar, ularning xossalari, mono va disaxaridlar, polisaxaridlar va ularning xossalarini bilish;

    • azotli organik birikmalarning vakillari va ularning xossalarini bilish;

    • aminikislotalar, ularning tuzilishi, umumiy xossalarini bilish;

    • tabiiy va sun'iy kaychuklar, kimyoviy tolalar to'g'risida umumiy tushunchalarga ega bo'lish.



Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling