Kimyo oziq-ovqat korxonalarining moliyaviy ko’rsatgichlari
Reja:
Kirish .
Asosiy qism Korxona moliyasi va uning xususiyatlari .
Korxona moliya resurslar.
Korxona xarajatlarining moliya ko’rsatgichlariga ta’siri. Korxona foydasi.
Korxona foydasi taqsimlanishi . Korxonaning rentabellik ko’rsatgichlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish - Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi urni va ahamiyatiga uz vaqtida A.Smit yuqori baho berib, u insonni "homo economicus" - "iqtisodiy odam" deb atagan. Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne’matlari nimalar evaziga berilishini anglamaguncha, mablag’larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni o’rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma’kul keluvchi sifat va miqdor o’lchamlariga ega bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ri bo’lar edi. Demak, iqtisodiyot ulchamlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va faoliyatining, oqilona xo’jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi.
- Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’navny, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabxasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va boshqa vositalar kerak bo’ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko’ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini bilish, ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xo’jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.
- Bozor iqtisodiyotidagi xar qanday faoliyat mablag’, pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman, moliya haql xo’jaligida pul resurslari bilan bog’langan bo’lib, bunday resurslarni hosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish iste’moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, mahsulot ana shu qiymatlar hissasiga qarab taqsimlanadi. Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari yuzaga keltiriladi. Aholi ijtimoiy himoyasi, atrof-muhitni saqlash, mudofa, davlat boshqaruvi, nomoddiy sohalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlari yuzaga keladi. Shu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o’tilgan tarmoq va sohalarning ehtiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi. Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar hosil bo’lib, ular moliyaviy resursni tashkil etadi. Moliya mahsulot qiymatining taqsimlanishidir. Qiymat taqsimoti mahsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo’lib, u iste’molga atalgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |