Kimyo oziq-ovqat korxonalarining moliyaviy ko’rsatgichlari
Korxonaning xarajatlarini moliyaviy ko’rsatgichlarga ta’siri
Download 0.91 Mb.
|
9.Kimyo oziq-ovqat korxonalarining moliyaviy ko’rsatgichlari
Korxonaning xarajatlarini moliyaviy ko’rsatgichlarga ta’siriIshlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog‘liq. Xarajatlaming asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boMadi. Ishlab chiqarishning jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin. Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni ham amalga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat xarajatlari ham deyiladi. Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlami, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar. Prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yoMlari va choralari» nomli asarida mazkur dasturda belgilangan quyidagi kompleks chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan edi: 1)korxonalarni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish,zamonaviy,moslashuvchan texnologiyalami keng joriy etish; 2)joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘Ilab-quwatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish; 3) elektroenergetika tizimini modemizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish; 4) jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilami qo‘llab-quwatlash. Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo‘Iib, umumiy xarajatlarning 60 - 80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: * xomashyo va materiallar xarajatlari; *texnologik maqsadlar va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg‘i va energiya; * xarid qiiinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar; * sotib olingan qadoqlash va o‘rov materiallari xarajatlari; *mashina va asbob-uskunalami ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar; • boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari; • xizmat davri bir yilgacha bo‘lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati; *tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog‘liq soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar; * ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar; *tabiiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan holda yuzaga keladigan yo‘qotishlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling