Kimyo oziq-ovqat korxonalarining moliyaviy ko’rsatgichlari


Korxona foydasini taqsimlash


Download 0.91 Mb.
bet5/6
Sana18.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1212091
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9.Kimyo oziq-ovqat korxonalarining moliyaviy ko’rsatgichlari

Korxona foydasini taqsimlash

  • Foyda turli, rang-barang ehtiyojlarni qondirar ekan, bozor iqtisodiyoti sharoitida, uning iqtisodiy asoslangan tizimini ishlab chiqish va joriy etish katta ahamiyatga ega. Bu tizimda xo’jalik sub’ektlarning manfaatlari oqilona, bir-biriga muvofiq kelishilgan bo’lishi lozim. Foyda taqsimlashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: - jamiyat (davlat ko’rinishida) oldidagi moliyaviy majburiyatlarni birinchi galda bajarish; - kengaytirilgan ishlab chiqarish ehtiyojlarini maksimal darajada ta’minlash; - ishlovchi xodimlarni moddiy rag’batlantirish; - foydani ijtimoiy-madaniy maqsadlarga ishlatish. O’zbekiston Respublikasi “Korxonalar to’g’risida” dagi Qonunning (18 modda) da “Byudjetga to’lanadigan soliq va boshqa to’lovlardan so’ng qolgan foyda (sof foyda) korxona ixtiyorida qoladi va uni tortib olish man etiladi” deb qayd etilgan. Bozor sharoitida korxona yuqoridagi printsiplarni amalga oshirish yo’llarini o’zi belgilaydi, foydani qaerga, qancha va qancha muddatda sarflashni o’zi xal qiladi, korxonalar faoliyatidagi davlat nazorati soliqlar (ularga tegishli imtiyoz va sanktsiyalar bilan) orqali amalga oshiriladi.

Xulosa

  • Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatidan asosiy maqsad foyda olishdir. Foyda olish degani korxona daromadlari uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlardan ortishini anglatadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda pasaytirib borish foyda olishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xarajatlar majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi. Foyda korxonada turli xil faoliyat orqali olinishi mumkin bo‘lib, uning miqdori ishlab chiqarish omillami bahosi o‘zgarishi (tashqi omillar) yoki ishlab chiqarish xarajatlarini ulardan noratsional foydalanish sababli oshirish (ichki omillar) tufayli o‘zgarib turadi.Biroq foyda mutlaq (absolyut) kattalik sifatida ishlab chiqarish samaradorligini to‘liq tavsiflamaydi. Ishlab chiqarishning barcha omillaridan foydalanish samaradorligini baholashda, rentabellik ko‘rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi. Rentabellik ko‘rsatkichlarining tahlili yuzaga kelgan holatga baho berish hamda moliyaviy barqarorlikni kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilashga imkon yaratadi. Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo’lgan kizikish sezilarli ravishda o’sgan. Gap Shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom-ashyo, material va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, Shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (haridorlaru bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling