Kimyo oziq-ovqat korxonalarining moliyaviy ko’rsatgichlari


Download 0.91 Mb.
bet2/6
Sana18.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1212091
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9.Kimyo oziq-ovqat korxonalarining moliyaviy ko’rsatgichlari

Mikromoliya birlamchi bo’lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashki moliyaviy, pul bilan bog’langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o’zlari taqsimlab, o’zlari ishlatadilar. Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jamoa ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o’z ichiga olsa, tashki aloqalar pul sarmoyalari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo’lgan munosabatlarni o’z moliyalarini shakllantiradilar va tashki moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatidan olingan foyda, korxona sotib olingan bo’lsa, o’z ishchi va xodimlaridan tushgan pul, shuningdek, firma yoki korxona sotgan aktsiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag’lari, davlat subsidiyasi kabilardan tarkib topadi. Korxona, firma moliyasi albatta o’z faoliyati natijasi bo’lib, avvalo u foyda darajasi, bu xo’jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir.

  • Mikromoliya birlamchi bo’lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashki moliyaviy, pul bilan bog’langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o’zlari taqsimlab, o’zlari ishlatadilar. Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jamoa ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o’z ichiga olsa, tashki aloqalar pul sarmoyalari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo’lgan munosabatlarni o’z moliyalarini shakllantiradilar va tashki moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatidan olingan foyda, korxona sotib olingan bo’lsa, o’z ishchi va xodimlaridan tushgan pul, shuningdek, firma yoki korxona sotgan aktsiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag’lari, davlat subsidiyasi kabilardan tarkib topadi. Korxona, firma moliyasi albatta o’z faoliyati natijasi bo’lib, avvalo u foyda darajasi, bu xo’jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir.

Moliya resurslar – bu korxonaga qarashli mablag’lari bo’lib, ular joriy xarajatlar va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlari, moliya majburiyalarni bajarish va xodimlarni iqtisodiy rag’batlantirishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangandirlar. Korxona moliya resurslari o’ziga qarashli shaxsiy va zaem pul mablag’lar evaziga shakllanadi. Moliya resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sis etilgan va uni ustav (aktsioner yoki shirkat) kapitalidan iborat
. Ustav kapitali – bu korxonaning mulqidir. U ta’sischilar ulushi, korxona Nizomi yoki uni tashkil qilish Shartnomasiga binoan belgilangan faoliyatni boshlash uchun zarur bo’lgan kapital miqdori, aktsiya, obligatsiyalar chiqarish, davlat va xususiy investitsiyalar evaziga hosil bo’lib, asosiy va aylanma fondlar qiymatidan iborat hamda korxona balansida boshlang’ich (dastlabki) qiymatlari bo’yicha eks ettiriladi. Korxona moliya resurslari asosan foyda evaziga (asosiy faoliyat yoki boshqa tur faoliyatdan olingan), hamda chiqarilgan mulqni realizatsiyasidan tushgan tushum, turli xil maqsadli to’lovlar, mehnat jamoasi a’zolarining ulush pullari (vznos, paylar), rezerv va boshqa kapitallar, uzoq muddatli zaemlar, korxona oborotidagi kreditorlik qarzlar va hokazo asosida shakllanadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling