Korxona foydasi - Ishlab chiqarish sarflari, mehnat va moddiy resurslar iste’mol hajmlari, texnika darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqa faktorlar (omillar) asosida ko’payishi yoki kamayishi mumkin, ammo boshqaruvchi o’tkir, bilimli bo’lsa, sarflarni kamaytirish yo’llarini qo’llab, boshqarishni to’g’ri olib boradi. Korxona, firma faoliyatining natijasi (yakuni) mahsulot sotilgandan so’ng hosil bo’lgan tushim (QQS va aktsizsiz) va mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xarajatlar ayirmasiga teng. Sanoat korxonalarning ishini tavsiflovchi muxim sifat ko’rstkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muxim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda quydagi vazifalarni bajaradi: ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so’ngi moliyaviy natijani ifodalaydi; turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi; xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o’ynaydi; ilmiy-texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Foyda sanoat tarmoq va korxonaning xamma ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko’rsatgichdir. Bu erda yalpi daromad va yalpi foyda tushunchalarni farq qilish lozim.
Yalpi daromad – korxona yoki firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini yakunlovchi ko’rsatkich bo’lib, yalpi tushum va mahsulotni ishlab chiqarish va sotilishiga ketgan sarf xarajatlar (ish haqidan tashkari) ayirmasiga teng. Yalpi tushum – bu tovar mahsulot, ishlar, xizmat va moddiy ne’matlarni xaqiqiy sotilgan narxlari bo’yicha realizatsiyasidan kelib tushgan mablag’larning to’la yig’indisi. Yalpi foyda – yalpi daromadning qismi bo’lib, korxona mahsulot, asosiy fondlar va boshqa mulqini sotish natijasida hosil bo’lgan va ushbu jarayonlar sarf xarajatlar miqdoriga kamaygan mablag’. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyidagi foyda ko’rsatkichlari qo’llaniladi: Mahsulot sotishdan tushgan yalpi foyda – maxsulotni sotishdan olingan sof tushum va maxsulot tannarxining ayirmasidir : Fya=St –T/N St – maxsulot sotishdan olingan sof tushum, (so’m) T/N – mahsulotning ishlab chiqarish sarflari, ya’ni tannarxi (so’m). St=Yat-A-QQS Yat – yalpi tushum (so’m), - Yalpi daromad – korxona yoki firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini yakunlovchi ko’rsatkich bo’lib, yalpi tushum va mahsulotni ishlab chiqarish va sotilishiga ketgan sarf xarajatlar (ish haqidan tashkari) ayirmasiga teng. Yalpi tushum – bu tovar mahsulot, ishlar, xizmat va moddiy ne’matlarni xaqiqiy sotilgan narxlari bo’yicha realizatsiyasidan kelib tushgan mablag’larning to’la yig’indisi. Yalpi foyda – yalpi daromadning qismi bo’lib, korxona mahsulot, asosiy fondlar va boshqa mulqini sotish natijasida hosil bo’lgan va ushbu jarayonlar sarf xarajatlar miqdoriga kamaygan mablag’. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyidagi foyda ko’rsatkichlari qo’llaniladi: Mahsulot sotishdan tushgan yalpi foyda – maxsulotni sotishdan olingan sof tushum va maxsulot tannarxining ayirmasidir : Fya=St –T/N St – maxsulot sotishdan olingan sof tushum, (so’m) T/N – mahsulotning ishlab chiqarish sarflari, ya’ni tannarxi (so’m). St=Yat-A-QQS Yat – yalpi tushum (so’m),
- A –aktsiz solig’i (ayrim maxsulotlarga belgilangan) QQS- qo’shimcha qiymat solig’i(barcha maxsulotlarga belgilangan,20%).
Do'stlaringiz bilan baham: |