Moddiy ishlab chiqarish - moddiy shakildagi mahsulotlarni , masalan, oziq – ovqat, kiyim – kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xizmatlar ko’rsatish. Masalan, yuk tashish , yo’l xizmati ko’rsatish, ishlab chiqarish axborotini uzatish va hokozolar. Mazkur sohaga sanoat , transport, aloqa, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi.
Nomoddiy ishlab chiqarish –moddiy shaklga ega bo’lmasada , aholi uchun zarur xizmatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur sohaga jismoniy tarbiya, sport, bilim berish, ma’daniy – maishiy va tibiiy xizmat ko’rsatish kabilar kiradi.
II. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
Ishlab chiqarishni (modiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, albatt hudud shart – sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni to’g’ri tanlay bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonunyatlarini asoslashga imkon beradi.Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik o’rin, ekalogik omil, bozor iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilg’I, suv, iqlim) , ijtimoiy (mehnat resurslari, istemolchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport) omillar e’tiborga olinadi. Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog’ini hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda qaysi bir omil yetakchi ekanligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi;
Bu yerda K – ishlab chiqarish koyeffitsiyenti ; O – mazkur korxona yoki umuman ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishga ta’sir etuvchi omil; M – mahsulot birligi.
Ushbu formula yordamida ma’lum bir mahsulot birligini hosil qiluvchi barcha omillar alohida – alohida hisoblab chiqiladi ( masalan, bir tonna shaker olish uchun qancha xom ashyo, ya’ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektro energiya yoki mehnat sarflanadi) . Qaysi omil bo’yicha yirik son chiqsa , odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo’ladi va u mazkur ishlab chiqarish tamog’ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o’taydi. Shuni alohida qayd etish lozimki, malum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik ‘’ tarmoqchalar’ uchun bittagina omil tegishli bo’lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog’iga kiruvchi ba’zi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |