Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishni, hatto transportni , qishloq xo’jaligini eletr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o’ziga xos xususyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg’arib omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak. Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga ahamyat beriladi. Arzon elektr quvvati GESlardan olinadi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko’mir, mazut yoki gaz sarflanadi. Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya; 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po’latdan bir necha marta yengil va chidamli) 40-50 ming kVt/ soat , misni tozalash, temir qotishmalarni ishlab chiqarish, elektr pechlarida po’lat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming k Vt/soat atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi.
I.2 Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
O’rta osiyoda yagona bo’lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi alyuminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyga qurilgan. Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o’z atrofiga omil sifatida ‘’yig’ar’’ ekan . Shu sababli , u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o’zlashtirish uchun ham kerak . Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug’oriladi.Elektr quvvati Norak – Tursunzoda (Regar) – G’uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning o’zida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESI qurilmoqda.
Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa, kimyo, yog’och, selluloza, metallurgiya zavodlarining faolyatiga sezilarli ta’sir qildi. Jumladan, cho’yan erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak. Suv va iqlim sharoitlarni boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga olinadi Qishloq xo’jaligi uchun bu omilning ahamiyati katta. Chunonchi, O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonda an’anaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun’iy sug’orish asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |