Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


 Gazsimon xom ashyolarni boyitish


Download 65.99 Kb.
bet11/12
Sana30.01.2024
Hajmi65.99 Kb.
#1808811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

3.5 Gazsimon xom ashyolarni boyitish. 
Gazsimon aralashmalar quyidagi usullar yordamida ajaratiladi:
1)
Ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash (sekinlik bilan xaroratni
pasaytirib, bosimni esa oshirib borish orqali gazlarni suyuq holga o`tqazish).
2)
Suyultirilgan
gazlar
aralashmasini
ketma-ketlik
bilan
bug`lantirish yoki rektifikatsiyalash.
3)
Absorbtsiyalash va desorbtsiyalash.
4)
Adsorbtsiyalash va desorbtsiyalash.
Ketma-ketlik
bilan
kondensatsiyalash
usuli
gazlar
aralashmasi
komponentlarining suyuqlanish xaroratlari har xilligiga asoslangan. Bu usul bilan
qattiq yoqilg`ilarni kokslashda (foydalaniladi). Hosil bo`luvchi uchinchi
mahsulotlarni, tabiiy gazni, neftni qayta ishlashda hosil bo`lgan gazlar qayta
ishlanadi. Keng qo`llaniladigan usullardan biri absorbtsion – desorbtsion usuldir. Bu
usulda gaz aralashmasi tarkibidagi komponentlardan biri sovuq yo erituvchida
tanlab yuttiriladi. So`ngra absorbtsiyalangan gaz eritmani qizdirish yo`li bilan ajratib
olinadi. Absorbtsion – desorbtsion qurilma sxemasi 9-rasmda berilgan. Bunda
absorblovchi suyuqlik avval absorberni sug`oradi, unga qarama – qarshi oqimda esa,
ostdan
gazlar
aralashmasi
kiritiladi.
Absorbtsiyalagan
suyuqlik
issiq
almashtirgichga oqib o`tadi va ancha issiq desorberning teppasidan sachratiladi.
Undan gaz ajralib chiqqach desorberdan erituvchi avval issiq almashtirgich orqali
o`tib sovuydi. So`ngra sovutgich orqali sovub, yana absorberga keladi. Shunday
qilib, erituvchi suyuqlik ketma-ket bir necha marta aylanadi (tsirkulyatsiyalanadi).
Bu usulda gazlarni etanolamining suvdagi eritmasidan foydalanib, H
2
S, CO
2
, SO
2
lardan tozalanadi. Masalan, rangli metallurgiya gazlaridan SO
2
ni ajratib olishda,
koks gazlaridan xom benzolni, turli uglevodorodlarni ajratib olishda va boshqalar.
Adsorbtsion – desorbtsion usulda aralashmalar qattiq adsorbentga yuttirib
ajratiladi. Bu usul absorbtsion – desorbtsion usuldan adsorbentning agregat holati
bilan farq qiladi.





Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling