Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Xom ashyo, sanoatda qayta


Download 65.99 Kb.
bet2/12
Sana30.01.2024
Hajmi65.99 Kb.
#1808811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

Xom ashyo, sanoatda qayta 
ishlovdan o`tmagan tabiiy moddalardir.
Biror – bir ishlab chiqarish uchun xom ashyo, yarim fabrikat, oraliq 
mahsulot, yarim mahsulot (asosiy material) qo`shimcha mahsulot va 
ikkilamchi ashyolar, dastlabki ashyo bo`lishi mumkin
. Yarim fabrikat bu tabiiy
xom ashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida olingan materialdir. Oraliq
mahsulot deb, xom ashyo yoki yarim fabrikatdan olingan individual moddalarga
aytiladi. Qaysiki, u ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun
dastlabki ashyo bo`lib xizmat qilishi mumkin. Qo`shimcha mahsulot deb korxonada
ishlab chiqarish jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo`shimcha reaksiyalar
natijasida hosil bo`lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi
xom ashyo deb, o`z xizmat muddatini o`tab bo`lgan narsalarga va materiallarni –
sanoatda ishlov berganda hosil bo`ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u


chiqindilarni sanoatda qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy


foydalidir. Tayyor mahsulot deb xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida amalda
foydalanish uchun korxonadan jo`natiladigan moddalar yoki materiallarga aytiladi.
Chiqindi deb, texnologik taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini
topmagan tashlandiq moddalar yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo`lishlar,
albatta, nisbiydir. Masalan, nitrat kislota, shu kislotani ishlab chiqarish
korxonasining tayyor mahsuloti bo`lsa, o`g`it ishlab chiqarish korxonasining esa
dastlabki ashyosi hisoblanadi.
Xom ashyo turlari va sinflanishi.
Kimyo sanoatining xom ashyosi turli belgilariga
ko‘ra sinflarga:
-
kelib chiqishiga ko‘ra:
tabiiy (minerallar, o‘simliklar va hayvonlar) va sun’iy
(koks, sanoat gazlari, sun’iy tolalar va hokazo);
-
agregat holatiga ko‘ra:
qattiq (minerallar,rudalar, ko‘mir, yog‘och); suyuq (suv,
neft, tuz eritmalari); gazsimon(havo va gazlar);
-
kimyoviy tarkibiga ko‘ra: organik va noorganik
-
ishlatilishiga ko‘ra:
ozuqali va texnikaviy turlarga bo‘linadi.
-
Manbasiga ko’ra:
tiklanadigan va tiklanmaydigan


Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling