Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari
Download 65.99 Kb.
|
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrostatikli boyitish
Ho`l usulda boyitish
, asosan, suv oqimida tindirgich sistemalari, shag`al yuvgichlar, gidravlik saralagich, kontsentratsion stol, cho`ktiruvchi mashinalar va gidrotsiklonlar yordamida olib boriladi. Cho`ktiruvchi mashinalarda boyitish, eski usullardan biri bo`lib, temir rudalari, toshko`mir, qalay, volframli va boshqa rudalarni, oltin, kumush, platina, olmos, saqlovchi qumlarni boyitishda keng qo`llaniladi. Ho`l usulda boyituvchi cho`ktirish mashinasining sxemasi 5-rasmda berilgan. Maydalangan material aralashgichi bo`lgan bakda suv bilan aralashtirilib pulpa (qattiq materialning suyuqlikdagi kontsentrlangan aralashmasiga pulpa deyiladi) hosil qilinadi. Pulpa vertikal to`siqlar bilan to`silib uch cho`ktirish bo`lmasiga ajratilgan tindirgichga quyiladi. Eng katta va og`ir zarrachalar tez cho`kkanligi uchun birinchi bo`lmaga cho`kadi, o`rtachasi ikkinchi va yengil zarrachalar uchinchi bo`lmachaga cho`kadi. Nihoyat, eng yengil va mayda zarrachalar suv bilan tindirgichdan chiqib ketadi. Bo`lmalar sonini ko`paytirish bilan xoxlagancha fraktsiyalarga ajratib olish mumkin. Elektromagnitlik boyitish usuli paromagnitli yoki ferromagnitli ashyolarni diamagnitli materiallardan ajratishda qo`llaniladi. Masalan: magnit temirtosh (Fe 3 O 4 ), xromitli temirtosh (Fe • Cr 2 O 3 ) va boshqa magnitga tortiluvchi minerallarni bekorchi jinslardan ajratishda. Elektromagnitli separator 6-rasmda berilgan. Xom ashyolarni maydalashdan oldin unga aralashib qolgan po`lat siniqlarini ajratish uchun ham foydalaniladi. Aks holda, maydalagichlarga tushib qolsa, ularni sindirishi mumkin. Elektrostatikli boyitish usuli materiallarni turlicha elektr o`tkazuvchanligidan foydalanib ajratishga asoslangan. Masalan, temir kolchedoni bilan mis kolchedoni (xalkopirit – CuFeS 2 ), qo`rg`oshin yaltirog`i, tugma metallar saqlovchi rudalarni dielektrik jinslardan, masalan ohaktosh, gips, qum, silikat va boshqalardan ajratishda foydalaniladi. Uning ishlash printsipi ham elektromagnitli separatorga o`xshaydi. Ammo elektrostatik separatorlarga magnit o`rniga elektrod o`rnatilgan bo`ladi va elektrod manfiy qutbi bilan toq to`g`rilagichga ulangan bo`ladi. Elektrni yaxshi o`tkazuvchi zarrachalar manfiy zaryadlanib bunkerdan itariladi va boshqa yig`gichga tushadi. Dielektriklar esa bunkerga tushadi. Download 65.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling