Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Download 65.99 Kb.
bet7/12
Sana30.01.2024
Hajmi65.99 Kb.
#1808811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

Navlarga ajratish.
Xom ashyo zarrachalarining katta kichikligiga qarab
fraktsiyaga ajratiladi. Hamda boyitiladi. Agar xom ashyo qattiqligi turlicha bo`lgan
minerallardan iborat bo`lsa, yumshoqlari juda maydalnib ketadi. Qattig`i esa
yirikroq bo`laklarga bo`linadi. U elakdan o`tkazilgandan so`ng yiriklari maydasidan
ajratiladi, navlarga ajratiladi va bir yo`la xom ashyo ham boyiydi. Masalan, fosforid
va appatit rudalar bekorcha jinslardan shunday yo`l bilan ajratiladi. Qattiq xom
ashyolar zarrachalarining katta – kichikligiga qarab g`alvirdan o`tkazish yo`li bilan
navlarga ajratiladi. G`alvirlar yassi yoki tsilindrsimon bo`lishi mumkin. Navlarga
ajratishni intensivlash uchun g`alvir aylanishi, tebranishi, titrashi kerak. Maydalngan
xom ashyoni bir necha fraktsiyalarga, navlarga ajratish uchun, u teshiklarining
kattaligi turlicha bo`lgani bir necha g`alvirda elanadi yoki teshiklarining kattaligi har
xil bo`lgan bir necha sektsiya – bo`lmalardan iborat tsilindrsimon g`alvirlardan
(baraban g`alvir) o`tkazib elanadi. (3-rasm)
Gravitatsion boyitish
massasi, kattaligi va zichligi turlicha bo`lgan
zarrachalarning suv yoki gaz oqimida og`irlik kuchi ta’sirida yoki markazdan
qochma kuch ta’sirida har xil tezliklarda pastga tushishiga asoslangan. Xom ashyo
suvda erisa yoki buzilsa quruq usulda foydalaniladi. Quruq gravitatsion usulda
boyitish havo oqimida cho`ktirish orqali yoki separetor mashinalarda olib boriladi.
Havo separatorining tuzilishi 4-rasmda berilgan. U ikki: ichki va tashqi konusdan



xom ashyoni changitib to`kuvchi qurilma hamda, havoni aylantiruvchi moslamadan


qurilgan. Maydalangan kuknsimon ashyo aylanuvchi tarelk yordamida ichki konus
ichiga sochilib turadi. Mayda zarrachalar havo oqimi bilan yuqoriga ko`tariladi va
tashqi konusga tushib, uning ostki qismidan chiqadi, yirikroq zarrachalari esa ichki
konusning ostiga cho`kib maxsus quvur orqali chiqadi.

Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling