Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Mineral xom ashyolar o`z navbatida rudali, rudasiz va organik yoki


Download 65.99 Kb.
bet3/12
Sana30.01.2024
Hajmi65.99 Kb.
#1808811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

Mineral xom ashyolar o`z navbatida rudali, rudasiz va organik yoki 
yonuvchi xom ashyolarga bo`linadi
. Rudali minerallar to`g`ridan to`g`ri ruda deb
ataladi. Ruda deb, tarkibida metall oqlovchi tog` jinslari yoki boshqa mineral
birikmalarga aytiladi. Ulardan metallar ajratib olinadi. Metallar ruda tarkibida
asosan oksidlar va sulfidlar shaklida bo`ladilar. Ruda tarkibidagi asosiy komponent
– metalldan tashqari har doim begona aralashmalar ham ushlaydi. Ishlab chiqarishda
foydalanilmaydigan begona aralashmalarni chiqindi, ba’zan “bekorcha jism” deb
ataladi. Tarkibida ajratib olishga yetarli miqdorda bir necha metall saqlovchi
rudalarga polimetall rudalar deyiladi. O`zbekistondagi rangli metall rudalari
(masalan: mis-ruxli, qo`rg`oshin – rux - kumushli) asosan polimetall rudalardir.
Rudasiz minerallar deb, metalmas moddalar olinadigan (masalan: fosfor, xlor,
oltingugurt, o`g`itlar, soda, ishqorlar, kislotalar, tsement, shisha va boshqalar) yoki
bevosita kimyoviy ishlov berilmay foydalaniladigan tog` jinslari yoki minerallarga
aytiladi. Rudasiz qazilmalar ishlatish sohasiga qarab shartli ravishda to`rt gruppaga
bo`linadi:
a) Qurilish materiallari. (tuproq, qum, shag`al, qurilish toshlari,
g`isht,keramika va boshqalar)
b) Industrial ashyolar, kimyoviy qayta ishlanmay foydalaniladi. (slyuda,
asbest, grafit, magnezit, korund va boshqalar)
v) kimyoviy mineral ashyolar, kimyoviy ishlov berilib, yoki to`g`ridan –
to`g`ri foydalaniladi. (oltingugurt, fosfor, apatit, silvinit, toshtuz va boshqa ko`pgina
tuzlar)
g) qimmatbaho, yarim qimmatbaho va ishlov berib tayyorlanadigan, ashyolar,
qaysikim, mexanik ishlov berilgandan so`ng foydalaniladi. (olmos, yoqut, zumrad,
qahrabo, malaxit, feruza, yashma, marmar va boshqalar).
Organik yoki yonuvchi ashyolar uchga: qazilma, o`simlik va hayvon xom 
ashyolariga bo`linadi.
Qazilma organik yoki yonuvchi xom ashyolar (torf, slanets,



ko`mir, neft, tabiiy va yo`ldosh gazlar) energiya manbai sifatida hamda, qimmatbaho


kimyoviy ashyo sifatida ishlatiladi.
O`simlik va hayvon xom ashyolari qishloq xo`jalik, o`rmon xo`jaligi va
baliqchilik xo`jaliklarining mahsulotlari hisoblanadi.

Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling