Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari


Download 235.5 Kb.
bet6/9
Sana29.01.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1138794
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Muxlisa kurs ishi

O’quvchi eksperimenti - mustaqil ish turi bo’lib hisoblanadi. Shu usul bilan o’quvchi o’zidagi bilim ko’nikma malakalar darajasini ham sinab ko’radi.
O’quvchi eksperimenti maqsadi, uni kelgusi mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. O’quvchi eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy mashg’ulotlarga bo’linadi.
Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi.
Laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o’rganish bo’lib hisoblanadi.
O’quvchi eksperimenti quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

  1. Tajribani maqsadini tushuntirish;

  2. Moddalarni o’rganish;

  3. Priborni yig’ish yoki tayyorlashdan foydalana bilish;

  4. Tajribani bajarish;

  5. Natijalar tahlili va xulosalar chiqarish;

  6. Olingan natijalarni izohlash va kimyoviy tenglamalar tuzish.

  7. Hisobot yoza olish.

O’quvchi o’z oldiga qo’ygan muammoning yechimini tushunib yetishi kerak.
Kimyo fanidan o’quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa holda amalga oshadi. Laboratoriya mashg’ulot joylari oldindan o’quvchiga ajratib qo’yiladi.
Laboratoriya tajribalari yangi material mazmunini tushuntirish jarayonida olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar - ma’lum mavzular o’rganilgach, ularning oxirida olingan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, konspektlash hamda ko’nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kimyodan amaliy mashg’ulotlar- o’quvchi va talabalarning bilim ko’nikmalarini shakllantirishning asosiy omilidir. Amaliy mashg’ulotlarda ko’nikma va malakalar shakllanishiga katta e’tibor beradi. Amaliy mashg’ulot VII sinfdan boshlab o’tkazila boshlaydi. Har bir amaliy mashg’ulotni o’tkazishda reaktiv, pribor va kimyoviy asbob-uskunalar bilan ishlashning texnik qoidalari, muomila qilish ko’nikmalariga alohida ahamiyat berish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi. Amaliy mashg’ulotlar ikki xil ko’rinishda bo’ladi: berilgan instruksiya asosida o’tkaziladigan mashg’ulotlar va eksperimental masalalar yechish bilan bog’liq tajribalar.
Instruksiya - berilgan yo’l - yo’riq asosida o’tkaziladigan tajribalar. Unda tajribaning har bir bosqichi yozma holda berilgan bo’ladi. Ular darslikda yozilgan holda mavjud.
Eksperimental masalalar - instruksiya berilmasdan masala sharti beriladi. Shu shartga asosan o’quvchi ijodiy ravishda mustaqil ish bajaradi. Eksperimental masala yechishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, kerakli reaktiv priborlar stolga qo’yiladi.
Tajribalar yakunida maxsus daftarga hisobotlar yoziladi. Hisobotlar kimyo xonasida saqlanadi.
Hisobot shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) sinf. 2) o’quvchi f va i. 3) fan. 4) ishning mavzusi. 5) tajribaning nomi. 6) tajribaning maqsadi. 7) bajarish tartibi. 8) pribor chizmasi va kuzatish xulosalari. 9) xulosa va reaksiya tenglamalari.
O’qitish metodiga qo’yiladigan talablar: Normal tashkil qilingan ta’lim- tarbiya jarayoni biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi.
Har bir metod o’quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, talabalarning saviyasiga va tayyorgarligiga, maktabning (kimyo laboratoriyasi bor-yo’qligiga) qarab tanlanadi.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling