Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari
Monologik va dialogik nutqning ahamiyati
Download 235.5 Kb.
|
Umarova Muxlisa kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialogik nutq
2.3. Monologik va dialogik nutqning ahamiyati
Og’zaki nutqiy muloqatga o’rgatish tinglab tushunish va gapirish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda gapiruvchi axborot berish jarayonida nutqiy muloqatni amalga oshirsa, tinglovchi esa uni tinglash va tushunib olish orqali nutqiy muloqatni amalga oshiradi. Suxbat davomida gapiruvchi bilan tinglovchi rollari almashib turiladi. Og’zaki nutqiy muloqat bir tomonga yo’naltirilgan bo’lishi ham mumkin. Bunda birinchi shaxs faqat gapiradi, ikkinchi shaxs va qolganlari faqat tinglaydi Monologik nutq gapirishning shakli bo’lib, bir so’zlovchi tamonidan amalga oshiriladi. U ma’ruza usulida radio orqali ham berilishi mumkin.Monologik nutq tayyorlangan va tayyorlanmagan holda uchraydi.Biz boshlang’ich bosqichda tayyorlangan monologik nutqdan foydalanamiz.Tayyorlanmagan monologik nutq yuqori sinflar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Monologik nutq turlari: 1. Hikoya 2. Ta’riflash 3. Tasvirlash 4. Muhokama 5. Ma’ruza Monologik nutqning quyidagi lingvistik qiyinchiliklari xususiyatlari ham muhim o’rin tutadi, ular tasirini ko’rsatadi 1.Talaffuzi qiyin so’zlarning ishlatilishi. 2. Gaplarning kitob uslubiga mansubligi. 3. Nutqni bayon qilishga bog’liqlik bo’lishi. Dialogik nutq og’zaki nutqning bir turi bo’lib ikki yoki undan ortiq shahslarning suhbati asosida quriladi. Dialogik nutqning ham o’ziga hos hususiyatlari, qiyinchiliklari bor.O’qituvchi uni hisobga olishi zarur. Dialogik nutqning hususiyatlari quyidagilar: - 1.Dialog tezda javob qaytarish zaruriyatidir. - 2.Dialogda 2ta so’zlovchi ishtirok etadi. - 3.Dialog faqatgina savol-javobdan tashkil topmaydi. - 4. Har bir so’zlovchi o’z maqsadini ko’zlaydi -5. Dialogda qatnashuvchilar oldindan uning mazmunini bilishlari qiyin - 6. Dialogda qatnashuvchilar bir-birini sharoitlarini, vaziyatlarini , xususiyatlarini bilgan taqdirda dialog davom etadi . - 7. Dialogda qatnashuvchilardan biri dialogga yetakchilik qilishi zarur . 8. Dialog ta’sirchan , qiziqtiradigan mavzuda bo’lishi, kimgadir , nimagadir qaratilshi zarur. 9. Dialog nutq vaziyatida bo’ladi. So’zlovchilarning nutq vaziyati hisobga olinadi. 10. Dialogda gap qistirish, luqma tashlash, vosita, tayanch, sharoit, nutq vaziyati , vositalar muhim o’rin tutadi . XULOSA Mazkur kurs ishi Kimyo o’qitishda dialogik va monologik metodlardan foydalanish deb nomlanadi. Kurs ishini yozish davomida men Kimyo o’qitish metodikasiga oid turli adabiyotlar, internet ma’lumotlari bilan tanishdim. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosalarda iborat. Ilova sifatida monologik va dialogik usullar, ularning turlari ta’riflari bayon etilgan. Har bir reja to’liq yoritilishiga ahamiyat berdim. Kimyo o’qitishning monologik metodi va uning turli shakllarda bo’lishi to’g’risida ma’lumotlar berildi. Dialogik usuli amaliy mashg’ulot, seminarlar, suhbatlar shaklida bo’lishi va ular mazmuniga qo’yiladigan talablar bayon etilgan. Kimyo o’qitishning turli metodlari to’g’risida, ularning darslarda qo’llashning ahamiyati o’rganildi. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling