Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari


Download 235.5 Kb.
bet5/9
Sana29.01.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1138794
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Muxlisa kurs ishi

Ta’lim metodi – o’qituvchi va o’quvchining ta’lim mazmunini o’zlashtirishga qaratilgan o’zaro aloqador, ma’lum ketma-ketlikdagi faoliyat tizimidir.

\


2.2. Kimyo o’qitishning monologik va dialogic metodlari
Kimyo o’qituvchisidan o’quv materialini o’zi bayon etishi, talabalarni ham mustaqil ishlashga o’rgatish talab etiladi. Shu talabga asosan kimyo o’qitishning metodlari 2 ga bo’linadi:


1. bayon etish metodlari.(monologik va diologik metodlar)
2. mustaqil ishlash metodlari.
Maktablarda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar:
1. O’qituvchining o’quv materialini bayon etish metodlariga, bunda so’zlab berish, ma’ruza, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalar va ko’rsatmali o’qitishning boshqa vositalaridan foydalanish
Monologik metodlar- so’zlab berish, ma’ruzalarga, bo’linib, o’quv materiali mazmunini o’qituvchining o’zi tushintiradi. Bu metodda o’quvchilar faktlar, eksprement orqali kuzatib o’rganadilar: fandagi ma’lum bilimlar atrof muhit himoyasi, element va moddalarning sodir bo’lishi tarzida ko’rgazmali holda ifodalanadi.
Tushuntirish metodi qo’llanganda o’quvchilarga nazariy bilimlar mohiyati ochib beriladi. Moddalar massasining saqlanish qonuni atom - molekulyar nuqtai - nazaridan tushuntirilganda yoki elementlar xossalarining davriy ravishda takrorlanish kabi holatlar tushintirilganda tushunchalar ketma - ket ochilib umumlashtiriladi.
Ma’ruza - metodi ancha vaqt olinadigan monoton metod bo’lib hisoblanadi. Maktab ma’ruzasi 30 minutdan ko’proq vaqtni olib asosan yuqori sinf o’quvchilari va talabalar uchun qo’lay.
Monologik metodda o’qituvchi o’zining nutqi ravonligiga katta e’tibor beradi.
O’qituvchi nutq ravonligi, sofligi, mazmunli holda materialni izohlash bilan o’quvchilar diqqatini o’ziga torta bilishi kerak.
Dialogik metodlar- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo’lib o’qituvchi va o’quvchi orasida bog’lanishli nutq tarzida olib boriladi.
Suhbat - bu o’quvchi va o’qituvchi orasidagi diolog bo’lib hisoblanadi.
O’qituvchining savollariga o’quvchi javob beradi yoki aksincha. Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya tarzida seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari ularning tuzilishiga bog’liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o’rganilsa, o’quvchilarda tafakkur qirralari o’sib tayanch bilimlarni qo’llash orqali rivojlanish bo’ladi. Bu metod ko’proq yuqori sinflarda olib boriladi.
2. Mustaqil ishlash metodlari- laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash.
Kimyo o’qitishda ko’rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o’quv predmetining o’ziga xos xususiyati ham shu nazariy mazmunning bir vaqtning o’zida mavhum holda emas, isbotiy bo’lishi bilan ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o’qituvchi, laborant yoki talaba ko’rsatib turishi va o’qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o’quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko’nikma va malakalar rivojlanmaganda o’qituvchi o’zi yoki laborant o’tkazadi. Demonstrasion tajribalar ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi.
Masalan, CO 2 bilan o’t o’chirishni ko’rsatish;
Ko’rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o’quvchilar hammasi ko’ra olsin. Ko’rgazmalilikdan kadoskop dan unumli foydalanish lozim.
O’quvchilarga ko’rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo’lishi shart. O’tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izohlab borish lozim.
Tajribalar o’tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. Tajribaning maqsadini qo’ya bilish: o’quvchilar nima sababdan tajriba o’tkazilishini tushinishi kerak.

  2. Tajribalar o’tkazilayotgan priborlarning chizmalarini chizish; sharoitni belgilash, (reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.)

  3. O’quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo’layapti-yu, natija nima bo’ladi anglab yetish)

  4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi, o’qituvchining so’zi bilan amalga oshadi. Ular:

  1. Tajribaning o’zidan bilimlar paydo bo’lishi.

  2. O’qituvchining so’zi izohlari kuzatishini to’ldirib borishi.

O’qituvchi o’qitish jarayonida o’quv - ko’rsazmali vositalardan foydalanishi
bu holat kimyo ta’limi sifatida ijobiy ta’sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo’llanmalari va hokazolar.
Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o’chirmaslik kerak.
-Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o’quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Bu faoliyatda o’qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat kasb etadi. O’quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko’rinishlarda bo’ladi. Ularning turlari ham har xil. M: O’quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari amaliy mashg’ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o’quvchilarning yangi bilim egallash ko’nikma va malakalar shakllanishidagi, fanni o’rganishdagi eng muhim sohasi bo’lib hisoblanadi.
Olingan bilim, ko’nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq etilsa samarali bo’ladi. Mustaqil ishlar o’quvchilarga ta’lim- tarbiya berish, rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
O’quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko’nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling