Kimyo tarixi


Download 1.01 Mb.
bet112/117
Sana07.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1083149
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

163. Yatrokimyoviy maktab namoyandalarining oxirgi vakillaridan biri Silviy shog’irdi … hisoblanadi.
1. Otto Taxeniy 2. Robert Boyl 3. Van Gelmont 4.Anjela Sala
164. Qaysi olim mineral moddalar kimyosiga o’z e’tiborini qaratadi va bi­rinchi bo’lib tuzlarning hosil bo’lishi kislota bilan ishqorlarning o’zaro ta’siri natijasidir deb o’rgatadi.
1. Otto Taxeniy 2. Robert Boyl 3. Van Gelmont 4.Anjela Sala
165. Yatrokimyoviy maktab namoyandalarining oxirgi vakillaridan biri Otto Taxeniyning kimyo ravnaqidagi ishlarini ko’rsating.
1. Kimyo amaliyotida minerallarning tarkibiy qismini aniqlash uchun ayrim reaktivlarii kiritdi, miqdoriy tahlil tajribalarini amalga oshirdi. Barcha asarlari faqat tibbiy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa ham, u analitik kimyoning asoschilaridan biridir.
2. Tibbiyot sohasida ishlagan professor bo’lsa ham, bu olim fizikaviy atomistik ta’limotni rivojlantirdi. Bu nazariya eritmalar hosil bo’lishi va sublimatlash kabi kimyoviy jarayonlarni tushuntirish uchun qo’l keldi.
3. Van Gelmontning me’da shirasi kislotali xossalari va fermentlar haqidagi ta’limotini rivojlantirdi.
4. O’z zamonasining ilg’or kimyogari sifatida kimyoviy hodisalarni tushuntirishda rasional yo’llardan foydalandi, kuporoslardan va oltingugurtni yoqish usuli bilan olinadigan "oltingugurt spirti" ("spiritus vitrioli")ning har ikkisi bir narsa ekanligini isbotladi. Selitradan nitrat kislotasi olish mohiyatini tushuntirib berdi.
166. Qaysi olim "Men tabobatni va kimyoni yaxshi bilganim uchun o’zimni yatroximik hisoblayman", - der aytardi?
1. Teofrast Bombast fon Gogengeym 2. Andreas Libaviy
3. Daniil Zennert 4. Fransua Deleboe Silviy.
167. Qaysi olim umri davomida alkimyo bilan shug’ullangan otasining vrachlik faoliyatini tanqid qiladi?
1. Teofrast Bombast fon Gogengeym 2. Andreas Libaviy
3. Daniil Zennert 4. Fransua Deleboe Silviy.
168. Birinchi ma’ruzasidayoq Galen va Ibn Sinoning asarlarini yoqib tashlagan va "... tibbiyotda mening boshmog’imning poshnasi ulardan ko’proq bilimga ega",- deb, o’zining bilim darajasi bu olimlarnikidan chandon ortiq deb kerilgan olimni ko’rsating.
1. Teofrast Bombast fon Gogengeym 2. Andreas Libaviy
3. Daniil Zennert 4. Fransua Deleboe Silviy.
169. Qaysi olim xudbinligi, balandparvoz gaplari va injiqliklari bilan professor-o’qituvchilar bilangina emas, hatto shahar sudyalari bilan urishib chiqadi, oqibatda maqtanchoqligi va birovlarni mensimasligi uchun ishdan haydaladi?
1. Teofrast Bombast fon Gogengeym 2. Andreas Libaviy
3. Daniil Zennert 4. Fransua Deleboe Silviy
170. Yatrokimyo davri … asrdan … asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi. Bu davrda kimyo bilan tibbiyot yaqinlashdi.
1. XVI, XVII 2. VI, IX 3. XV, XVIII 4. XVI, XIX
171. O’z zamonasi olimlari orasida qaysi olim birinchi bo’lib kimyoviy reaksiyalar jarayonida ajralib chiqadigan bug’larni o’rgana boshladi va ularning havodan ayrim jihatlari bilan farq qilishiga o’z e’tiborini qaratdi?
1. Van Gelmont 2. Robert Boyl 3. Paratsels 4. Otto fon Gerike
172. Dastlab 1638-yilda havo zichligini aniqlagan … ham materiya va o’zining ma’lum massasi va zichligiga ega deb hisoblaydi?
1. G. Galiley 2. E. Torrichelli 3. Van Gelmont 4. O.Gerike
173. 1643-yilda italiyalik fizik …. (1608-1647-yy.) havoning o’z bosimi borligini aniqladi, buning natijasida barometr ixtiro qilindi?
1. Evandjelista Torrichelli 2. Galileo Galiley 3. Edn Mariott 4. Otto Gerike
174. Bu olim havoning hayotda zarurligini quyidagicha ta’riflaydi: "Tirik jonzotning hayotidek havosiz joyda lampa ham o’chib qoladi". Olimni aniqlang.
1. Robert Boyl 2. Galileo Galiley 3. Edn Mariott 4. fon Gerike
175. Van Gelmont o’simliklar va hayvonot dunyosi materiallarini olov ta’sirida hosil bo’ladigan real element deb nimani hisoblaydi?
1. Suv 2. Kislota 3. Ishqor 4. Havo
176. Makmillan va Abelsonning kuzatishlari shuni ko’rsatdiki, neptuniy xossalari bilan reniyga o’xshamasdan ko’proq …ga o’hshaydi.
1. Uran 2. Toriy 3. Berilliy 4.Palladiy

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling