Kimyo tarixi
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi, 10 minut Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar
- Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: 5.1. Flogiston nazariyasining amaliy ahamiyati bormi Bu haqida sizning fikrlaringiz qanday Flogiston nazariyasi.
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi (Kimyo tarixi, 52-72-bet). 5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi. |
O’qituvchi, 10 minut |
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Flogiston nazariyasining paydo bo’lish va yoyilish sabablari, uning ilmiy bo’lmagan soxta nazariya ekanligi.
2. A.L.Lavuazеning antiflogistik ta’limoti.
3. A.L.Lavuazеning ilmiy faoliyati va kimyo tarixidagi o’rni.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
5.1. Flogiston nazariyasining amaliy ahamiyati bormi? Bu haqida sizning fikrlaringiz qanday?
Flogiston nazariyasi. Yevropa davlatlarida XVII asr fani va uning rasionalizmi eksperimental natijalarga asoslangan yirik kashfiyotlarga olib keldi. Har xil ilmiy jamiyatlar va fanlar akademiyalarining tashkil topishi kimyo fanining taraqqiyotiga muhim omil bo’ldi. XVII asr boshlarida tezda faoliyatini to’xtatgan bo’lsa ham Rimda ziyraklar akademiyasi (Accademia dei lincei), 1652-yilda Germaniya tabiatshunoslarining Leopoldina akademiyasi tashkil topdi va hozirgacha faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 1657-yilda Florensiyada tajriba akademiyasi (Accademia del Cimanta) tuzildi, 1662-yili Londonda qirollik jamiyati (Royl Society), ya’ni ingliz FA, 1666-yili Parij FA shakllandi.
XVII asr falsafasining qayta shakllanishi tabiatshunoslarga ham ijobiy ta’sir etdi. Ingliz faylasufi Frensis Bekon Verulamskiy (1561-1626-yy.) ning o’rgatishicha, ilmiy tadqiqotning asosiy yo’li va rivoji avvaldan puxta rejalashtirilgan asosiy eksperimental ishlarni yo’lga qo’yishdir.
Analitik geometriyaning asoschisi, faylasuf Rene Dekart (1596-1650-yy.) barcha jismlar har xil shakl va o’lchamlardagi mayda zarrachalardan tarkib topgan, ularning orasida “juda siyrak materiya” mavjud deydi. Shu bilan birga, Dekartning fikricha, korpuskulalar (corpuskula - mayda zarracha) ham yaxlit materiyadan iborat iborat bo’lib, ular bo’linishi mumkin. Korpuskulalar tuzilishini o’rganishda P.Gassendi (1592-1655-yy.) Epikur atomistikasi bilan diniy tushunchalarni uyg’unlashtirib qo’shib yuboradi, ammo atomlar va ular orasida bo’shliqlar mavjudligini tan oladi. Birikmalar hosil qiluvchi atomlar guruhini u molekula (molek - massa, yig’indi degani) deb ataydi. Yevropada tabiatshunoslikning korpuskulyar nazariyasi vujudga keldi, ammo bu davrda kimyoning sezilarli rivojlanishi kuzatilmadi. Hamon fizik va matematik fanlar usullariga nisbatan kimyoviy taraqqiyot sekin davom etardi, chunki hali bu fanlarning yutuqlarini kimyoga tadbiq qilish olimlar orasida qabul qilinmagan va insoniyat bunga tayyor emasdi.
XVII asrda manufakturalar rivoji, yangi sanoat korxonalari, ayniqsa metallurgiya uchun ko’p yoqilg’i kerak edi. Yevropada barcha o’rmonlar kesildi va yoqib tugatildi, endi yangi yoqilg’i manbalarini qidirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi ko’ndalang bo’ldi. 1698-yilda birinchi bug’ mashinasi ingliz injeneri Tomas Severi (1650-1715-yy.) tomonidan yasaldi. Bug’ mashinalarida olovning bunday g’ayrioddiy qo’llanilishi kimyogarlarda juda katta qiziqish uyg’otdi. Nega bir xil jismlar yonadi, ayrimlari yonmaydi? Boshqa tomondan metallurglar metallarni ma’danlardan qaytarish usuli bilan ajratib olish jarayonlarini izohlab berishni kimyogarlardan talab qilishardi. Shu paytda olimlar metallar yoqilganda o’ladi, ohak (lotincha - calx) yoki tuproqqa aylanadi deb hisoblashardi. Shuning uchun ham metallarning kuydirilishi kalsinatsiyalash deyilardi.
XVII asrda yonish jarayonining mexanizmi juda dolzarb bo’ldi va olimlar diqqatini jalb etdi. Kimyogar Jan Rey (1583-1645-yy.) metallarning kalsinatsiyalanishida og’irlashuv sababi havoning quyuqlashib, pechdagi issiqlik ta’sirida kichkina zarrachalar yopishadi deb tushuntiradi, ammo uning bu ilg’or fikri faqat 150 yildan keyingina munosib baholandi. Bu borada bir qator olimlar o’z fikrlarini ham izohlashdi. Ularning ilg’or fikrlari, metallarning yonilg’i va kalsinatsilanishi haqidagi ilmiy yangiliklari, elementlar haqidagi R. Boyl ishlari XVIII asr boshida olimlar tomonidan tan olinmadi va o’z rivojini topmadi.
Ana shunday tushunmovchilik davrida flogiston nazariyasi vujudga keldi. Metallarning kalsinatsilanishi uzoq vaqt kuzatilgach, pirovard natijada qo’rga o’xshagan birikma hosil bo’lishiga e’tibor berdilar. Bundan tashqari metallar kuydirilganda ayrim gazsimon moddalar ajralib chiqadi, bu uchuvchan moddalar tabiati tushunarli emasdi. Uglerod yonganda “o’rmon gazi” hosil bo’lishini Van Gelmont ilgari aytgani bilan unga ham e’tiborsizlik bilan qarashdi. Flogiston nazariyasining asoschilari sifatida kimyogar-vrachlar Iogann Ioaxim Bexer (1635-1682-yy.) va uning izdoshi bo’lgan G.Shtal (1659-1734-yy.) hisoblanadi. Universitetini tugatib professor ilmiy darajasigacha yetgan bo’lsa ham, Bexerning ilmiy -dunyoqarashi juda qoloq va g’aliz edi. 1667- yilda yozgan “Yer osti fizikasi” asarida murakkab jismlarning dastlabki tarkibiy qismlari haqida gapirib, barcha anorganik o’simlik va tirik organizmlar tuproq va suvdan iborat deb hisoblaydi. Bexer tuproqni uch xil deb qabul qiladi: “birinchi tuproq” - suyuqlanadigan toshsimon modda, “ikkinchi tuproq”- yog’simon yonadigan, “uchinchisi”- uchuvchan deb hisoblaydi. Jismlarning yonuvchanligini ulardagi yog’simon ikkinchi tuproq yoki oltingugurt borligi bilan tushuntiradi. Metallar og’irligining ortishi sababini “olovsimon materiya” metall bilan birikadi, deb o’rgatadi. Ana shunday g’aliz tushuncha va chalkashliklardan iborat bo’lgan Bexerning fikrlari G.Shtal tomonidan flogiston nazariyasini yaratishda asos qilib olindi.
Georg Ernest Shtal Galledagi Vittenberg universitetining tibbiyot professori bo’lgan va kimyodan dars berardi. 1717-yilda Berlinga ko’chib o’tgan olim Prussiya FA a’zoligiga saylanadi. 1723-yili Berlinda o’zining asosiy ilmiy asari – “Dogmatik va eksperimental kimyo” asarini yozib tugatadi. Alkimyogarlarning dastlabki tarkibini moddalarning elementar unsurlardan tarkib topuvchi qismlari deb qabul qiladi. Barcha yonuvchi moddalarning “yonish prinsipi”ni tushuntirish uchun fanga flogiston (yunoncha - yonuvchi, olov degani) iborasini kiritadi. Bexerdan farq qilib, “yonish prinsipi”ni “yog’simon tuproq” emas, balki nozik gazsimon materiya, vaznsiz tutqich bermas - flogiston belgilashini uqtiradi. Shunday bo’lsa ham, Shtal o’zining flogistoni Aristotelning olovi emasligini ta’kidlayli. Yonish jarayonida yonuvchi moddadan ajralgan flogiston quyunga o’xshagan modda hosil qiladi va havo bilan qo’shilib ketadi deydi. Uni havodan ajratib olish mumkin emas. Havo tarkibidagi flogiston o’simliklar tomonidan ajratib olinadi, uni iste’mol qilgan boshqa tirik organizmlar flogistonni qabul qiladi. Flogiston faqat boshqa moddalar bilan bog’langan bo’lgani uchun uning o’zini o’rganish mumkin emas. Shtal moddalarning rangi, hidi va boshqa xossalari flogiston bilan belgilanadi deydi.
Metallarning oksidlanish-qaytarilish xossalarini tushuntirish Shtal uchun kislorod nazariyasining oyog’ini osmonga qo’yish bilan barobar bo’lib chiqdi. Flogiston nazariyasiga ko’ra kalsinatsiyalash:
Metall - flogiston = metall ohagi (oksidi)
Kislorod nazariyasiga ko’ra:
Metall + kislorod = metall oksidi
Shunday qilib bu nazariyaga ko’ra flogistonni manfiy kislorod deb hisoblash mumkin. Ko’rinib turibdiki, flogiston nazariyasi ayrim xato va kamchiliklardan iborat fikrlarga asoslangan, Shtalning o’zi ham flogistonni konkret real jism emas, abstrakt, mavhum tushuncha sifatida qabul qilgan.
Barcha mavjud kamchiliklariga qaramasdan flogiston nazariyasi kimyo rivojida avval ijobiy xizmat ko’rsatgan bo’lsa ham, keyinchalik ko’p to’sqinliklar qildi. Ayrim tarixchilar XVIII asr oxiridagi kimyo fanining rivojlanishini shu nazariya yutug’i deb sanashadi, aslida esa bu rivojlanishning bosh omillarini boshqa manbalardan qidirish kerak. Sanoat miqyosida ishlab chiqarishning keng ko’lamli o’sishi, Angliyadagi texnokrat revolyutsion taraqqiyot, Fransiyadagi ijtimoiy jarayonlar ko’pgina kimyoviy texnologiyalarning to’xtovsiz yechimini hal etdi. Xom ashyo, yangi ma’danlar, energiya manbalarini qidirish kabi hayotiy ehtiyojlar yangi kimyoviy tahlil usullarini talab qilardi. XVIII asr o’rtalaridan boshlab uzoq davom etgan kimyoviy tahlil davri XVIII asr kimyodagi revolyustion taraqqiyotning bosh omili bo’ldi.
Bu davrda flogiston nazariyasini bir qator olimlar qabul qilishmadi. Galle universiteti professori F.Gofman (1660-1742-yy.) kasbdoshi Shtalga metall ohaklarining ayrimlarida “nordon tuz” borligi uchun e’tiroz bildirdi. Golland olimi G.Burgavening (1668-1738-yy.) asosiy xizmati shundaki, 1732-yili 2 tomlik “Kimyo elementlari” asarini yozadi. Bu kitobdan Moskva universiteti talabalarining bir necha avlodi foydalangan. Muallif asarida olov, havo, suv va tuproq haqida batafsil to’xtaladi, ammo alkimyogarlarning notog’ri fikrlarini tahlil qiladi, flogiston nazariyasi haqida hatto eslatib ham o’tmaydi.
XVII asr boshlaridan kimyoviy moyillik haqida yangi tasavvurlar vujudga keldi. Chunonchi, bu haqida fransuz kimyogari E.F.Joffrua (1672-1731-yy.) tuzgan “Moyillik jadvali” asari o’zining tuzlar tarkibiga kuchli kislota va asoslar ta’sir etib, kuchsiz kislota va asoslarning siqib chiqarishini kuzatgan eksperimental ishlari asosida yozilgan edi.
Download 1.01 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling