4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
|
O’qituvchi,
15 minut
|
5
|
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi (Kimyo tarixi, 5-14-bet).
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
|
O’qituvchi,
10 minut
|
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
Noorganik kimyoning yangi bosqichga ko’tarilishi.
XX asrda kvant mexanika va kvant kimyo.
Koordinatsion birikmalar va kimyoviy bog’ nazariyalarining yaratilishi.
Struktura nazariyasi va stеrеokimyo.
Valеntlikning hozirgi zamon nazariyasi.
Kimyoviy sintеz va uning yutuqlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Kvant mexanikasi va kimyosi. Sifat va miqdoriy tahlil. Elektrokimyoviy va termokimyoviy usullar. Spektral-optik usullar. Fizik-kimyoviy tadqiqot usullari (UB, IQ, EPR-, YaMR-spektroskopiyasi, mass-spektrometriya, nishonlangan atomlar usuli, magnit kimyosi, aktivatsion tahlil usuli). Koordinasion birikmalar nazariyasi. A. Verner nazariyasi. Ichki va tashqi sferalar. Kimyoviy tuzilish. Trans-ta’sir qonuni. Ligand. Markaziy atom. Kompleks birikmalar zaryadi. Verner-Miolati qatori, kompleks birikmalarning elektr o’tkazuvchanligi.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
8.1. Kimyo fani atom modelining kvant-mexanik nazariy jihatdan tushuntiradigan fundamental tadqiqotga asoslanadi. Ammo hozirgi zamon kimyo fani aniq ilmiy yo’nalish bo’lib, o’zining muammolarini yecha olishi uchun yana bir zaruriy omil bor. Sizningcha bu omil nima?
8.2. XIX asr oxiriga kelib kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishiga doir nazariyalar orasida qarama - qarshi faktlar to’plandi. Bu faktlar qaysilar edi va siz ularni tahlil qila olasizmi?
8.3. XX asrning ilmiy taraqqiyotida, shuningdek kimyoda ham alohida fanlarning integrallanishi kuchaydi. Bular qaysi fanlar? Buning asosiy sabab va omillarini qiyosiy tavsiflang.
8.4. Murakkab tuzilishga ega birikmalarning nozik molekulyar strukturasini isbotlash qaysi muammolarning yechimi bo’la oladi? Misollar bilan izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |