Kimyo tarixi
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’p asosli kislotalar nazariyasi.
- Gomologlar haqida ta’limot.
Metalepsiya hodisasi. Metalepsiya termini o’rin olish, almashiiish degan ma’nolarni anglatadi. 1834-yilda Dyuma etanolga xlor ta’sir etib xloral (C2H3Cl3O) olindi, ammo buni tezda hech kim e’tirof etmadi. Bu Berseliusning elektrokimyoviy nazariyasiga qarama-qarshi edi, vodorod o’rniga xlorning almashinishi mumkinligi hali hech kimning xayoliga kelmas edi. 1838- yilda Dyuma CH3COOH dan CCl3COH oldi va uning fizik xossalaridagi ayrim o’zgarishlarini aniqladi. 1842-yilga kelib Melzens teskari reaksiyani amalga oshirdi, ya’ni trixlorsirka kislotasidan oddiy sirka kislotasini sintez qildi.
Ko’p asosli kislotalar nazariyasi. XIX asr 30-yillarigacha kislotalar - metallmas oksidi, asoslar- metall oksidi, tuzlar esa kislota va asos birikmasi deb qarashar edi. Bu reaksiyalarda suvning roliga hech kim ahamiyat bermagan edi. 1838-yili Libix "Organik kislotalar haqida" asarida kislotalar bir-, ikki-, uch asosli bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi. Libix kislotalarning kislorodli nazariyasiga qarshi vodorod nazariyasi barcha kislotalarni xossalariga ko’ra birlashtiradi, deb aniqlik kiritdi. Izomeriya. Dastlabki tahlillar organik moddalar tarkibi ularning kimyoviy xossalarini belgilashini ko’rsatdi. Moddalarning xossasi ikki xil bo’lsa, ularning tarkibi ham boshqacha ekan degan xulosaga kelindi. 1817-yilda aniqlangan faktlar bu qoidaga bo’ysunmay qoldi. 1830-yilda esa Berselius uzum kislota va vino kislotalarning tarkibi bir xil, ammo xossalari farq qilishini isbotladi. Bu hodisa moddalarda atomlarning turlicha bog’lanishi mumkinligi haqidagi fikr tug’ilishiga olib keldi. Buni Berselius shu yili izomeriya deb e’lon qildi. Moddalar bir xil sifat va miqdoriy tarkibga ega, ammo molekulyar massalari har xil bo’lishi ham mumkin ekan. Bularga polimerlar deyildi. Gomologlar haqida ta’limot. 1840-yildarda gomologlar haqida, moddalar xossalarining bir qatorda o’zgarishi fanga kiritildi. 1842 yili nemis olimi Ya. Til spirtlarning gomologik qatorini aniqladi va ularning farqini (CH2, u davrda uglerodning atom massasi 12 emas, 6 deb qabul qilingan edi) deb hisobladi. Uning fikricha har bir CH2 guruhi spirtlarning qaynash haroratini 18°C ga oshiradi deb hisobladi. 1844-45-yillarda gomologiya barcha organik moddalar uchun umumiy qonuniyat ekanligini Jerar aniqladi. "Jerarning organik moddalarni sinflashi fanda juda katta ta’sir etdi. Keyingi barcha tizimlarga gomologik qatorlar kirdi", deydi nemis olimi A. Kekule (1829-1896- yy.). 1858-yili A. Kekule gomologik qatorning matematik formulasini chiqardi: N(4-2)+2=2n+2 ya’ni, molekulada har bir uglerod atomi qo’shilganda uning valentligi ikki birlikka oshadi va barcha vodorod atomlarining soni 2n+2 bo’ladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling