Kimyo tarixi
-savol bo’yicha dars maqsadi
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- savol bayoni: XX asr kimyosining birinchi belgisi shuki
- Hozirgi zamon kimyosining ikkinchi asosiy belgisi
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga kvant mexanika va kvant kimyo taraqqiyoti, valеntlikning hozirgi zamon nazariyasi haqida ma’lumot berish, sifat va miqdoriy tahliliy usullar bilan tanishtirish, bilim va malakasini oshirish.
Identiv o’quv maqsadlari: 8.1.1. Yangi zamon kimyosining asosiy belgilarini o’zlashtiradi; 8.1.2. Zamonaviy fizik va fizik-kimyoviy tadqiqot usullari haqida tushunchaga ega bo’ladi; 8.1.3. Sendvichlar, klatratlar, kompleks birikmalar to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi. 1- savol bayoni: XX asr kimyosining birinchi belgisi shuki, kimyo fani atom modelining kvant-mexanik nazariy jihatdan tushuntiradigan fundamental tadqiqotga asoslanadi. Faqat shu nazariyaning tadbig’i kimyoviy elementlar xossalarining atomdagi yadro zaryadi oshishi natijasida davriy o’zgarishini tushuntiradi. Kvant kimyosining keyingi bosqich rivoji kimyoviy bog’ mexanizmini tushuntirishga imkoniyat yaratdi. Kimyoviy element va birikmalarning reaksion qobiliyati va ularning miqdoriy xarakteristikasiga asos solindi. Shuning uchuy ham hozirgi zamon kimyo fani aniq ilmiy yo’nalish bo’lib, o’zining muammolarini fizikaviy-matematik apparatga ega bo’lmasdan turib yecha olmaydi. Kimyo fani nazariy asosining yaratilishi uning amaliy imkoniyatlarini rivojlantirdi va sintezni ilmiy bashorat qilinishiga olib keldi, ya’ni yangi birikma va moddalar, obrazli qilib aytilganda, nazariyotchi-olimning perosi uchida tug’iladi. Hozirgi zamon kimyosining ikkinchi asosiy belgisi - xossalari oldindan aniqlangan yangi moddalar yaratish imkoniyatining tug’ilishidir. Albatta, ilgari ham olimlar ma’lum xususiyatli moddalar sinteziga e’tiborlarini qaratishgan edi. Ammo XX asrning ilmiy tadqiqotlarida EHMning qo’llanishi butunlay yangi sifat darajasidagi imkoniyatlar yaratdi. Sizlarga ma’lumki uzoq yillar davomida kimyoning asosiy vazifasi minerallar tarkibini tahlil qilishdan iborat edi. Bunda kimyo o’zining eng birinchi muhim vazifasi - moddalar tarkibini o’rganish masalasini hal qiladi. Zamonaviy kimyo fanining muhim metodolik asosi kimyoviy bilishning klassik "uchburchakligi" (tarkib - tuzilish - xossa)ning uzviy bog’likligini o’rganishdir. Sifat va miqdoriy tahliliy usullar XIX asrda yaratilgan bo’lib, ular XIX asrda elektrokimyoviy va termokimyoviy (fizik kimyo tarmoqlari) usullari bilan boyidilar. Ammo bularning barchasi XX asrda kimyo taraqqiyotiga progressiv o’rin egallash imkoniyatini bermadi. XIX asr oxirlariga kelib kimyoviy tadqiqotlarni amalga oshirishda fizika fani o’zining spektral-optik usulini qo’llab yangi revolyusion bosqich yaratdi. XX asrdagi kimyo fani keskin yuksalishining asosiy omillaridan biri zamonaviy fizik va fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining yaratilishidir. Yuqori mukamallikka ega bu usullarga misol qilib rentgenospektral va rentgenofaz tahlil, rentgenostrukturaviy tahlil (RSA). UB-, IQ-, radio-, EPR-, YaMP - spektroskopiyasi, mass-spektrometriya, belgilangan atomlar usuli va aktivasion tahlil, magnitkimyoni ko’rsatishimiz mumkin. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling