Kimyo tarixi
XX asr kimyosining eng muhim beshinchi belgisi
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asr kimyosining oltinchi asosiy belgisi
XX asr kimyosining eng muhim beshinchi belgisi - uning boshqa tabiiy fanlar bilan hamkorligidir - bir qator dolzarb va yangi kashfiyotlar bir necha fan chegarasida olinmoqda va ularning to’g’riligi o’z isbotini topayapti. Buning mohiyatini tushunish uchun fizikaviy kimyo fani va vazifalarini to’g’ri tasavvur etishimiz lozim. Fizik kimyo fanlarning birinchi yirik gibridlanish jarayonin aks etuvchi aniq fan hisoblanadi. Bizning davrimizda fizik kimyodan boshqacharoq kimyoviy fizika yo’nalishi ham e’tirof etiladi. Bu alohida fan yutuqlari 1930-yili nemis olimi E. Arnold (1884-1950-yy.) tomonidan e’tirof etildi. Hozirgi davrda fizik kimyo va kimyoviy fizika o’zaro ancha qo’shilib ketdi. XX asrning ilmiy taraqqiyotida, shuningdek kimyoda ham alohida fanlarning integrallanishi kuchaydi. (biokimyo, geokimyo, ularning yangi gibridi biogeokimyo, kosmik kimyo va hokazo).
XX asr kimyosining oltinchi asosiy belgisi - integrallanish bilan birga kimyo fanining usullari va tadqiqot obyektlariga ko’ra uning differensillanishi ham kuchaydi. Kimyoviy toza moddalarning sun’iy olinish usullari XX asr boshida (1900-yil) M. Plank kvant nazariyasiga asos soladi, energiya kvantlari haqida tushuncha kiritdi. Ipatyev V.N. (1867-1952-yy.) geterogen kataliz jarayonida yuqori bosimni (400-500 va undan katta atmosfera bosimi) qo’lladi, 1901 yilda V.F. Ostvald (1853-1932- yy.) Gamburgda kataliz haqida ma’ruza bilan chiqib, katalizatorning vazifasini aniq izohlab berdi. 1902-yilga kelib ingliz fizigi E. Rezerford (1871-1937-yy.) va ingliz radiokimyogari F. Soddi (1877-1956-yy.) radioaktiv parchalanish nazariyasining asosiy mohiyatini ochib berdilar. Yangi radioaktivlik ta’limining mevasi - radioaktiv element Radiy-224 (Toriy-X) ni kashf etdilar, radon-220 va radon-222 radioaktiv gazlarning kimyoviy inertligini isbotladilar. 1902-yili nemis olimi Ostvald ammiakni katalitik oksidlab nitrat kislota olish usulini yaratdi va kimyoviy termodinamika, kinetika, kataliz tushunchalarini uzviy bog’lik ekanligini isbotladi. Shu yili fransuz P. Sabatye (1854-1941-yy.) katalizni is gazi va vodorod aralashmasi (sintez gaz)dan metan sintezini amalga oshirdi va J.B. Sandersen (1856-1937-yy.) bilan hamkorlikda nodir metallar o’rniga Ni, Co, Cu, Fe kabi metallarni katalizator sifatida qo’llashni yo’lga qo’ydilar. Sovet kimyogar-texnologi akad. P.P. Fedotyev (1864-1934-yy.) mineral moddalar olish texnologiyasi, texnik elektrokimyo va elektrometallugiya sohalarida faol ish olib bordi, Solve usulida ammiak-soda jarayonining fizik-kimyoviy nazariyasiga asos soldi. 1911-yilda kriolit suyuqlanmasidan elektrolitik usulda alyuminiy ishlab chiqarishning fizikaviy kimyosini asosladi. Xlor ishlab chiqarish bilan shug’ullandi. 1924-yilda kumush buyumlarning elektrolitik rafinasiyasini asosladi. 1934-yili italyan fizigi E. Fermi betta-parchalanish nazariyasini yaratdi. Shu yili fransuz fizigi Iren Jolio-Kyuri (1897-1956-yy., radio-kimyogar va jamoat arbobi, P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri qizi) eri Frederik Jolio-Kyuri (1900-1958-yy.) bilan hamkorlikda sun’iy radioaktivlik hodisasini kashf etdilar. Er-xotin hamkorlikda atom yadrosi fizikasini o’rganishgan, poloniy, samariy va boshqa shu kabi elementlarning radioaktivligini o’rganishgan. Ularning aniqlashicha, alyuminiy α-zarrachalar bilan bombardimon qilinganda, ya’ni nurlantirilganda radioaktiv fosfor hosil bo’ladi. Olimlar bu jarayonni amalda bajarib isbotladilar: Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling