Kimyo tarixi
Koordinasion birikmalar nazariyasi va kimyoviy bog’ tushunchalarining rivojlanishi
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
Koordinasion birikmalar nazariyasi va kimyoviy bog’ tushunchalarining rivojlanishi
Koordinasion birikmalar kimyosi juda tez rivojlanayotgan fan sohalaridan biridir. Bu fan anorganik kimyo faning rivojlanishi natijasida vujudga keldi, u zamonaviy organik tahliliy, biologik va fizik kimyo fanlari bilan uzviy bog’langan. Bu fanning yutuqlari kimyo texnologiyasida, biologiyada, tibbiyotda va sanoatning xilma-xil tarmoqlarida keng qo’llanilmoqda. Kompleks birikmalar va koordinasion birikmalar ko’p hollarda sinonim kabi ishlatiladi, ammo umumiy holda kompleks birikmalar tushunchasi koordinasion birikmalar tushuichasidan kengroq ma’noni anglatadi. 1893-yili anorganik kimyo jurnalining 3-sonida shvetsariyalik olim A.Verner (1866-1919-yy.) "Anorganik moddalarning tuzilishi haqida" nomli maqolasini e’lon qildi. Bu maqolada u kompleks birikmalar hakida original g’oyalar va butunlay yangi tushunchalarni e’lon qildi. Bu davrga kelib koordinasion birikmalar nazariyasi yaratilishining asosiy manbai va turtki bo’lgan fan yutuqlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Organik kimyodagi streokimyoviy tushunchalarning aniqlanishi, 2. S. Arreniusning elektrolitik dissosilanish nazariyasi kimyoda tasdiqlandi, 3. Moyillik va uning o’lchami haqidagi ta’limot rivojlandi, 4. Co, Pt, Cr, Ir, Ni, Cu, Fe va boshqa metallarping kompleks birikmalari kimyosi haqida juda katta ma’lumotlar ularning tarkibi va tuzilishi orasidagi bog’liqlik haqida tushuncha berdi. A.Vernerning fikricha, kompleks birikmalar ikki sferadan tarkib topgan: - birinchi (ichki), - ikkinchi (tashqi). Olim haligacha fanda ma’lum bo’lmagan koordinasion son haqida tushuncha kiritdi. A.Verner ta’kidlaydiki, oddiy birikmalar uchun valentlik qanday katta ma’noga ega bo’lsa, kompleks birikmalar uchun koordinasion son ham xuddi shunday ahamiyat kasb etadi. Uning yana bir muhim kashfiyoti-kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishi haqidagi g’oyasidir. o’z nazariyasini asoslash uchun Verner kimyoviy va fizikaviy tadqiqot usullarini birga olib borishni qo’lladi. A. Miolati bilan birga kompleks birikmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash usuli bilan uning tashqi sferasidagi ionlar sonini aniqlash mumkinligini isbotladilar: 1. Kompleks birikmalarning ichki sferasi - noelektrolit ya’ni elektr tokini o’tkazmaydi. 2. Kompleks birikmalar eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularning ionlarga dissosilanishi bilan belgilanadi. Olimlarning aniqlashicha, Pt(IV) va Co(III) ionlarining ammiakli komplekslari bir xil elektr o’tkazuvchanlikka ega ekan, ya’ni ular izostruktur bo’lib, oktaedrik tuzilishiga ega. Shunga ko’ra ular kompleks birikmalaruchun elektr o’tkazuvchanlik diagrammasini tuzdilar. A.Vernerning tarixiy xizmatlari shundaki, u Ya.Vant-Goff va A.Lebeling organik birikmalarning tuzilishi haqidagi nazariyasini koordinasion kimyoda qo’llab, kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishini o’rganuvchi - stereokimyoni yaratdi. Shu nazariyaga ko’ra kompleks birikmalarning izomeriyasini tushuntirdi. Bu ishlarning barchasi Blomstrant-Iyergensenning zanjirli nazariyasini chippakka chiqardi. Uning yutuqlari butun olnmlar tomonidan tan olinib, 1913-yili Nobel mukofoti laureati bo’ldi. 1922-yili P.Sherrer birinchi bo’lib K2[PtCl6] va [Ni(NH3)6]Cl2 kompleks birikmalarining kristall strukturasi rasmini olib, A. Vernerning stereokimyoviy nazariyasi to’g’riligini tasdiqladi. Rossiyada A.Vernerning nazariyasini qabul qilib, rivojlantirgan olim L.A.Chugayev (1873-1922 yy.) hisoblanadi. U 1906-yili "Kompleks birikmalar sohasidagi tadqiqotlar" nomli doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. L.A.Chugayev yaratgan kompleks birikmalar maktabi ikkiga bo’linib, Leningradda A.A. Grinberg, Moskvada I.I. Chernyayev o’z yo’nalishlarini rivojlantirdilar. A.A.Grinberg (1898-1966-yy.) asosan kompleks birikmalar sohasida ishlagan. Pt(II), Pt(IV) ionlari komplekslarining stereokimyosini o’rganib, ularda oksidlanish potensiali mexanizmini isbotladi. 1926-yili I.I.Chernyayev (1893-1966-yy.) bilan hamkorlikda trans-ta’sir qonuniyatini yaratishda hissa qo’shgan. I.I.Chernyayevning fikricha, kompleks birikmalarning ichki sferasidagi ligand o’ziga nisbatan trans-o’rinbosarga ta’sir etadi. o’zbekistonda kompleks birikmalar kimyoni ilmiy izlanish ishlari 1930- yillarda ToshDU (hozirgi O”zMU)ning anorganik kimyo kafsdrasida boshlandi. Dastlab bu sohada Pozner Ye.I., Asomov Q.A., Fayziyev M.Q, keyinchalik Shamsiyev A.Sh., Razoshov H.R., Muftaxov A.G., Nigay Q.G., Timoxina N.I. kabi olimlar samarali ishlab, o’zbek kimyogar olimlarining o’ziga xos yp’nalishini yaratishda hissalarini qo’shdilar. 1943-yilda O’zbekistonda Fanlar akademiyasi tashkil etildi, uning qoshidagi Kimyo instituti (hozirgi umumiy va anorganik kimyo instituti)da bu ishlar rivojlandi (akad. N.A. Parpiyev maktabi). ToshFarMIda prof. M.A.Azizov rahbarligidagi ilmiy yo’nalish shakllantirildi, bular koordinasion birikmalar kimyosining kompleks rivojlanshpiga munosib hissalarini qo’shdilar. Azizov M.A. kamqonlik kasalligiga qarshi "koamid", "ferramid" preparatlarini yaratdi va hozirgacha ular dori-darmon sifatida ishlatilmoqda. Akad. N.A.Parpiyev Olmaliqdagi o’tga chidamli va yuqori haroratda suyuqlanaligai metallar kombinatida volfram, vanadiy, reniy kabi elementlarni sof holqa ajratishning sanoat usulini joriy qildi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling