Sosiska va sardelkalar tayyorlash texnologik sxemasi
Xom ashyoni maydalash
|
|
|
Go‘shtni tuzlash
|
|
|
Etilish (2-4,6- soat)
|
|
|
Yupka maydalash va maydalangan go‘sht tayyorlash (6-10 min)
|
|
|
Maydalangan go‘sht bilan pustinchalarni to‘ldirish
|
|
|
Sosiskalarni burash va sardelkalarni to‘qish
|
|
|
Kovurish (80-1000S, 30-60 min)
|
|
|
Pishirish (80-850S, 10-30 min)
|
|
|
Sovitish (4-6 soat)
|
|
|
Saqlash (80S, 48 soat)
|
Kaynatish ishlari suv to‘ldirilgan kozonlarda va maxsus bug‘ kameralarida bajariladi. Bunda xarorat turli darajada bo‘lishi mumkin. Jumladan, respublikamiz korxonalarida 70-800S da kaynatish usuli ko‘prok qo‘llaniladi. binobarin, kolbasa batoni ichidagi xarorat 65-700S atrofida bo‘ladi.
Agar ba’zan kolbasa zararsizlantirilgan shartli yarokli xomashyodan tayyorlangan bo‘lsa, uni 90-950S xaroratda kaynatish talab etiladi. Bunda baton ichidagi xarorat 80-850S atrofida bo‘ladi.
Kozondagi suv 90-950S gacha isitilgach, unga kolbasalar solinadi va kaynatishning oxirigacha ana shu xarorat saklab turiladi. Batonlar ichidagi xarorat 68-720S ga etkazilsa, kolbasalar tayyor xolga keladi.
Kolbasalarni kaynatish muddati batonlarni diametriga bog‘liqdir. Jumladan, "sosiska" 10 minut, "sardelka" 10-16 minut, "Uqraina", "Minsk", "Litva", "Poltava" kolbasalari 20-25 minut, "Chaynaya", "Doktorskaya" va boshka kolbasalar 30-40 minut va kolgan navlari 70-150 minut kaynatiladi.
Kaynatish ishlari tugagach, kolbasalar moslamalarga osilgan xolda yaxshilab shamollatiladi va xarorati 4-80S bulagn xonalarda sovutiladi. Ayrim xollarda, kombinat sharoitida kolbasalar dush tagida sovutiladi va omborga junatiladi. U erdagi xarorat 7-90S va namlik 75-80 foiz bo‘lishi talab etiladi.
Nazorat savollari:
Kolbasalar nechaga bo‘linadi?
Kolbasa tayyorlash uchun kaysi uskunalardan foydalaniladi?
Shpritslash to‘g‘risida nimalar bilasiz?
Kolbasalar kancha xaroratda kaynatiladi?
Dildirok kolbasa kanday tayyorlanadi?
Sosiska bilan sardelka farki nimada?
Kolbasalar bir-biridan nimasi bilan fark kiladi?
Kutterning ishlash jarayoni kanday?
Aralashtirgichning vazifasi nimadan iborat?
Kolbasa tayyorlashda kaysi yordamchi xom ashyo va materiallardan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |