Kimyo texnologiya
Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi
Download 0.65 Mb.
|
vertikal qobiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi
- Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashini qurilmasi
Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi. Ushbu turdagi qurilmalar suyuqliklar temperatura farqi katta bo’lganda ishlatiladi. Linzali kompensatorlar temperatura deformatsiyasini bartaraf qiladi. Bu turdagi qurilmalar truba va trubalararo bo’shliqlari bosimlar R 6106 N/m2 bo’lganda ishlatiladi.
Linzali kompensator issiqlik almashinish qurilmalar qobig’iga payvandlab qo’yiladi va u elastik deformatsiya ostida siqiladi yoki uzayadi. Bunday qurilmalar tuzilishi sodda va ixcham. Undan tashqari, vertikal qilib yasalgan linza kompensatorli qurilmalar ko’p joy egallamaydi. U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalarda bitta teshikli truba panjarasi bo’lib, U-simon trubaning ikkala uchi unga mahkamlanadi. SHuni alohida aytish kerakki, trubalarning o’zi kompensatsiyalovchi moslama funktsiyasini bajaradi. Qurilma tuzilishi sodda va trubalarning tashqi yuzasini tozalash oson. Undan tashqari, ikki va undan ortiq yo’lli bo’lgani uchun issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo’ladi. Trubalarning ichki yuzasini tozalash qiyin va teshikli panjarada ko’p miqdorda trubalar joylashtirish murakkab. Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashini qurilmasi. Truba va qobiqning katta siljishini ta’minlash zarur bo’lgan hollarda harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmalaridan foydalaniladi. 1.4. Jihozga xizmat ko`rsatishdagi xavfsizlik texnikasi O`zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida"gi Qonuniga hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son "Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko`rib chiqish va ishlab chiqish to`g`risida"gi va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son "Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to`g`risida"gi qarorlariga muvofiq gidridlangan moylar ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarini belgilaydi. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga (ro`yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo`mitasi va sog`liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko`rikdan o`tishi lozim bo`lgan xodimlarning ro`yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko`rikdan o`tishini ta’minlashi lozim. Tibbiy ko`riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko`rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo`lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o`tkaziladi. Tibbiy ko`rikdan o`tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo`yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo`ymaslikka haqlidir. Tashkilot rahbariyati o`z xodimlarining majburiy tibbiy ko`rikdan o`z vaqtida o`tishi uchun va majburiy tibbiy ko`rikdan o`tmagan shaxslarni ishga qo`yish natijasida fuqarolarning sog`lig`iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo`ladi. Xodimlarni sog`lig`i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling