Kimyo texnologiya
Yоritishga qo`yiladigan talablar
Download 0.65 Mb.
|
vertikal qobiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanitariya va gigienaga qo`yiladigan talablar
- Tashkilot maydonlariga bo`lgan xavfsizlik talablari
- . Hisoblash qismi
Yоritishga qo`yiladigan talablar
Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 "Tabiiy va sun’iy yoritish" talablariga mos bo`lishi lozim. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim. YOritish vositalari toza va soz holatda bo`lishi kerak. YOrug` tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim. YOrug`lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyo mahsulot va boshqalar) to`sib qo`yishiga ruxsat etilmaydi. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo`llash taqiqlanadi. Uchastka va xonalarda portlash bo`yicha xavfli gaz va changlar kontsentratsiyasi yig`ilib qolish ehtimoli bo`lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak. Xavflilik darajasi yuqori bo`lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo`lmagan ko`chma elektr yoritkichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug`lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ko`chma elektr yoritkichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Sanitariya va gigienaga qo`yiladigan talablar Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 "Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigienik talablari"ga muvofiq bo`lishi kerak. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash" talabiga muvofiq tashkil qilish lozim. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 "Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari" talablariga muvofiq bo`lishi lozim. Tashkilot maydonlariga bo`lgan xavfsizlik talablari Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 "Sanoat tashkilotlarining bosh plani" talabiga mos bo`lishi kerak. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo`lishi kerak. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va tsexlarning ko`rinarli joylariga osib qo`yilishi kerak. Tashkilot maydonlari ko`kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo`lishi kerak. Tashkilot maydonidagi o`tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo`lishi kerak. Yilning yoz vaqtida yo`lkalar va o`tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo`lishi lozim. Apparat, sig`im va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan o`tkazish, tozalash va ta’mirlash ishlari tsex boshlig`ining yozma ko`rsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi to`ldirilgandan so`ng amalga oshirilishi lozim. II. Hisoblash qismi Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling