Kimyo xalqaro universiteti samarqand filiali
Download 186.78 Kb.
|
1. Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Taqriz matni , uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma'ruza-hikoya, ma`ruza-suhbat, ma'ruza-munozara hamda ommaviy ma'ruza. Ma'ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma'ruzachi-o'qituvchida ma'ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim. Ma'ruza umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda yangi turdagi o'quv muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma'ruza bir dars davomida oxiriga yetkazilmay qolgan bo'lsa, u yangi mashg'ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari tushuntirib bo'lingach, o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. Har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati taqdim etiladi.2.Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi. Ilm [bilim; fan; nazariya] – O‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. Fan [mahorat; ilm, bilim] - Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi. Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi. Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi. Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi: 1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish. 2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi. Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi. Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi. Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Men … hisoblayman, mening fikrimcha…, Mening nazarimda…, … menga yoqdi, … menda katta taassurot uyg‘otdi, Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. Taqriz muallifi o‘quvchiga yangi chiqqan kitob, asar haqida batafsil ma’lumot berishi, uni o‘quvchiga ishonchli qabul qildira olishi, asar muallifi va ijodiy jamoani o‘z ishlariga ob’ektiv baho berganda asarning kamchiliklarini va uni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatgan holda qabul qilishga o‘rgatishi talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda taqrizchi yozuvchi bilan o‘quvchini, olim bilan uning hamfikrini orasida vositachidir. Taqrizchi taqriz yozganda ikkita maqsadni oldiga qo‘yadi. Birinchisi- axboriy bilish (idrok etish), ya’ni asar va uning muallifiga tegishli bo‘lgan turli xil axborotlarni qo‘llay bilishi, ikkinchisi tadqiqot orqali, asarning haqiqiy qimmatini tahlil qilib berish kerak. Taqrizning maqola janri bilan o‘xshash tomonlari shundaki, har ikkala janrda ham nazariy xarakteri kamroq, ko‘proq umumiy savollar, masalalar ko‘riladi. Faqat, taqrizchi qoidaga ko‘ra yozgan taqrizini voqelikning bir bo‘lagiga bag‘ishlaydi. Maqolada esa, tadqiqot ob’ekti ahamiyatli darajada kengroqdir. Oxirgi paytlarda taqrizning publitsistikaning korrespondensiya va maqola janrlari borgan sari yaqinlashayotganini kuzatish mumkin. Hatto taqriz elementlari to‘la o‘zida aks etgan bu janr turi kamayib ketayotganini e’tirof etish kerak. Janrlarning o‘zaro yaqinlashuvi yoki aralashuvi tadqiq qilinayotgan asarni yana ham chuqurroq va maqsadga mavofiq tarzda o‘rganishga, uning yutug‘i va kamchiliklariga tanqidiy baho berishga izn beradigan ob’ektiv sabablarni paydo qiladi. Download 186.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling